O‘quv fani bo‘yicha yakuniy testni ishlab chiqish Test topshiriqlarini ishlab chiqishdan oldin testning spesifikatsiyasi tuziladi. Odatda, u jadval tariqasida ishlanib, qatorlari esa o‘quv materiallarining bo‘linmalarini aks ettiradi.
Pedagogik texnologiyaga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etishda nazorat topshiriqlarini tuzish maqsad (o‘quv maqsadi) bilan uzviy bog‘liq holda o‘tkazilishi lozim. Bunday paytda o‘quv reja va dars konspektlari (nazorat topshiriqlardan so‘ng o‘tkazilgan darslar ham) samaraliroq bo‘lgan holda o‘qitishning maqsad va vazifalari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yakuniy test ishlanmasi test topshiriqlarining kerakli sonini aniqlashdan boshlanadi (8-rasm). Ularning soni nazorat turlari va rejalashtirilgan o‘quv maqsadi va vazifalarining chuqurligiga bog‘liq.
Respublikaning ayrim o‘quv yurtlarida yakuniy testga kiritilishi kerak bo‘lgan test topshiriqlarining soni aniqlangan.
Agar test savollarining sonini tuzuvchining o‘zi aniqlashi lozim bo‘lsa, unda quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- joriy nazorat - 10-15 topshiriq. (O‘tkazish vaqti 10-15 daqiqa)
- oraliq nazorat - 25-30 topshiriq. 30-40 daqiqa.
- yakuniy nazorat - 50 va undan ortiq. 1 soatdan 1,5 soatgacha
Nazorat (test) topshiriqlarini ishlab chiqish
Yakuniy nazoratdagi topshiriqlar sonini aniqlash va uning spesifikatsiyasini tuzish
Maqsad va vazifalarga asoslangan topshiriqlar
Test topshiriqlarining shaklini tanlash
O‘quvchilar bilimini tekshirishdan maqsad – ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlashdir. Testlarning o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha tasnifi 3-rasmda berilgan. Unda o‘zlashtirishning darajasi, testlarning turi va har xil ko‘rinishlari aks ettirilgan.