7.3. O‘rta maktab, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida kimyo o‘qitish natijalarini nazorat qilish turlari va reyting tizimi.
Reyting tizimini joriy etilishining maqsadlari.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» hamda Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qarorida ko‘zda tutilgan Reyting tizimi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’limi standartlarining tarkibiy qismi bo‘lib, uni bajarilishi barcha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun majburiydir deb belgilab qo‘yilgan.
Ta’lim sohasida reyting tizimini qo‘llanilishida asosan quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan:
- reyting tizimi o‘quvchilar bilim ko‘rsatkichlari darajasini, malakasini shakllantirish, o‘quvchini o‘qishga va foydali mehnatga bo‘lgan munosabatini obyektiv kompleks baholab beradi;
- reyting, o‘quvchi shaxsini sifat ko‘rsatkichini aniqlaydigan sonli ko‘rsatkichdir;
- O‘quvchilarni doimiy baholash va ular olgan baholarni taqqoslab borish;
-O‘quvchilarda o‘qishga intilishga va o‘zaro bellashishga imkoniyatni shakllantirish, ularni shu ruhda tarbiyalash;
- O‘quv yurtlarida ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini to‘g‘ri baholash;
- O‘quvchilar bilim saviyasi va malaka ko‘nikmalarini haqqoniy baholash;
- O‘quvchilarni darslarga qatnashish intizomini yaxshilash va ularning fanlar bo‘yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish;
- O‘quvchi va o‘qituvchining o‘z faoliyatini oldindan rejalashtirish, o‘quv jarayonining borishini tezkor tahlil qilish, o‘z faoliyatida zaruriy o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini yaratish.
Reyting tizimi yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, o‘quvchilarning bilim sifatini haqqoniy baholash, ularning bilimini o‘zaro taqqoslash orqali o‘quv jarayonida musobaqa, ya’ni bellashish muhitini yaratish imkonini beradi.
Reyting tizimining mazmuni.
Reyting tizimida o‘quvchilarning bilimi doimiy ravishda nazorat qilinadi va baholab boriladi. Reyting nazorat tizimining asosida o‘quv rejasiga kiritilgan har bir fanning o‘quvchi o‘zlashtirishining sifat ko‘rsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi.
Har bir o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha reyting tizimini loyihalashtirishda quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Har bir fan bo‘yicha semestr davomida o‘quvchi to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ball 100 ballni tashkil etadi;
2. Har bir fan uchun ajratilgan maksimal ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
Joriy nazorat (JN) bo‘yicha 60%, ya’ni 60 ball;
Oralik nazorat (ON) bo‘yicha 20%, ya’ni 20 ball;
Yakuniy nazorat (YAN) bo‘yicha 20%, ya’ni 20 ball.
Bu ballar baho va foiz jahatidan quyidagicha taqsimlanadi:
mak. ball.
|
Baholar, foizlar, ballar
|
«qoniqarsiz»
|
«o‘rta»
|
«yaxshi»
|
«a’lo»
|
100
|
0-55
|
56-70
|
71-85
|
86-100
|
3. Joriy nazorat (JN) – og‘zaki so‘rov, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi, test so‘rovlari, kartochka so‘rovlari, mustaqil ishlar va hokazo, ya’ni siz amaliyot davomida qo‘llaniladigan barcha so‘rov turlarini o‘z ichiga oladi. «JN»da o‘tkaziladigan so‘rov turlarini quyidagi qisqartirilgan kodlar bilan belgilash mumkin:
T - test so‘rovlari;
O - og‘zaki so‘rov;
K - kartochka so‘rov;
L - laboratoriya ishi;
M - masala yechish;
U - uy vazifasi;
Kl - kurs loyihasi;
Yо - yozma ish;
Td - texnikaviy diktant;
A - amaliy ish;
Mk - muammolar qo‘yish;
Mi - mustaqil ish.
4. Ba’zi so‘rov turlarining xususiyatlariga, ularni o‘tkazish imkoniyatlariga qarab va barcha o‘quvchilarni shu so‘rov turi bo‘yicha bir mashg‘ulotda nazorat qilish imkoniyati yo‘qligini e’tiborga olib, rejada shu so‘rov turlarini ikkinchi mashg‘ulotdan boshlab o‘tkazish rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir.
5. Kurs loyihalariga maksimal balining 20-40%ni ajratish maqsadga muvofiqdir.
6. Oraliq nazorat (ON) semestr davomida 2-4 marta maqsadga muvofiqdir.
Bu nazorat fanning ma’lum bir bo‘limi yakunlangandan keyin asosan test asosida semestr o‘rtasida va oxirgi haftalarida o‘tkaziladi.
7. Yakuniy nazorat (YAN) - semestr yakunida test asosida o‘tkaziladi va o‘tilgan barcha bob va mavzularga taalluqli barcha savollarni qamrab olishi lozim. Bu nazoratga «JN» va «ON» bo‘yicha yig‘ilgan bali maksimal ballning 60 % dan kam bo‘lgan o‘quvchilar va reyting balini yaxshilash xoxishini bildirgan o‘quvchilar kiritiladi. Reyting bali «JN» va «ON» bo‘yicha 60 balldan ko‘p bo‘lgan o‘quvchilar «YAN» ni topshirishni xoxlamasa, u holda jurnalga ular jamlagan ball qo‘yiladi.
8. Ishlab chiqarish ta’limi va amaliyoti uchun ham maksimal ball 100 ball bo‘lib, reyting tizimi ularning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda namunadagidek loyihalashtiriladi.
9. Diplom ishlari va loyihalari uchun ajratilgan ball hamda davlat imtihonlari uchun ham maksimal ball 100 ball qilib belgilanadi.
Diplom ishlari va loyihalarga ajratilgan maksimal ball quyidagicha taqsimlanadi:
diplom ishi yoki loyiha rahbariga – 30 ball;
retsenzetga – 20 ball;
davlat malaka komissiyasiga – 50 ball.
Diplom himoyasida malaka komissiyasiga ajratilgan 50 ballning 60 %ini olgan o‘quvchigina himoya qilinadi.
O‘quvchilarning reyting tizimi bo‘yicha to‘plagan umumiy ballarini hisoblash.
Eng yaxshi o‘quvchini aniqlash va o‘quvchilar bilimini o‘zaro taqqoslash uchun har bir fanga o‘quv jarayoni rejasida ajratilgan soatlarni ham hisobga olish kerak.
O‘quvchilarning o‘zlashtirishlarini baholash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 10 iyundagi 152- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining ta’lim tayyorgarligi darajasini aniqlashning ko‘p ballik reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom" ga muvofiq amalga oshiriladi.
Bu Nizomga ko‘ra o‘quvchilarnig ta’lim tayyorgarligi darajasini baholashning reyting tizimi quyidagi nazorat turlari orqali amalga oshiriladi:
1.Oraliq nazorat (ON)- har bir o‘quv fanidan DTS bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan asosiy bilim, ko‘nikma, malaka (BKM) larning elementlari soni aniq belgilangan majburiy standartli nazorat ishi (MSNI) orqali amalga oshiriladi. MSNIlar soni dastur talabidan, fanni o‘qitish mazmunidan kelib chiqqan holda belgilanadi. MSNIlar Respublika Ta’lim Markazi (PTM) huzurida tashkil etilgan ijodiy guruh tamonidan tayyorlanadi.
2. Joriy nazorat (JN)-oraliq nazorat (MSNIlar) orasida o‘tkaziladigan kundalik so‘rov bo‘lib, u o‘quvchilar bilimida bo‘shliq paydo bo‘lishning oldini olish, o‘quv faolligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Shu bilan birga ta’limiy o‘rgatuvchi xarakterga ham ega bo‘ladi. O‘qituvchi har bir o‘quvchining MSNIlar oralig‘ida joriy nazoratdan o‘tishini ta’minlashga ma’suldir.
3. Ijodiy faollik nazorati (IFN)-reyting doirasida barcha o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lmagan qo‘shimcha topshiriqlar va ijodiy ishlarni ixtiyoriy bajarish orqali, ularning istak va xohishlariga ko‘ra tashkil etiladi. Har chorakda bir marta o‘tkaziladi.
4. Bosqichli nazorat(BN)- o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin imtihonlar yoki sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Bosqichli nazorat uchun namunaviy va sinov imtihon materiallari RTM tomonidan tayyorlanib, joylarga yetkaziladi.
5. Yakuniy nazorat (YAN) –maktabda ta’limning to‘liq kursi tugagandan so‘ng Davlat attestasiyasi shaklida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |