Reja: Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning mazmuni, maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning shakli va usullari



Yüklə 138 Kb.
səhifə3/17
tarix29.11.2023
ölçüsü138 Kb.
#169787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1404199225 51781

Nazorat yozma ishlar.
O‘quvchilar bilimini hisobga olishning ayrim o‘quvchilarninggina emas, balki butun sinf o‘quvchilarning ham o‘zlashtirishini bir vaqtda tekshirib ko‘rishga imkon beradigan tejamli vositasi kontrol yozma ishlardir.
"Bir pasli yozma ishlar" - 10-15 daqiqa davomida davom etadi - bu nazorat kundalikka kiritilishi mumkin.
O‘quv ishini sifati to‘g‘risida o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qarab hukm chiqariladi. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishning uchta shaklidan:
- kundalik
- vaqti-vaqti bilan va;
- yakuniy shakllaridan foydalaniladi. Bularning uchalasi maktabda o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishning yaxlit bir sistemasini tashkil etadi.
Kundalik hisobga olish o‘quvchilarning ishini sistemali suratda tekshirib borish asosida o‘tkaziladi. O‘quvchilar ishini kundalik kuzatib borish o‘qituvchining har qaysi o‘quvchining o‘zlashtirishini mahsus tashkil etilgan so‘roq yo‘li bilan ancha yaxshi tekshirib ko‘rishga imkon beradi. So‘rash og‘zaki va yozma tarzda o‘tkaziladi. Bunday so‘rash butun sinfning o‘zlashtirishini hisobga olishning eng qulay vositasi yozma kontrol ish butun sinf qanday o‘qiyotganligini kuzatishgagina imkon beradi.
Kimyodan o‘zlashtirishni vaqti-vaqti bilan hisobga olishning oxirgi bosqichi ba’zi o‘qituvchilarda har qaysi o‘quvchiga va butun sinfga tavsifnoma berishdan iborat bo‘ladi. Bunday hisobga olish asosida o‘quvchilarning bir yillik o‘zlashtirishi to‘g‘risida umumiy xulosa chiqariladi. Imtihon va attestat olishda o‘quvchilarning butun fandan qanchalik o‘zlashtirganliklari to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Bir mavzu o‘tilgandan keyin, yoki chorak oxirida butun bir darc davomida shu o‘tilgan mavzu bo‘yicha nazorat yozma ish o‘tkaziladi.
O‘quvchilarning nazorat ishini mustaqil suratda bajarilishni ta’minlash uchun bu ish bir necha variantlarda tuziladi (2, 3, 4, va hokazo). Savollarning oson-qiyinligini taxminan bir xil bo‘lishi kerak. Nazorat ishning qanday bajarilganligini tekshirib ko‘rish va unga baho qo‘yish ta’lim-tarbiya jihatidan katta rol o‘ynaydi. Eng ko‘p takrorlangan xatolarni o‘qituvchi tahlil qilib ko‘rish asosida o‘quvchilarning javoblariga baho qo‘yibgina qolmay, balki kimyo o‘qitish ishini bundan buyon yaxshilash uchun tegishli xulosalar ham chiqarib oladi.
O‘quvchilarning o‘quv va malakalarni tekshirib ko‘rishda faqat nazariy bilimlarni emas, ya’ni: kimyoviy til, grafikadan foydalana bilish, mikdoriy hisoblar qila olish, balki eksperiment o‘tkaza bilish malakalarini - eng ko‘p ishlatadigan asbob-uskunalardan foydalana olish, eng muhim kimyoviy operatsiyalarni bajarish, kimyoviy eksperimentdan foydalana olish malakalarini hosil qilish vazifasi ham turibdi.
Bunda ham chorak oxirida va yil oxirida o‘quvchilarning eng muhim eksperimental malakalarini tekshirib ko‘riladi va baho qo‘yiladi. Bu ham ta’lim-tarbiya jihatidan katta rol o‘ynaydi. Malakalarni tekshirishda eksperimental masalalar yechishdan foydalansa bo‘ladi.
Yuqori sinf o‘quvchilarining bilimini nazorat qilishda sinovdan foydalansa bo‘ladi. Odatda sinov darsdan tashqari vaqtda o‘tkazilib, o‘quvchilar ikki yoki uch guruhga bo‘linadilar. O‘qituvchi savol va masalalarni oldindan tayyorlab, o‘quvchilarga beradi. Darslarni yaxshi o‘zlashtiradigan, tez-tez javob beradigan o‘quvchilarni taqdirlash uchun ularni sinovdan ozod qilish mumkin.

Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin