Yopiq test – test sharti savol yoki biror vazifa va qisqa javoblardan iborat bo‘lib, ko‘pincha javoblardan bittasi to‘g‘ri qolganlari noto‘g‘ri javobga o‘xshashroq bo‘ladi. Yopiq test deb atalishining boisi shundaki, tekshiriluvchi qo‘yilgan shartga o‘z javobini berolmaydi, u testda keltirilgan javoblardan birini o‘ziga to‘g‘ri deb hisoblaganini tanlashi belgilashi mumkin, xolos. Yopiq test vazifasida bir necha to‘g‘ri javob bo‘lishi ham mumkin. Yopiq test topshiriqlarini tuzishda test shartini biror vazifa, topshiriq shaklida, shuningdek savol shaklida ifodalash tavsiya etiladi. Test vazifasini tuzuvchi kishi ko‘p savollar orasidan aynan shu savolni berish lozimligiga amin bo‘lmog‘i kerak. So‘ngra u test sharti va javoblarini shunday ifodalashi lozimki, to‘g‘ri javobni topish juda oson bo‘lmasin. Yaxshi tuzilgan test vazifasi talabani to‘g‘ri javobni izlab tanlash, fikr yuritish, aql ishlatishga da’vat etsin.
Misol: Predmet bo‘yicha test topshiriqlari soni ko‘payishi bilan pedagogik o‘lchash aniqligi qanday o‘zgaradi?
A. ortadi B. Kamayadi D. o‘zgarmaydi E. qonuniyati yo‘q
To‘g‘ri javob: A.
Test yordamida pedagogik o‘lchashning aniqligi, stabilligi testning ishonchliligi deyiladi.
Misol: Test vazifasining sifati bilan o‘quv jarayoni sifati orasidagi aloqa bog‘lanish qanday?
А. yuqori darajada bog‘liq В. Bog‘liq
D. uncha bog‘lik emas Е. hech bir bog‘liqligi yo‘q
To‘g‘ri javob – A.
Ochiq test topshiriqlari.Ochiq test vazifalari kishiga o‘z xoxishiga ko‘ra javob berish imkonyatini yaratadi. Ochiq testlar, odatda bitta asosiy so‘z tushirib qoldirilgan jumladir. Misollar: Asosiy so‘z tushirib qoldirilgan, javob taklif etilmagan test vazifasi……….deyiladi.
Тўғри жавоб: очиқ тест.
…………….tushirib qoldirilgan va javobi ko‘rsatilmagan topshiriq ochiq test deyiladi.
To‘g‘ri javob: muhim so‘z .
Moslikka doir test vazifalari.Bu testlarning mohiyati shundan iboratki bir narsaning qismlari boshqa narsaning qismlariga mos kelishini aniqlash zarur.
Misol: 1. Bilimning test usulida nazorat qilishning kamchiliklari
2. Bilimni an’anaviy usulda nazorat qilishning nuqsonlari
A. Baholarning subyektivligi
B. Imtihon oluvchi talaba bilan muloqot qilolmaydi
D. Bilimlarning bir qismi tanlab nazorat etiladi.
E. Baho shkalasi taxminiyligi
F. Javoblarni ifodalash imkoniyati cheklangan.
G. O‘qituvchining vaqti ko‘p ketadi.
N. EHMni qo‘llash qiyinligi.
To‘g‘ri javob: 1-В, F. 2-A, D. E,G,N
Izchillikka doir test vazifalari: Bunday topshiriqlar turli harakatlar – fikr yuritishlarda izchillik mavjudligini tekshirish, aniqlash uchun ishlatiladi.
Misol: Pedagogik testni tuzishda harakatlar izchilligi to‘g‘riligini aniqlang.
A. testni xususiyatini aniqlash
В. Test topshiriqlari miqdorini belgilash
D. umumiy va xususiy maqsadlarni aniqlash
E. test vazifalarini tuzish (ishlab chiqish)
F. testni sinov tajribada tekshirib ko‘rish
G. Testni ekspertizadan o‘tkazish
N. Test sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Javob indekslari tartibi shaklida bo‘ladi. To‘g‘ri javob: В,D,A,E,G, F,N.
Birinchi bo‘lib testlar soni belgilanadi. Chunki bu narsa tashqi muhit ko‘rsatkichlari: vaqt, o‘quv materiallari limiti, yakuniy nazorat topshiriqlari soniga bog‘liqdir. Keyin umumiy va alohida maqsadlarni aniqlash lozim. Chunki test sinovlari boshlanguncha qadar uning sifatini, yutuq, kamchiliklarini aniqlab berish lozim. 9-jadval