1 darajali o‘zlashtirish testlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Aniqlash testlari. O‘quvchilarga savollar beriladi. Ular “HA” yoki “YO‘Q” deb javob berishlari kerak bo‘lsa, alternativ topshiriqlardan foydalaniladi.
2. Farqlash testlari. Bu testda ko‘p tanlab olinadigan topshiriqlardan bir necha javoblardan bitta tanlash taklif etiladi.
3. O‘xshash (solishtirish) testlari. Bunda o‘rganilayotgan obyektning umumiyligini yoki tafovutlarini topish kerak bo‘ladi, solishtiriladigan xususiyat va parametrlar albatta topshiriqda beriladi.
O‘xshatish testlarini tuzish qiyinchiliklar tug‘dirmaydi va mashinaga oson kiritiladi. Bunda javoblar ko‘pligi uchun o‘quvchilar o‘ylashga, fikrlashga majbur bo‘ladilar. Shu bilan birga, 1 darajali o‘zlashtirishga javoblarni tanlash bo‘yicha test-masalalar ham kiritiladi. Ularda javoblar bir necha variantda harf yoki raqamlar bilan beriladi. O‘quvchi masalani yechib qaysi javoblar to‘g‘riligini aniqlashi kerak.
3-rasm. Testlarning tasnifi.
Testlarni bajarishda o‘quvchi faoliyatining harakteri bo‘yicha tanlash testlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
So‘z , harf va sonlar bilan belgilangan javoblarni tanlash.
1. Grafik shaklda berilgan javoblarni tanlash.
2. Ketma-ketlikni tanlash.
3. Berilgan o‘lchamlardagi aniq dalillarning ta’siri xarakterini tanlash.
4. Predmetni tanlash.
5. Masalani ishlash natijalari bo‘yicha son yoki harflarni tanlash.
Testlardagi topshiriqlarni xilma xil bo‘lishiga qaramay, ularni strukturasi jahatidan ikkita asosiy qismga: tanlanadigan va javobi konstruksiyalanadigan topshiriqlarga birlashtirish mumkin.
Testli nazorat bilimlarni aniqlashda yaxshi natija beradi, lekin tafakkur jarayonini kuzatishga monelik qiladi, buning uchun boshqa usullardan – yozma ish, munozaralar, ishlab chiqarish vaziyatlarini tahlil qilish hamda muloqotlardan foydalanish kerak. Lekin shu bilan birga bilimlarni testli nazorat qilish ta’lim jarayonini boshqarish imkonini kengaytiradi. Testlarin qo‘llash o‘quvchilarning amaliy qobiliyati va xotirasini rivojlantiradi.