Reja: Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning mazmuni, maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning shakli va usullari



Yüklə 138 Kb.
səhifə14/17
tarix29.11.2023
ölçüsü138 Kb.
#169787
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1404199225 51781

Og‘zaki va yozma nazorat. Og‘zaki nazoratning yaxshi jihatlariga: o‘qituvchining talaba bilan jonli muloqoti, shaxsan aloqada bo‘lishi; og‘zaki nutqni mashq qilishi; bilimini chuqurrok aniqlash uchun qo‘shimcha savollar berish imkoniyati kabilar kiradi. Og‘zaki javob berish talabani faol fikrlashga undaydi.
Og‘zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan o‘quvchi o‘z bilimdonligini, qo‘shimcha o‘rganganlarini namoyish etadi. Talaba bilan bevosita aloqa natijasida so‘rash paytida bolaning bilim o‘zlashtirishi masalasida o‘qituvchida tug‘ilgan ayrim shubhalar bartaraf etiladi.
Shu bilan birga pedagogning shaxsiy xususiyat, sifatlari aks etadi. Og‘zaki baholashda har bir o‘qituvchiga xos obyektivlik va subyektivlik munosabati namoyon bo‘ladi. Pedagogik tadqiqotlarda aniqlanishicha ikki imtihon oluvchining bir talabaga bir fandan qo‘ygan baholari 40-60 foizga mos keladi. Bir bolaga imtihonchilarning bittasi yuqori baho qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchisi past baho qo‘yish hollari uchraydi. Bitta yozma ishning o‘ziga turli imtihonchilar turlicha baho qo‘yishlari mumkin.
Og‘zaki baholashda har bir o‘qituvchiga xos obyektivlik va subyektivlik munosabati namoyon bo‘ladi. Pedagogik tadqiqotlarda aniqlanishicha ikki imtihon oluvchining bir talabaga bir fandan qo‘ygan baholari 40-60 foizga mos keladi. Bir bolaga imtihonchilarning bittasi yuqori baho qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchisi past baho qo‘yish hollari uchraydi. Bitta yozma ishning o‘ziga turli imtihonchilar turlicha baho qo‘yishlari mumkin.
Xullas, og‘zaki va yozma imtihonlarda o‘quvchiga qo‘yiladigan baholarda subyektivlik alomati ko‘proq. O‘qituvchi ko‘pincha bahoni boshqa o‘quvchilarga nisbatan qo‘yadi, bunda qo‘yilayotgan baho kamaytirilishi ham, oshirib yuborilishi ham mumkin.
Yozma imtihonning yaxshi tomoni – u o‘quv materialini bola o‘zlashtirib olganiga xujjatli dalil bo‘ladi, talaba o‘z fikrlarini qog‘ozda ifodalashi uchun amaliyotdir. Ekspertlar o‘tkazgan yozma nazorat obyektivroq baho qo‘yishga imkoniyat beradi.
Og‘zaki va yozma nazoratning an’anaviy tizimiga xos jiddiy nuqsonlar qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Imtihonda talaba biletdagi 3-4 ta savolga javob beradi, baho esa o‘quv predmeti dasturini bilgani uchun qo‘yiladi.
2. Besh balli baho shkalasi bilim o‘zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq belgilashga imkoniyat bermaydi.
3. Og‘zaki va yozma imtihonlar bilim o‘zlashtirish sifatini obyektiv, aniq va asosli baholashni ta’minlay olmaydi.
4. Og‘zaki so‘rashga, shuningdek yozma ishlarni tekshirishga vaqt ko‘p ketadi.
5. Og‘zaki va yozma nazorat uchun kompyuterlarni ishlatish qiyin, ularni avtomatlashtirib bo‘lmaydi. Bu jihatdan test nazorati ustunliklarga ega.
Test nazorati. Test nazoratining yaxshi tomonlariga quyidagilar kiradi:
1. Yaxshi tuzilgan test obektiv pedagogik o‘lchashning instrumenti bo‘lib, uning natijasi nazorat o‘tkazuvchi odamga bog‘lik bo‘lmaydi.
2. Test o‘quv materialini mazmunini to‘liq qamrab olishi mumkin, ta’lim natijasini test usulida o‘lchashda – hamma talabalarga nisbatan bir xil, oldindan belgilangan shkalaga binoan aniq va to‘g‘ri baho qo‘yiladi.
3.Test nazoratida texnikani ishlatish qulay, bu ma’lum o‘quv materialini yoki butun bir fanni, nisbatan oz vaqt, kam kuch sarflab, ommaviy nazorat qilishga imkon beradi.
4.Test nazoratini kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish oson. Bu uning muhim ustunliklaridan biridir.

Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin