7.6. O‘quvchilar o‘zlashtirishini baholash meyorlari va sifat ko‘rsatkichlari. O‘zlashtirishga baho qo‘yish o‘quvchilar ishi sifatini oshirib borishning muhim vositasidir. O‘quvchilarning kimyo fanini o‘zlashtirishi uchta ko‘rsatkich bilan:
a) bilim va amaliy o‘quvlar hajmi;
b) bilim va o‘quvlar sifati;
v) bilim va o‘quvlarni aniqlash shakllari bilan ta’riflanadi.
Bilimlar hajmi o‘quv dasturi bilan belgilanadi. Dasturga ko‘ra o‘quvchilarning eng muhim modda va reaksiyalarni, asosiy nazariya, tushuncha va qonunlarni bilish-bilmasligini, kimyoviy tildan, eng muhim kimyoviy tajriba usullaridan foydalanishni, shuningdek, o‘zlarini nazariy bilimlarini masalalar yechishda va amaliy hayot masalalarini hal qilishda tadbiq etishni tekshirib ko‘rish kerak.
Bilimlar sifati aniqligi, tushunilganligi, sistematikligi, to‘g‘riligi, puxtaligi bilan ifodalanadi.
Bilim va o‘quvlarni aniqlash shakli ham o‘quvchilarning o‘zlashtirishini tavsiflashda katta ahamiyatga ega.
O‘quvchilarning kimyo fanini o‘zlashtirishga qo‘yiladigan juda ham taxminiydir; aniq sharoitta qarab, ular chuqurlashtirilishi va ularga aniqliklar kiritilishi mumkin; o‘qituvchi o‘quvchilarni yanada yaxshi ishlashga qiziqtirish maqsadida, bu baholarni bir qadar oshirish yoki, aksincha, pasaytirishi mumkin.
Baholash mezonlari. Og‘zaki javobga baho qo‘yish: Agar o‘quvchi:
- materialni izchillik bilan bayon etsa;
- kimyoviy tushunchalarning ta’rifini, ifodalarini aniq bilsa;
- o‘z bilimlarini amaliy masalalarni hal qilishda tadbiq eta olsa;
- berilgan savollarga to‘la javob bera olsa;
- asosiy va qo‘shimcha savollarga mustaqil suratda javob bersa, bunday o‘quvchiga "5" baho qo‘yiladi. Agar o‘quvchi :
- « 5» bahoga javob bergandek javob bersa;
- ayrim xatolikka yo‘l qo‘yib uni o‘qituvchining birinchi ishorasidayoq tushuna olsa;
- o‘qituvchining bir qator yordami bilan javob bersa;
- unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan tafsilotlarni bilmasa bunday o‘quvchiga "4" baho qo‘yiladi. Agar o‘quvchi :
-asosiy materialni bilsa-yu, ammo kimyoviy tushunchalarning ta’rifini, kimyoviy qonuniyatlarni aniq ayta olmasa;
- asosiy masalalarni bayon qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa ;
- bilimlarni aniq ifodalashda o‘qituvchi yordami bilangina tadbiq etsa;
- o‘quv materialini uncha sistemali va aniq bayon eta olmasa;
- mustaqil javob berolmay, o‘qituvchi yordami bilan javob bersa bunday o‘quvchiga "3" baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi:
- asosiy materialni ancha qismini bilmasa;
- hatto o‘qituvchi yordamida ham ularni tuzata olmasa;
- ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘rilay olmasa bunday o‘quvchiga "2" baho qo‘yiladi. Agar o‘quvchi:
- asosiy materialni ko‘p qismini mutlaqo bilmasa;
- hatto o‘qituvchi yordamida ham ularni tuzata olmasa;
- ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘rilay olmasa bunday o‘quvchigа "1" baho qo‘yiladi.