Reja: Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning mazmuni, maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning shakli va usullari



Yüklə 138 Kb.
səhifə2/17
tarix29.11.2023
ölçüsü138 Kb.
#169787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1404199225 51781

Nazorat qilish usullari.
Og‘zaki nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish usullari:
a) individual so‘rash
b) frontal so‘rash
v) og‘zaki sinovlar
g) og‘zaki imtihon
d) dasturlashtirilgan so‘rash
e) og‘zaki o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish usullari:
a) yozma nazorat qilish
b) yozma sinovlar
v) yozma imtihon
g) dasturlashtirilgan yozma ishlar
d) yozma ravishda o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Amaliy-laboratoriya nazorati va o‘z-o‘zini nazorat qilish usullari:
a) kontrol - laboratoriya ishlari
b) ENM yordamida nazorat qilish
v) eksperimental masalalar yechish
g) amaliy-laboratoriya ishlari yordamida o‘z-o‘zini nazorat qilish.
O‘quv vaqtining juda cheklanganligi tufayli o‘qituvchi dars vaqtida hamma o‘quvchilarni so‘rab chiqa olmaydi, shuning uchun o‘quvchilarning butun ishi davomida ularni doimo ishini kuzatib borish kerak. Dars rejasi tuzishda so‘raladigan o‘quvchilarnigina emas, balki tekshirib borilishi kerak bo‘lgan, orqada qolayotganligi ma’lum bo‘lgan o‘quvchilarni ham darsda ikki-uch marta turg‘izib so‘rash kerak.
So‘rash - o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishning asosiy shaklidir. Maxsus tanlab olingan savollar sistemasi o‘qituvchining o‘quvchilarni sistemali suratda kuzatib borganligi to‘g‘risida dalolat beradi.
Oldingi va ilgari o‘tilmagan darslarning materiali ham so‘raladi. Shunday qaytarib turish o‘quvchining bilimini puxtalash va kengaytirishga imkon beradi. Vaqtni tejash maqsadida "qisqa so‘roq" savol-javob o‘tkaziladi. Ular maxsus kartochkalarda oldindan yozib qo‘yiladi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma hamda malakalarini tekshirish og‘zaki, yozma va amaliy bo‘lishi mumkin. yozma tekshirish va mustaqil ishlar bilimlarni tekshirishning asosiy shakllari hisoblanadi.
Yozma tekshirish o‘quvchilarning bilimlari sifatini: to‘g‘riligi, aniqligi, anglab olingani, amalga tadbiq etilishi to‘g‘risida bir fikrga kelish va qisqa vaqt ichida guruhdagi barcha o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rishga imkon beradi. Yozma tekshirish, asosan yozma grafik ishlarni bajartirish bilan amalga oshiriladi. Yozma tekshirish ishlari ikki xil bo‘lishi mumkin: mavzu bo‘yicha va yakuniy tekshirish ishlari guruh mavzuni o‘rganib bo‘lgandan keyin, yakuniy tekshirish bir necha mavzu o‘tib bo‘lingandan keyin o‘tkaziladi.

Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin