Reja: Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning mazmuni, maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning shakli va usullari


Dars jarayonidagi yakka hamda guruh mashg‘ulotlari



Yüklə 138 Kb.
səhifə5/17
tarix29.11.2023
ölçüsü138 Kb.
#169787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1404199225 51781

Dars jarayonidagi yakka hamda guruh mashg‘ulotlari
Bunda ham muddat belgilangan holda o‘quvchilarga mustaqil ishlash uchun o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzular kesimida topshiriklar beriladi va ularning bajarilishi yuzasidan nazorat olib boriladi. Guruh mashg‘ulotlarida ham bir yo‘la bir necha o‘quvchi uchun o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mav­zular kesimida topshiriklar berilib, har ikkala topshiriq turlari bo‘yicha maxsus tushuntirish ishlari olib bo­riladi.
Yuqorida olib boriladigan amaliy ishlar yuzasidan o‘quvchilar tomonidan maxsus daftarlar yuritilib, unga o‘quv­chilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish natijalari va o‘zgarishlar qayd etib boriladi.
O‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar­ni to‘ldirishning navbatdagi omillaridan yana biri maktab ma’muriyatining tashqi nazorati hisoblanadi. Ko‘p hollarda maktab rahbarlari tashqi nazoratni yo‘lga qo‘ymay, faqat o‘qituvchining nazorati bilan kifoyalanib qoladilar.
O‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar­ni to‘ldirish — maktab ma’muriyati zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki bu jarayon o‘zaro hamkorlikda ish olib borishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan chorak hamda o‘quv yili davomida maktab ma’muriyati asosiy diqqat-e’tiborni quyidagilarga qaratishi lozim, deb o‘ylayman. Metod birlashmalarda, pedagogika kengashlarida, davra suhbatlarida, ota-onalar ishtirokida chuqur va har tomonlama muhokamalar o‘tkazib, amaliy chora-tadbirlar belgilab, uni nazorat qilib borish zarur.
Maktab direktori har kuni 2 soat, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 4 soatdan DTS talablari asosida dars tahlillari o‘tkazishlari kerak! Bular maktab ma’muriyatining asosiy vazifasiga kiradi.
O‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish jarayonida birinchi navbatda o‘qituvchilar faoliyatini o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik, ularga xolisona, tahlillarga asoslangan xolda baho berib borish, zarur amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish ham maktab rahbariyatining doimiy e’tiborida bo‘lmog‘i zarur. Shuningdek, dars samaradorligi o‘quvchilarning darsliklar bilan qanchalik ta’minlanganlik darajasiga ham 6yefarq.
Fan o‘qituvchilarining rahbarligida BKM larni to‘liq 100 foizga o‘zlashtirgan o‘quvchilarni bilimida kamchiligi bor o‘quvchilarga berkitib qo‘yish ham maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilar tomo­nidan darslarni ko‘p qoldirish holatlari o‘quv materiallarini puxta, DTS talablari darajasida o‘zlashtirishga katta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Qoldirilgan dars soatlarining fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan aniq va xolisona qayd qilinmaganligi o‘quvchilar bilimida bo‘shliq paydo bo‘lishiga olib keluvchi sabablardan biri ekanligini unutmaslik kerak.
DTS talablarini bajarishda o‘quv­chilar bilimidagi mavjud bo‘lgan bo‘shliqlarni aniqlash va ularni to‘ldirishda maktablarning o‘quv-moddiy tex­nika negizi ham katta ahamiyat kasb eta­di. Ko‘pchilik maktablarda tibbiy yo‘nalishdagi fan dasturlarining amaliy qismlarini bajarish uchun laboratoriya asbob-uskunalari yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi ko‘pchilikka ayon.
Maktablarda o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish usullaridan yana biri ushbu o‘quvchilar uchun kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir. KUGlarni tashkil qilish maktabda kichik korxonalarni ochish, maktab uchun yer olib, qishloq xo‘jalik ekinlari ekib, hosil olish evaziga tash­kil kilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilar bilimida bo‘shliq paydo bo‘lishining yagona sabablaridan biri ularga yetarli bilim berilmaganligidandir. Bu esa o‘qituvchilarning o‘z fanidan yangi dastur materiallarini DTS talablari bo‘yicha egallashini talab etadi. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z ustida qunt bilan ishlashi, malakasini oshirish uchun izlanishi lozim. Har bir dars va mashg‘ulotlarni yangi pedagogik texno­logiya asosida noan’anaviy usulda tash­kil etish davr talabi. Davr bilan hamo-hang qadam tashlash — ustoz-murabbiylar zimmasiga hamisha mas’uliyat yuklaydi. Ana shu mas’uliyatga yarasha faoliyat ko‘rsatish o‘qituvchining burchidir.

Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin