Reja: Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning mazmuni, maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning shakli va usullari



Yüklə 138 Kb.
səhifə7/17
tarix29.11.2023
ölçüsü138 Kb.
#169787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
1404199225 51781

Baholash - ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Baholash shakllari. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o‘tkazilishi mumkin:
1. Mezonga asoslangan baholash.
2. Qiyoslashga asoslangan baholash.
Ta’limiy monitoring - pedagogik faoliyatni doimiy kuzatish, u haqida axborot to‘plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali uning ahvoli va taraqqiyotiga ta’sir etishdan iborat.
7.4. Test turlari ularning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi.
1992 yil martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan Oliy o‘quv yurtlariga qabulni test asosida o‘tkazish joriy qilindi. Bu ilgarilari foydalanish taqiqlangan yoki cheklangan pedagogik test sinovlarining ta’lim tizimiga keng joriy qilinishiga asos soldi. Hozirgi kunda Oliy va O‘rta maxsus maktab muammolari institutida oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga pedagogik texnologiyani o‘zlashtirishlarida yordam berishga da’vat etilgan o‘quv sifati va pedagogik texnologiyalar bo‘limi ishlab turibdi. Mazkur kitob uning faoliyatining dastlabki natijalaridan biridir.
Ma’lumki, 1992 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oliy o‘quv yurtlariga talabalar olishda imtihonlari test sinovlari asosida o‘tkazilmokda. 1993 yildan esa o‘quvchilar olimpiadalari va bitiruv imtihonlari ham test sinovlari asosida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Shunday ekan, o‘quvchilarning davrning yangi talablariga javob beradigan qilib tayyorlash uchun bu sohadagi ishni maktabda davom ettirish zarur.
Test atamasi inglizchadan olingan bo‘lib, o‘zbekchaga tarjima qilinganda - tekshirish, tadqiq etish, sinab ko‘rish degan ma’noni anglatadi. Test - bu qisqa, standart va odatda vaqt bilan chegaralangan sinovdir. Bunday yangicha va qulay sinovlarni o‘tkazish uchun test savollari tuziladi. Nar bir savolning beshta A, B, C, D, E harflari bilan belgilangan javoblari bo‘lib, ularning ichida bitta javobi to‘g‘ridir. Savollar "Ko‘p ichidan to‘g‘risini tanlab olish" hamda "Soddadan murakkabga" prinsipida va qat’iy maktab dasturi asosida tuziladi.
Ayrim o‘qituvchilar imtihonni ikkita nazariy savol, uchinchini test topshirig‘i asosida o‘tkazilishni rejalashtirilgan bo‘lishlari mumkin. Ammo bunday yondashuv asosida o‘quvchini o‘zlashtirish darajasini to‘laqonli baholab bo‘lmaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kelishgan holda ikki usuldan birini qat’iy tanlab olishi zarur.
O‘quvchilarning javoblarini baholashni kuzatish uchun javob varaqasini bir xil kattalikdagi qalinroq qog‘ozdan perfokarta shaklida tayyorlash ancha maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Demak, sinf uchun avvaldan perfokarta tayyorlab qo‘yilishi kerak. O‘quvchilar to‘g‘ri javoblarini ana shu perfokartalarda belgilaydilar.
To‘g‘ri javobni hisoblash uchun bitta perfokarta olib, to‘g‘ri javoblarni krestli doira shaklida belgilash va qaychida ularni qirqib olib tashlab "shablon" tayyorlab olish kerak. Shablon o‘quvchi perfokartasi kattaligi bilan bir xil bo‘lishi va ustiga tushishi lozim. To‘g‘ri javobni aniqlash uch perfokarta ustiga "shablon" qo‘yiladi, shablonda shuncha krestlar ko‘rinadi.
Shaxsiy kompyuter bilan ta’minlangan maktablarda test sinovlarini mashinalar yordamida o‘tkazish mumkin. Buning uchun test topshiriqlari variantlari, ularning to‘g‘ri javoblari, baholash mezonlari mashina xotirasiga kiritilib, o‘quvchining "sinash”ni topshirish kifoya qiladi.
Test topshiriqlari mazmuniga ko‘ra 4 turga bo‘linadi: yopiq, ochiq, moslik va izchillikka oid testlar. Test vazifalarining boshqa shakllari ham mavjud (zanjirli, matnli, vaziyatli kabilar).

Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin