7.2. Individual nazorat qilish usullarining afzalligi. O‘quvchilardan yakka tartibda va frontal so‘rash bilimlarni joriy, mavzu bo‘yicha, yakuniy tekshirishning keng tarqalgan shakllaridir. Savol ham o‘quvchilarga beriladi.
Yakka tartibda so‘rash chog‘ida o‘quvchi doska oldida javob beradi. Uning javobini butun guruh eshitib turadi. O‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydilar, qo‘shimchalar va izohlarni kiritadilar. Yakka tartibda so‘rashda darsning ham ko‘p vaqti ketadi. Bunda guruhdagi o‘quvchilarning bilish faolligi susayadi. Ammo undan butunlay voz kechish yaramaydi, yakka tartibda so‘rashning ahamiyati o‘quvchilarning nutqini, xotirasini va tafakkurini rivojlantirishdadir. Yakka tartibda so‘rash vaqtida barcha o‘quvchilarning faolligini oshirish kerak.
Yakka tartibda so‘rashdan tashqari, og‘zaki tekshirish ham o‘qituvchining guruh bilan suhbati shaklida amalga oshiriladi. Bu holda o‘qituvchining savollariga qisqa javoblar qaytarilishi lozim, shunda suhbatda ko‘proq o‘quvchi ishtirok etadi. Bunday so‘rash, yakka tartibda deb ataladi. U o‘tilgan materialni takrorlash bilan uzviy qo‘shib olib boriladi, natijada bilimlar esdan chiqib qolishining oldi olinadi va ular mustahkamlanadi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini amalda tekshirish o‘quvchilar olgan bilimlarini tegishli sharoitda qanday tadbiq eta bilishlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunday tekshirishda o‘quvchilar o‘z bilimlarining to‘g‘riligiga va ularni mustahkamlashni davom ettirish zarurligiga ishonch hosil qiladilar.
Keyingi yillarda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini amalda tekshirishning metodlari, shakllari hamda vositalarini takomillashtirish bo‘yicha pedagogika amaliyotida ancha ishlar qilindi. Bu borada yangi tadbirlarni izlash natijasida qator o‘quv yurtlarida maxsus nazorat qiluvchi qurilmalar yordamida so‘rash usuli qo‘llana boshlandi. Shulardan biri test yordamida tekshirishdir.
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga qo‘shimcha dars. O‘zgaruvchan jadvallar asosida tuzilgan va sinflar, fanlar kesimida maktab rahbarlari tomonidan tasdiqlanib, muhr bosilgan qo‘shimcha darslar rejasining nusxasi maktab ichki monitoring tizimi rahbarida hamda o‘quv ishlari bo‘limida saqlanadi. Har ikkala rahbar tomonidan qo‘shimcha darslar tahlil qilinadi.
Qo‘shimcha darslar yakuni bo‘yicha o‘tilgan mavzular yuzasidan o‘quvchilar bilan ichki va tashqi nazorat ishlari o‘tkaziladi.