1-mavzu. Madaniyatshunoslik fani predmeti va vazifalari
Reja
1.Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari.
2.Madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari.
3. Madaniyat va sivilizatsiya.
Tayanch so‘z va iboralar
Madaniyatshunoslik predmeti. Mentalitet. Dialektik metod. Sistemali yondashuv metodi.
Tarixiylik metodi. Madaniyat tushunchasi. Moddiy madaniyat. Ma’naviy madaniyat. Madaniyatning
vazifalari. Sivilizatsiya. Vorisiylik. Ma’naviy meros. Qadriyatlar. Milliy qadriyatlar. Umuminsoniy
qadriyatlar. Milliy o‘ziga xoslik. Milliy tiklanish. XXI asrda dunyoni madaniyat va ma’naviyat qutqaradi
Madaniyatshunoslik eng yosh fan hisoblanadi. U asosan XX asr ikkinchi yarmida
ijtimoiy muammolarni yechishda madaniyatning ta’sirini ko‘tarishga, ta’limtarbiya ishlarini
insonparvarlashtirishga, ehtiyojning kuchayishi natijasida mustaqil fan sifatida shakllandi. G‘arb
mamlakatlari Oliy o‘quv yurtlarida Madaniyatshunoslik fani o‘qitila boshlandi. Sobiq Sovet Ittifoqi
davrida madaniyatshunoslikka soxta fan deb qaraldi, unga yetarli e’tibor berilmadi, ta’lim
muassasalarida o‘qitilmadi.
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan keyin madaniyatshunoslik fani
respublika Oliy o‘quv yurtlarida alohida fan sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
Xo‘sh, madaniyatshunoslik qanday fan?
Madaniyatshunoslik fanining predmeti inson faoliyati, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va
ma’naviy qadriyatlari sivilizatsiyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi, madaniyatlararo muloqot kabi
dolzarb masalasidir. Madaniyatshunoslik fani insoniyatga xos madaniy jarayonni, uning
mazmunmohiyati va ahamiyatini tahlil qiladigan, madaniyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini
o‘rganadigan gumanitar fandir.
Madaniyatshunoslik fani, birinchidan, insoniyat taraqqiyotining ibtidoiy turmush tarzidan to
hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi madaniy jarayonni butunligicha, yaxlit idrok etishga, madaniyat
taraqqiyoti haqida barcha fanlar tomonidan to‘plangan bilim va tushunchalarni integratsiyalashga
ko‘maklashuvchi fandir.
Dostları ilə paylaş: |