Qadriyat – borliq va jamiyat, voqelikdagi muayyan narsalar, voqealar, hodisalarning, inson
hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiyaxloqiy, madaniyma’naviy ahamiyatini
ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha. Ko‘pgina hollarda kishilar qimmatbaho buyumlarni
qadriyat deyishadi. Aslida esa qadriyat so‘zining ma’nosi boshqacharoq. Masalan, ming yillar
ilgarigi buyumning bugungi kun uchun moddiy jihatdan bahosi arzimas bo‘lishi mumkin, negaki,
uni hozir ishlatib, undan foydalanib bo‘lmaydi. Ammo bobokalonlarimizdan bizgacha yetib kelgan
moddiy va madaniy meros sifatida u buyum nihoyatda qadrli, ahamiyatli bo‘lishi mumkin.
Qisqa qilib aytganda, qadriyat deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan
barcha moddiy va ma’naviy madaniyat unsurlari tushuniladi. Qadriyatlar ijtimoiytarixiy
taraqqiyot mahsuli bo‘lib, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar,
ma’naviyma’rifiy an’analar, urfodatlar, xattiharakatlar majmuyidir. Qadriyat insoniyat yaratgan va
yaratayotgan moddiy va ma’naviy boyliklarning gultojidir. Qadriyatlarning ahamiyati shundaki, ular
kishilarning xattiharakatini, xulqatvorini tartibga, tegishli me’yorga solishga va to‘g‘ri yo‘naltirishga
xizmat qiladi.
Qadriyatlarni madaniyat singari moddiy va ma’naviy qadriyatlarga ajratish mumkin. Moddiy
qadriyatlarga insonlar uchun jismoniy qulayliklar yaratuvchi xo‘jalik, texnik, sog‘liq, jinsiy juftlik,
moddiy boylik, qulay maishiy shartsharoitlar, toza suv, sifatli oziqovqat va boshqalarni kiritish mumkin.
Ma’naviy qadriyatlarga insoniyat hayotiga ming yillar davomida shakllangan an’ana, urfodat va
marosimlar, ilmiy, ma’rifiy axloqiy, estetik, diniy, badiiy va boshqa ma’naviy boyliklar kiradi. Ayrim
qadriyatlar tarixiy, davriy xususiyat kasb etib, davr o‘zgarishi bilan o‘zgarib borishi mumkin. Shu
bilan birga, doimiy, universal ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar ham mavjud. Masalan, odamni
qahramonlikka, Vatanga sodiqlikka undovchi qadriyatlar. Badiiy, axloqiy qadriyatlar ham
universal qadriyatlar hisoblanadi. Eng yuksak qadriyatlar erkinlik, tinchlik, ezgulik, mehr va
muruvvat, yaxshilik, go‘zallik, muhabbat, adolat, haqiqat, baxt singari mezonlarda ifodalanadi.
Bu ne’matlar shuning uchun qadriyatlar deyiladiki, ularni kishilar o‘zlari uchun ahamiyatli bo‘lganligi
uchun qadrlaydilar.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning asrlar davomidagi amaliy
faoliyatida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar orasida eng oliysi inson, uning hayotidir.
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida erkinlik, ozodlik, tenglik, barqarorlik, tinchlik, totuvlik
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlardir.
Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga ham
bo‘linadi.
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiyruhiy hodisa bo‘lib, u millatning genofondi, tili, turmush tarzi,
madaniyati, tarixi, urfodatlari, an’analari, milliy ongi, moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy,
ijtimoiysiyosiy hayotining barcha jihatlarida namoyon bo‘ladi. O‘z milliy qadriyatiga ega
bo‘lmagan millat yo‘q. Milliy qadriyatlarning sohibi muayyan millatdir. Millatning tanaz Dostları ilə paylaş: |