Reja Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari. Madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari. Madaniyat va sivilizatsiya. Tayanch so‘z va iboralar


Madaniyat tushunchasi, tarkibiy qismlari va vazifalari



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix06.04.2023
ölçüsü232,96 Kb.
#93978
1   2   3   4   5   6   7
1 madaniyatshunoslik

1.2. Madaniyat tushunchasi, tarkibiy qismlari va vazifalari 
Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishda madaniyat so‘zining ma’nomazmunini bilish, idrok 
qila olish muhim o‘ringa ega. Madaniyat so‘zi arabcha madina (shahar) so‘zidan kelib chiqqan. 
Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy (sahroyi) turmush, ikkinchisini madaniy 
turmush deb ataganlar. Madaniylik shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega 
bo‘lgan aholiga, masalan, Madina shahrida yashaganlarga nisbatan ishlatilgan. Madina – to‘liq arabcha 
nomi MadinatRasulilloh, ya’ni payg‘ambar shahri hisoblanib, obodonchiligi, ko‘rkamligi bilan 
Arabistondagi aholi yashaydigan boshqa manzilgohlardan ajralib turar edi. Shuningdek, Madina 
Makkadan keyin musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahar edi. Shu tariqa madaniyat so‘zi 
bizning o‘lkamizga Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan bog‘liq tarzda kirib kelgan.
Abu Nasr Forobiy ta’kidlashicha, «Madaniy jamiyat shunday bo‘ladiki, har bir odam 
kasbhunarda ozod, hamma babbarobar, o‘zi istagan va tanlagan kasbhunar bilan shug‘ullanadi. 
Odamlar chin ma’nosi bilan ozod yashamaydilar». 
Fanda, odamlar o‘rtasidagi muloqotda madaniyat so‘zi bilan bir qatorda kultura so‘zi ham 
ishlatiladi. Yevropada kultura deganda insonning tabiatga ko‘rsatadigan maqsadli ta’siri, insonga 
ta’limtarbiya berish tushuniladi. Kultura so‘zi lotincha «culture» so‘zidan olingan bo‘lib, «yerga 
ishlov berish», «ekib o‘stirish» ma’nosini bildiradi. Rus faylasuflari N.Berdyayev va 
V.Rozinovlar «kultura» so‘zining «kult» ya’ni diniy ibodat, sig‘inish so‘zidan kelib 
chiqqanligini qayd etganlar. 
Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko‘pgina sohalarida madaniyat yoki kultura so‘zi 
qo‘llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning tarbiyalanganlik, ma’rifatlilik darajasi 
tushunilgan. Ellinlar varvarlardan o‘zlarining farqlarini tarbiyalanganlikda deb bilganlar. Keyinroq 
madaniyat deganda shaxsning qadrqimmati, takomilligi tushunilgan. Nemis faylasufi F.Shiller 
kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma’naviylik darajasini madaniyat deb 
tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor (18321917) madaniyat atamasini 
ilmfanga kiritdi. Teylor o‘zining «Pervobыtnaya kultura» (1871) asarida: «madaniyat keng 
ma’noda kishining jamiyat a’zosi sifatida o‘zlashtirgan bilimi, e’tiqodi, san’ati, axloqodobi, 
qonunqoidalari va boshqa bir qator qobiliyatlari va odatlari yig‘indisidan tashkil topadi», deb 
ta’kidlaydi. 
1
Mentalitet (lotincha mentalis – aqliy) – ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, ma’naviy 
salohiyati. Millatning mentaliteti o‘ziga xos tarixiy an’analar, urf-odatlari, diniy e’tiqodi, yashab turgan tarixiy 
makoni, shart-sharoitlari, ijtimoiy faolligi va boshqa omillar bilan bog‘liq holda izohlanadi.


Faylasuf va madaniyatshunos V.M. Rozin iborasi bilan aytganda, «qancha yirik 
madaniyatshunos bo‘lsa, shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud»
(V.M. Rozin. Kulturologiya. 
Uchebnik. –M., 1998, 49bet). Darhaqiqat, E.Teylor zamonida madaniyatning 7 ta ta’rifi bo‘lgan bo‘lsa, 
1950yillarda uning soni 150 taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan tushunchalar soni 400 
taga yetadi. Bu ta’riflar umumlashtirilsa, madaniyat so‘zining ma’nomazmunini quyidagicha 
tushunish mumkin: 
1. Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy 
va ma’naviy boyliklar, osoriatiqalar yig‘indisi. 
2. Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, san’at, axloq, din, 
huquq, siyosat, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot 
darajasi. 
3. Madaniyat – umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o‘zigina 
yaratgan sof madaniyat bo‘lmaydi. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millatning 
o‘zi yaratgan bo‘lsada, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi, ta’siri 
bo‘lishi tabiiy hol. Madaniyat aholining biron tabaqasi yoki sinfiga emas, barchaga barobar xizmat 
qiladi. Masalan, san’at va adabiyot durdonalari, me’morlik yodgorliklari, fantexnika yutuqlari va 
boshqalar barchaga tegishlidir.
4. Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy 
qadriyatlar majmuyi. 
5. Madaniyat – har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining 
ifodasidir. 
Madaniyatni qo‘llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy madaniyat, jamiyat 
madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi qismlarga bo‘lib o‘rganish ham mumkin. Kundalik hayotda 
«muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «nutq madaniyati», «ishlab chiqarish madaniyati», 
«xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati», «huquqiy madaniyat» kabi tushunchalar 
ham qo‘llaniladi. 
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida quyidagilarni alohida 
ta’kidlab ko‘rsatish mumkin. 
Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib shakllantirish va 
tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsning insoniyat yaratgan bilimlarni, 
ma’naviy qadriyatlarni, tartibqoidalarni o‘zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to‘la huquqli 
a’zosi sifatida faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat 
hukmronligidan ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementlarning shakllanishi bilan birga 
sodir bo‘ladi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs jamiyatda uzoq yillar davomida to‘plangan 
tajribalarni, an’analar va urfodatlarni, turmush tarzini o‘zlashtiradi, imkon qadar boyitadi va nihoyat ular 
keyingi avlodlarga yetkaziladi. 
Madaniyat axborotlarni o‘zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. Madaniyat inson 
uchun dunyoni bilish, dunyo to‘g‘risida turli ma’lumotlar, axborotlar olish, ularni avloddan avlodga 
o‘tib borishini ta’minlaydi. 
Madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni 
belgilangan tartibqoidalar, axloqiyhuquqiy normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi.
Madaniyat kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashuv bilan bog‘liq bo‘lgan, aloqa uchun 
xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Gap shundaki, 
madaniyatning bir qator sohalari – fan, san’at, texnika va boshqalarning o‘ziga xos tili bo‘lib, 
ularni bilmasdan turib madaniyatni to‘laligicha bilib bo‘lmaydi. 
Madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan moddiy, ma’naviy, 
estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini, be’mani, xunuk narsalardan 
go‘zallikni ajrata bilishga ko‘maklashadi. 
Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni mavjud madaniyatga 
tanqidiyijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi bilimlar, qoidalar, qadriyatlar, tartibqoidalar 
yaratishga undaydi. 


Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiyma’naviy toliqishni haydash, hordiq chiqarish, 
tiklanish, kayfiyatini ko‘tarish yo‘lidagi tadbirlar, o‘yinlar tashkil etuvchi vazifalarni ham 
bajaradi. 
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko‘p qirrali jarayon, uning tarkibiga kiruvchi elementlari 
o‘zgarib turadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni o‘ziga xos belgilari, sifatiga qarab bir necha 
turlarga bo‘ladilar. Madaniyatga sivilizatsion nuqtayi nazardan yondashuvchi mutaxassislar insoniyat bir 
necha sivilizatsiyalarni bosib o‘tganligini ta’kidlaydilar. 
Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini inobatga olib milliy, 
mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo‘lish keng tarqalgan. Milliy madaniyatda til asosiy 
vosita sifatida olinsa, mintaqaviy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, 
umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo‘lish holatlari ham 
uchraydi. Fransuz faylasufi J.Gobino jamiyat, madaniyat, din, til to‘laligicha irqiy jihatlar bilan bog‘liq, 
madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan bog‘liq deb tushuntiradi va Yevropa madaniyatini negroid 
madaniyatdan eng yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat sohasida yuz 
bergan o‘zgarishlarni tushuntirish uchun kontrkultura, subkultura tushunchalarini qo‘llay 
boshladilar. Kontrkultura deganda bir guruh yoshlarning g‘arb mamlakatlardagi rasmiy 
qadriyatlarga qarshi g‘oyaviysiyosiy, badiiy qarashlari, ideallari tushuniladi. Yoshlarning bunday 
chiqishlari so‘l radikalchilik, anarxistik, ekstrimistik ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. 

Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin