Reja Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari. Madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari. Madaniyat va sivilizatsiya. Tayanch so‘z va iboralar


Ikkinchidan, madaniyatshunoslik madaniyatni murakkab va dinamik hodisa, o‘ziga xos fenomen,  sistema sifatida o‘rganuvchi fandir. Uchinchidan



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix06.04.2023
ölçüsü232,96 Kb.
#93978
1   2   3   4   5   6   7
1 madaniyatshunoslik

Ikkinchidan, madaniyatshunoslik madaniyatni murakkab va dinamik hodisa, o‘ziga xos fenomen, 
sistema sifatida o‘rganuvchi fandir.
Uchinchidan, insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlariga xos madaniy jarayonni
insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviymadaniy yutuqlarni taqqoslash, solishtirish 
orqali eng umumiy madaniyatshunoslik qonunlarini aniqlovchi fandir. 
To‘rtinchidan, hozirgi zamonda jahonda kechayotgan globallashuv sharoitida 
madaniyatlararo muloqot, milliy madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalar haqida talabalarda nazariy bilim 
va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga yo‘naltirilgan fandir. Madaniyatshunoslik fani boshqa 
gumanitar fanlar bilan bevosita bog‘liq holda o‘rganiladi. 
Madaniyatshunoslik gumanitar fan sifatida falsafa fani bilan yaqin aloqadordir. Falsafa 
fanining asosiy masalasi ruh yoki
materiya birlamchimi degan masala emas, balki insoniyat 
hayotining ma’nomazmuni masalasidir. Aynan bu masala bilan madaniyatshunoslik fani ham 
shug‘ullanadi. Falsafa fani olamda insonning o‘rni, jamiyat taraqqityoti haqida mulohaza yuritadi, 
jamiyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini tadqiq qiladi. Bu masalalarni tadqiq qilish u yoki bu 
darajada madaniyatshunoslikka ham xosdir. Falsafa fanining vujudga kelishi va rivojlanishining 
o‘zi madaniyat taraqqiyotining mahsulidir. 
Madaniyatshunoslik sotsiologiya fani bilan ham yaqin aloqadordir. Negaki, sotsiologiyaning 
jamiyat ijtimoiysiyosiy hayoti, jamiyatda kishilarning mavqeyi haqida to‘plagan ma’lumotlaridan 


madaniyatshunoslik fanida foydalaniladi. Umumnazariy xulosalar chiqarishda sotsiologik 
materiallar dalil sifatida xizmat qiladi. 
Madaniyatshunoslik fani Politologiya (siyosatshunoslik) fanining davlat qurilishi va tuzilishi, 
siyosiy rejimning turlari va xususiyatlari, jamiyatni siyosiy boshqarish usullari haqidagi 
ma’lumotlariga asoslanadi, ularga tayanib davlat boshqaruvi, siyosiy madaniyat haqida umumiy 
nazariy xulosalar chiqaradi. 
Madaniyatshunoslik fani insonning ichki dunyosi haqida fikr yuritishda psixologiya fani 
yutuqlaridan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi turmush tarzi, urfodatlarni, milliy 
madaniy mentalitetlarni tasvirlashda etnografiya fani ma’lumotlariga asoslanadi. 
Madaniyatshunoslik fani tarix fani bilan bevosita bog‘liqdir. Madaniyatshunos jahon 
xalqlari tarixini yaxshi bilmog‘i zarur. Busiz insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida 
shakllangan tarixiy madaniyat turlarini, ularning xususiyatlarini, u yoki bu davrga xos madaniy 
mentalitetni tasvirlay olmaydi. Insoniyatning shakllanishi va taraqqiyoti haqidagi tarixiy faktlar, 
voqeahodisalarni bilish, madaniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni to‘g‘risida nazariy 
xulosalar qilishga, madaniy taraqqiyotga xos qonunlar chiqarishga ko‘maklashadi. Shu nuqtayi 
nazardan qaraganda, madaniyat tarixi madaniyatshunoslik fanining tarkibiy qismidir. 
Shuningdek, madaniyatshunoslik fani boshqa ijtimoiygumanitar fanlar bilan ham yaqindan 
aloqadadir. 
Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. 
Madaniyatshunoslik fanini tadqiqot obyekti turli xalqlarning ko‘p asrlik madaniy hayoti, o‘ziga xos 
jihatlari va umumiy ildizlarini, Sharq va G‘arb madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, o‘ziga xos 
xususiyatlari va mushtarakligini, milliy va mintaqaviy madaniyatning jahon madaniyati 
ravnaqiga ta’sirini, madaniyatning tarkibiy tuzilishi, madaniyatlararo muloqot muammolari, 
ularning insoniyat hayotidagi rolini o‘rganishdan iborat.
Madaniyatshunoslik fani turli darajalardagi milliy mintaqaviy va jahon madaniyatiga, uning 
alohida shaxslardan to butun insoniyatgacha bo‘lgan turli xil obyektlariga tadbiqan qo‘llash mumkin 
bo‘lgan eng umumiy madaniyatshunoslik qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi. 
Xulosa qilib aytganda, madaniyatshunoslik fanining predmeti, uning tadqiqot obyekti 
insoniyatning asrlar davomidagi madaniy faoliyati, jahon xalqlarining madaniy taraqqiyot yutuqlarini, 
ularning rangbarangligi va ma’nomazmunini, madaniyatlararo muloqot masalalarini o‘rganishdan iborat. 
Madaniyatshunoslik fani tadqiqot olib borishda bir qator metodologik tamoyillarga 
tayanadi. Dialektik metod madaniyatshunoslikning muhim metodi bo‘lib, insoniyatning madaniy 
hayotini, ming yillar davomida insonlar yaratgan moddiy va ma’naviy yutuqlarni yaxlit, umumiy 
va o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishga imkon beradi. Dialektik metod bironbir mamlakat yoki 
mintaqada kechgan madaniy jarayonni, jumladan O‘zbekiston xalqining asrlar davomida 
shakllangan madaniyatini jahon xalqlari madaniyati rivoji bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish, 
tadqiq qilishga ko‘maklashadi va madaniy taraqqiyotga xos umumiy madaniyatshunoslik 
qonuniyatlarini ochishga imkon beradi. 
Madaniyatshunoslik fani obyektni o‘rganishda ilmiy bilishning tizimli (sistemali) 
yondashuv metodiga tayanadi. Sistemali yondashuv bo‘laklarni butun orqali, butunni uning bo‘laklari 
orqali tahlil etish, o‘rganishni taqozo etadi. Bu metod madaniyat tarkibiga kiruvchi til, din, huquq, 
axloqodob, ta’limtarbiya, adabiyot, san’at va hokazo bo‘laklar orqali butun jamiyat taraqqiyoti 
to‘g‘risida umumlashtirilgan xulosalar chiqarishga, jamiyat taraqqiyoti orqali esa madaniyat 
tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni tahlil qilishga imkon beradi. 
Madaniyatshunoslik fani o‘z tadqiqotlarida tarixiylik metodiga asoslanadi. Tarixiylik metodi 
madaniyatga davriy nuqtayi nazardan o‘zgarib, yangilanib, rivojlanib, boyib boruvchi jarayon sifatida 
qaraydi. Tarixiylik metodi har bir xalq madaniyatini, har bir davr madaniyatini o‘z davri nuqtayi 
nazardan baholashni, hozirgi madaniy hayotni va erishilgan yutuqlarni o‘tgan zamon madaniyatiga 
taqqoslab tasavvur qilish, tasvirlashni talab qiladi. 


Madaniyat barcha mamlakatlarda bir tekisda rivojlanuvchi jarayon emas. Turli xalqlarning 
turmush tarzi, mentaliteti
1
, madaniy ongi, tili, tafakkuri birbiridan farq qilishi tabiiy. Shu boisdan 
madaniyatshunos ularni birbiriga qaramaqarshi qo‘ymasdan tahlil qilishi, ma’no mazmunining 
mag‘ziga tushunib yetishga intilmog‘i lozim. Ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida 
madaniyat taraqqiyotida inqirozli yoki sakrash holatlari ham yuz berib turadi. Bunday holatlarni tahlil 
qilishda iqtisodiy, sotsiologik, statistik va bilishning boshqa ilmiy metodlardan ham foydalaniladi. 
Madaniyatshunoslik fani o‘z predmetini o‘rganishda tadqiqotchidan o‘z idroki, ichki 
sezgilari bilan his qilish orqali haqiqatni anglashni ham talab qiladi. Bu tamoyil turli xil 
madaniyat sohalariga chuqurroq kirishga, dalilu ashyolar yordamida isbotlarsiz bevosita ichki 
sezgilar, mushohada orqali haqiqatni bilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, madaniyatshunoslikda 
madaniyatning moddiy va ma’naviy unsurlarini talqin qilish, turli davrlarga xos yozuv matnlarini 
sharhlash, izohlab berish, tushuntirish (Germenevtika) usulidan ham foydalaniladi. 
Xullas, madaniyatshunoslik boshqa fanlar singari ilmiylik, xolislik, haqqoniylik talablariga 
javob beruvchi bilishning aniq metodlariga tayangan holda tadqiqot yuritadi. 
Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishning zaruriyati shundaki, insoniyat jamiyat 
taraqqiyotiga faqat siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, huquqiy tadbirlar bilan erishib bo‘lmaydi, 
shular bilan bir qatorda jamiyat ma’naviymadaniy hayotini ham yuksaltirishga erishmog‘i zarur 
bo‘ladi. «Ma’naviyat yo‘q joyda, – degan edi Prezident Islom Karimov, – hech qachon baxtsaodat 
bo‘lmaydi». 

Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin