Umuminsoniy qadriyatlar – odamzod uchun, kishilik jamiyati uchun eng qadrli bo‘lgan
narsalar,
hodisalar, faoliyat va boshqalarning umumijtimoiy qadrini, ahamiyatini ifodalash
maqsadida qo‘llaniladigan tushunchadir. Umuminsoniy qadriyatlar kategoriyasining mazmunini to‘liq
anglab etish uchun, avvalo, umuminsoniylik tushunchasining ma’nosini bilmoq zarur.
Umuminsoniylik deganda odamlar uchun umumiy bo‘lgan mezonlar, obyektiv va subyektiv
holatlar, xususiyatlar, shartsharoitlar va boshqalar tushuniladi.
Umuminsoniy qadriyatlar deganda, umumjamiyat, butun insoniyat uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan,
insoniyatning mavjudligi, o‘tmishi, buguni va kelajagini, yashashning
asosiy yo‘nalishlari, qonunqoidalari, talab va tartibotlarini, odamlarning eng azaliy orzuumidlari
va g’oyalarini o‘zida aks ettiradigan qadriyatlar nazarda tutiladi. Butun insoniyat uchun umumiy
foydalanish imkonini beradigan universal texnologiyalar, ishlab chiqarish, boshqarishni tashkil
etish, kosmonavtika, kibernetika, axborot texnologiyalari umuminsoniy qadriyatlar jumlasiga
kiradi. Umuminsoniy
qadriyatlarga madaniyat, ma’naviyat, fan, din, san’at, huquq, siyosat, ijtimoiy
ong shakllari bilan bog‘liq yutuqlar, kashfiyotlar, yaratilgan boyliklar, ma’naviy kamolotning
yo‘nalishlari, vositalari kiradi. Inson, uning hayoti, yaxshilik, go‘zallik, adolat, haqiqat, erkinlik,
tenglik, do‘stlik, muhabbat, baxtsaodat va hokazolar umuminsoniy qadriyatlarning eng oliysi,
ideal qadriyatlardir.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida madaniyatning milliy o‘ziga xosligini saqlash
dolzarb muammolar jumlasiga kiradi. Negaki, ko‘p hollarda dunyoda sodir bo‘layotgan
globallashuv, iqtisodiy va siyosiy modernizatsiyalashuv jarayoni ta’siri ostida dunyo
standartlashish va
birxillashish tomon bormoqda, milliy o‘ziga xoslik, milliy madaniyatga xos
jihatlar yo‘qolib ketadi, degan fikrmulohazalar ustunlik qilishga harakat qilmoqda. Amaliy hayot
esa bunday qarashlarning asossiz ekanligini ko‘rsatmoqda, inkor etmoqda. Aksincha, hayotiy
tajribalar ko‘rsatmoqdaki, xususan, milliy belgilarning xilmaxilligi jahon madaniyatining
barqarorligini va rivojlanishini ta’minlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1998yil 6noyabrda YUNESKO Ijroiya
Kengashi sessiyasida so‘zlagan nutqida shunday ta’kidlaydi: «Men umuminsoniy qadriyatlar
rivojini har bir xalq madaniyati va o‘ziga xosligining o‘zaro uyg‘unlashuvi deb bilaman.
Madaniyatlarning shu tarzdagi uyg‘unlashuvigina umuminsoniy madaniyat va butun
sivilizatsiyaning go‘zalligi va qadrqimmatini yaratadi. Zero, umumiy sivilizatsiya turli xalqlarning
madaniyatlaridan shakllanadi» (Asarlar, T.7, 194bet).
Hozirgi taraqqiyotning tendensiyasi madaniyma’naviy merosning roli va ahamiyatini qayta
anglashdan, milliy an’analarni hozirgi hayotga faol qo‘llashdan iborat. Bu muammo ayniqsa
O‘zbekiston uchun nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Negaki,
mustabid sovet hokimiyati
davrida o‘zbek xalqining milliy madaniyati, ma’naviy merosi poymol qilindi, ularni unutish, ona
tilimiz – o‘zbek tilini qadrsizlantirish yo‘li tutilgan edi. Bu davrda madaniyat mafkuralashtirildi,
kommunistik mafkuraga mos kelmaydigan tomonlari yo‘q qilindi, turli fikr yuritishlar inkor
etildi, ong ustidan hukmronlik qilindi, asrlar davomida shakllangan an’anaviy axloqiy va estetik
qadriyatlarga eskilik qoldiqlari sifatida qaraldi.
Shu boisdan O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab, jahon
madaniyatining tarkibiy, ajralmas qismi hisoblangan, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy
madaniyma’naviy merosimizni tiklash yo‘lidan bordi. Bu yo‘l O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga
ko‘tarildi.
Istiqlol yillarida O‘zbekistonda madaniyma’naviy merosni tiklash va yanada rivojlantirish
borasida katta yutuqlarga erishildi. Bu milliy ongning o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Madaniy
merosning tiklanishi quyidagi muhim jihatlarda namoyon bo‘lmoqda:
– xalqimizning qadimiy madaniyma’naviy merosiga, qadriyatlari va ideallariga qayta nazar
solish, yangicha anglash, tiklashning zarurligi va muhimligi e’tirof etildi;
– merosimizni tiklashga saralash nuqtayi nazardan yondashildi,
milliy madaniyatning
umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan, jamiyatimizni yangilash va insonparvarlashtirishga
xizmat qiladigan eng muhim, ahamiyatli yutuqlari, jihatlari tiklanmoqda;
– keng xalqaro aloqalar rivojlanmoqda, umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘unlashib
borilmoqda;
– o‘z tafakkuri bilan mustaqillik ruhini belgilab beradigan ziyolilarning yangi avlodi
shakllanmoqda;
– shaxs va ijtimoiy ongda yangicha dunyoqarash, gumanistik tafakkur shakllanib
bormoqda.
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda umuminsoniy demokratik qadriyatlarga mos
fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda. Imom alBuxoriy,
Imom atTermiziy, Bahovuddin
Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Ahmad alFarg‘oniy, Amir Temur, Burxoniddin
Marg‘inoniy, Moturudiy kabi ko‘plab, nafaqat bizning milliy madaniyatimiz, balki butun jahon
sivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning nomi, xayrli ishlari
o‘z o‘rnini topdi, ularning unutilgan asarlari nashr etildi, etilmoqda. Xalq qahramonlari,
buyuk
shaxslar nomlari oqlandi, ular xotirasini namoyon etuvchi yodgorlik majmualari, haykallar
bunyod etildi.
Milliy madaniyatimizning tiklanishida madaniyatshunoslik muhim o‘ringa ega. Aynan shu fan
madaniyma’naviy sohalardagi unutilgan qarashlarni, zo‘ravonlarcha poymol etilgan qadriyatlarni
aniqlash, qayta tiklash va yangi ma’nomazmun bilan boyitish kabi faoliyatga ko‘maklashadi.
Bugungi kunda gumanistik ideallarni, madaniyma’rifiy qadriyatlarni tiklash umumbashariy
ahamiyatga ega. Shu ma’noda Prezident Islom Karimovning «Kirib kelayotgan
XXI asrda dunyoni
madaniyat va ma’naviyat qutqaradi» -degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir (Asarlar T.7, 194bet).
Madaniyatning nazariy muammolari va tarixiga umuminsoniy qadriyatlar nuqtayi nazardan, har bir
davr va har bir xalq madaniyatiga hurmat nuqtayi nazardan yondashuvchi madaniyatshunoslik fani
«madaniyatlararo muloqot»ni amalga oshirishga, gumanistik g‘oyalarning uyg‘onishiga yordam beradi.
Bu jarayonda ta’limtarbiya sohasi muhim rol o‘ynaydi.
Ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashib borishi O‘zbekistonda
amalga oshirilayotgan ta’lim islohotining muhim yutug‘idir. Negaki, amalga oshirilayotgan
islohotlarimizning pirovard natijasi iqtisodiyotga, davlat boshqaruviga, jamoat tashkilotlari va
boshqa sohalarga qanday mutaxasislarning kelishiga bog‘liq, albatta. Shu boisdan bugungi kunda
talabalarimizning madaniy va ma’naviyaxloqiy saviyasi o‘ta dolzarb masala hisoblanadi.
Xususan, Oliy ta’lim muassasalari oldidagi asosiy vazifa, bitiruvchilarni ijtimoiy hayotning
mustaqil subyekti sifatida shakllantirishga erishishdir. Buning mazmuni shundan iboratki, har bir
bitiruvchi siyosiy, ma’naviyma’rifiy, axloqiy, iqtisodiy, dunyoviy va boshqa sohalarda mustaqil,
tushunib yetgan holda qarorlar qabul qilishga yetilgan bo‘lishi zarur.
Talabalarda bunday
malakalarni shakllantirishda madaniyatshunoslik fani muhim o‘ringa ega.
Xulosa qilib aytganda, madaniyatshunoslik yangicha fikrlashni, insonparvarlik va
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiruvchi fan sifatida O‘zbekistonning milliy tiklanishida,
ta’limtarbiya tizimida muhim rol o‘ynaydi.
Savol va topshiriqlar
1.
Madaniyatshunoslik fanining predmeti, o‘rganish obyekti nimalardan iborat?
2.
Madaniyatshunoslikning boshqa gumanitar fanlar bilan bog‘liq tomonlarini tushuntirib
bering.
3.
Madaniyatshunoslik fani qanday metodologik tamoyillarga tayanadi?
4.
Madaniyat so‘zining kelib chiqishi haqida nimalarni bilasiz?
5.
Madaniyat so‘zi qanday ma’nolarni bildiradi?
6.
Madaniyat insoniyat hayotida qanday vazifalarni bajaradi?
7.
Shaxsning barkamol inson bo‘lib yetishishida madaniyatshunoslik fanining
ahamiyati nimalardan iborat?
8.
Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy madaniyat deganda nimalarni tushunasiz?
9.
Axloqiy, estetik va ekologik madaniyat so‘zlarining ma’nosi nima?
10. Sivilizatsiya deganda nimani tushunasiz?
11.
Madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasidagi umumiylik nimalarda namoyon bo‘ladi