Reja Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari. Madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari. Madaniyat va sivilizatsiya. Tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix06.04.2023
ölçüsü232,96 Kb.
#93978
1   2   3   4   5   6   7
1 madaniyatshunoslik

Madaniyat va sivilizatsiya 
Ko‘pgina hollarda madaniyat va sivilizatsiya so‘zlari yonmayon ishlatiladi. Masalan, 
«Qadimgi Misr sivilizatsiyasi», «Qadimgi Misr madaniyati». Bu atamalar go‘yo bir xil ma’noni 
anglatganday ko‘rinadi. Aslida esa sivilizatsiya va madaniyat birbiridan farq qiluvchi 
tushunchalardir. Faylasuflardan O.Shpengler va A.A. Berdyayev asarlarida, sivilizatsiya – bu 
insoniyat borlig‘ining moddiytexnik tomoni, madaniyat esa uning ma’naviyruhiy tomonidir, deb 
tushuntiriladi. 
Insoniyat hayotida sivilizatsiya va madaniyat o‘zaro bog‘liq holda rivojlanib kelmoqda. Gap 
shundaki, odam paydo bo‘lgandan beri, ongli mavjudod sifatida yashash uchun kurashib kelmoqda. 
Odam dastlab o‘zini o‘rab turgan olam oldida, tabiatning dahshatli hodisalari, qahraton sovuq, 
jazirama issiq oldida ojiz, himoyasiz, yalong‘och bir mavjudod edi. Biroq odam barcha tirik 
mavjudodlardan o‘z ongliligi bilan ajralib turardi, hammasidan ustun edi. Inson ongliligi tufayli 
yashash uchun kurashdi, o‘zini o‘rab turgan tabiatga ishlov berib, astasekin o‘zi uchun zarur 
qulayliklar yaratib bordi. Bu qulayliklar yaratilish usuli, mazmunmohiyatiga ko‘ra sivilizatsiya 
yoki madaniyat atamalari bilan tushuntiriladi. 
Insoniyat tomonidan yaratilgan ov va mehnat qurollari, olovdan foydalanishni o‘zlashtirish, 
chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, kiyimbosh, uyjoy, yirik suv inshootlari, binolar, 
mashinalar, texnika taraqqiyoti, transport, aloqa, maishiy xizmat vositalari kabilar sivilizatsiya 
tushunchasiga kiradi. Demak, sivilizatsiya deganda insonlar o‘zlari uchun yaratgan jismoniy qulayliklar, 
moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi moddiytexnik vositalar tushuniladi. 
Madaniyat esa yashash uchun kurashning ruhiy, ma’naviy usullaridir. Masalan, odam 
yirtqich hayvonlardan himoyalanish usulini, ya’ni sivilizatsiya yo‘lini topishi mumkin. Lekin 
inson o‘limdan o‘zini saqlay olmaydi, o‘lim haq. Demak, odam o‘zini o‘zgartirishi, o‘lim 
vasvasi bilan doimo dahshat ostida bo‘lmasligi, unga ko‘nikishi zarur bo‘ladi. Bu sohada 
madaniyat harakatga keladi. Madaniyat insonlarga ruhiy, ma’naviy qulayliklar yaratadi, shaxsni, 
uning tabiat haqidagi tafakkurini o‘zgartiradi, insonda ichki barqarorlikni shakllantiradi. 
Ma’naviyat orqali inson o‘lim dahshatini yengadi, kezi kelganda Vatani, xalqi uchun o‘limga ham tik 
boradi. Ibtidoiy jamiyatdagi sehrgarlik, jodugarlik, afsungarlik, hozirgi zamon dinlari, xalq 
qo‘shiqlari, adabiyot, san’at, axloqodob va boshqalar – bularning hammasi madaniyat sohasiga 
kiradi. Agar sivilizatsiya insonning moddiy ehtiyojlarini qondirsa, madaniyat uning ma’naviy 
ehtiyojlarini qondiradi. 
Sivilizatsiya lotincha cuvilis so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, fuqarolikka, davlatchilikka 
taalluqli ma’noni anglatadi. Sivilizatsiya so‘zi ma’rifatparvarlarning XVI asrdan boshlab 


urushlarsiz hamda mutaassib ruhoniylar ta’siridan ozod, aql va adolatga asoslangan jamiyat 
uchun kurashishlari jarayonida fanga kirib keldi. Sivilizatsiya so‘zi jamiyat taraqqiyotining 
darajasini belgilovchi tushunchadir. Sivilizatsiya insoniyat ijtimoiy taraqqiyotidagi uchta katta 
davrning (yovvoyilik, vaxshiylik va sivilizatsiya) oxirgisi bo‘lib, u yozuvning, davlatning, 
huquqiy tartibqoidalarning kelib chiqishidan, ya’ni bundan 6 ming yillar muqaddam (Misrda) 
boshlangan. Sivilizatsiyaning boshlanishi bilan turli xil dinlar, gumanistik va axloqiy qadriyatlar 
keng tarqala boshlaydi. Sivilizatsiya barcha mintaqalarda birdaniga boshlanmagan, turli 
mintaqalarda birinketin vujudga kelgan, albatta. 
Sivilizatsiya madaniyat tushunchasi kabi insoniyat taraqqiyotining mahsuli. Sivilizatsiya 
so‘zi madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi ma’nosida ham ishlatiladi. 
Qadimgi Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi, O‘rta dengiz sivilizatsiyasi, Hind 
sivilizatsiyasi, Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi. Sivilizatsiya dastlab ayrim hududlarda, birbiri bilan 
u qadar bog‘lanmagan holda shakllangan bo‘lsa, XVIXX asrlarda umumjahon sivilizatsiyasi shaklida 
uyg‘unlashdi. Fransuz faylasufma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni 
sivilizatsiyalashgan jamiyat deb ta’riflaganlar. Dunyoda ilg‘or fan, texnika, texnologiya, axborot 
vositalari asosida ish yuritayotgan, ma’rifatparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurgan 
mamlakatlar mavjud, ular haqiqiy sivilizatsiya yo‘liga kirib bormoqdalar. Jumladan, mustaqil 
O‘zbekiston ham yuksak sivilizatsiyali demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda. 
Demak, madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasida mantiqiy birlik, umumiylik mavjud, negaki 
ularning har ikkalasi ham inson faoliyatining mahsulidir. Ham moddiy, ham ma’naviy 
taraqqiyotning boshida insonlarning ma’naviy tafakkuri, niyatlari, g‘oyalari, o‘ylari, loyihalari, 
mo‘ljallari turadi, so‘ngra ular moddiy shaklda namoyon bo‘ladi. Bunga nafaqat texnik inshootlarning, 
shuningdek, badiiy asarlarning yaratilishi ham misol bo‘la oladi. Masalan, Amir Temur haykalida, 
avvalo, yaratuvchi (haykaltarosh) ning ma’naviy tafakkuri, loyihasi, mo‘ljalini, so‘ngra ularning 
moddiy shaklga kirgan ajoyib monumentini ko‘ramiz.
Jamiyat va madaniyat taraqqiyotida vorisiylik alohida o‘rin tutadi. Vorisiy deganda oldingi 
avlod tomonidan yaratilgan turmush tarzi, rasmrusum va an’analar, moddiy va ma’naviy 
madaniyat yutuqlarning keyingi avlodga o‘tishi va o‘zlashtirilishi tushuniladi.
Madaniyatshunoslik fanida vorisiylik muhim kategoriya hisoblanadi. Vorisiylik negizida 
hayotiylik yotadi. Kishilar o‘zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib 
yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. Agar vorisiylik negizida hayotiylik 
bo‘lmaganida edi, «biz uchun o‘tmish sovuq, befoyda, o‘lik va qiziqarsiz bo‘lib qolaverardi», 
deb ta’kidlaydi J.Neru. Sharqshunos olim Maks Myuller Hind sivilizatsiyasi haqida fikr yuritar 
ekan «eng zamonaviy va eng qadimiy hind sivilizatsiyasi o‘rtasida uzluksiz vorisiylik mavjud», deb 
yozadi. Vorisiylik barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotiga xos uzluksiz jarayondir.
Jamiyat, madaniyat rivojida ma’naviymadaniy meros katta ahamiyatga ega.
Xo‘sh madaniyma’naviy meros nima? 
Madaniyma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, otabobolarimizdan 
bizgacha yetib kelgan madaniyma’naviy boyliklar – siyosiy, iqtisodiy, falsafiy, huquqiy va diniy 
qarashlar, axloqodob me’yorlari, ilmfan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari va boshqa 
milliy qadriyatlar majmuyidir. Bunday boyliklar, qadriyatlar bir -yilda, bir asrda hosil qilinadigan 
hodisa emas, ular jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyoji tufayli yuzaga 
keladi. Ular jamiyat siyosiy tuzumi jihatidan o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar 
uchun meros bo‘lib qoladi. Madaniyma’naviy meros insonni yuksalishga da’vat etadigan, ichki 
olamini boyitadigan, irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan qudratli kuchdir. 
Har bir avlod o‘zidan oldingi avloddan ma’naviymadaniy qadriyatlarni, moddiy va 
ma’naviy sohada erishilgan yutuqlarni meros qilib oladi va yanada rivojlantiradi. Insoniyat hayotini 
ramziy ma’noda uzoq yo‘l deb faraz qilsak, har bir avlod yo‘ldagi ko‘prik ustida turganga 
o‘xshaydi. Ko‘prikning bir tomonida oldingi zamonlarda yashab o‘tgan qanchaqancha 
avlodajdodlar hayoti, ular yaratgan moddiy va madaniyma’naviy yutuqlar, qadriyatlar yaqqol 
namoyon bo‘lib turadi. Ko‘prik ustida turgan yangi avlod esa otabobolaridan qolgan moddiy va 
ma’naviy boyliklarni meros tariqasida qabul qilib oladi, o‘zlashtiradi, yangilaydi, boyitadi. 


Ko‘prikning ikkinchi tomoni esa hayotga kirib kelayotgan kelajak avlod o‘rnidir. Vaqti kelib, 
ko‘prik ustidagilar o‘z o‘rnini kelajak avlodga bo‘shatadi, o‘zi o‘zlashtirgan, yangilagan, boyitgan 
moddiy va ma’naviy madaniyatni ularga meros qilib qoldiradi. Shu tariqa avlodlar almashinuvi 
barobarida jamiyat yangilanib, rivojlanib boradi, inson uchun zarur bo‘lgan jismoniy va 
ma’naviymadaniy qulayliklar yaxshilanib, takomillashib boradi. Bu jarayon jamiyat va 
madaniyat taraqqiyotiga xos betinim amal qiluvchi qonuniyatdir.
Qadriyat, hayotda qadriyatlarga moslashish, qadriyatlarni mo‘ljallab ish tutish 
madaniyatshunoslik fanining muhim kategoriyasidir. 
Kishilar ongida qadriyat kategoriyasi turli narsa va hodisalarni taqqoslash orqali 
shakllanadi. Inson dunyoni anglab olgandagina, dunyoda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan hodisalar, 
voqealar, o‘zgarishlarni tushunib yetgandagina, o‘zining hayoti uchun nimalar muhim yoki 
muhim emasligini, nimalarsiz yashash mumkin yoki mumkin emasligini ajrata oladi. Tabiiyki, 
har bir inson o‘z qadriyatlar dunyosini o‘zicha aniqlaydi. Demak, qadriyatlar bu narsalar emas, balki 
narsalarga, hodisalar va boshqalarga munosabatdir. Shunday qadriyatlar borki, ularsiz ma’lum 
davr madaniyati kemtik, noqulay bo‘lib qoladi. Shaxs madaniyati misolida bu holatni 
quyidagicha tasvirlash mumkin bo‘ladi: qadriyat shunday narsaki, usiz biron shaxsning to‘la 
yoki qisman mavjudligi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Masalan, oshiq bo‘lib qolgan odam uchun o‘z 
sevgilisi, otaona uchun o‘z farzandi, olim uchun ilmfan shunday qadriyatki, undan mahrum bo‘lsa 
hayotning qizig‘i qolmaydi. Har bir davr madaniyatining shunday qadriyatlar tizimi borki, 
ularsiz mazkur madaniyatning mavjudligi mazmunsiz bo‘lib qoladi. 
Qadriyat deganda nimani tushunmoq kerak? 

Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin