Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


Ta’lim tamoyillari. Ta’lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə58/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

Ta’lim tamoyillari. Ta’lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi.
Ta’lim yamoyillario‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang‘ich qoidalardir.
Ta’lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta’limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari.
Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillarga quyidagilar kiradi: insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg‘unlik; madaniyat bilan uyg‘unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi.
Ta’limni insonparvarlashtirish - uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirishdir.
Shaxsning rivojlanishi va o‘quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’limning insonparvarlik mazmuniga yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok etishga jalb etish, uning bilish bilan qo‘shiluvi va madaniyatni o‘zlashtirishi hamma-hammasi so‘nggi yillarda sezilarli shakllandi. Mazkur yo‘nalishda so‘nggi yillarda tarbiyalanuvchilar ongidagi aldam-qaldamlik, ularning xulq-atvorini haddan tashqari qat’ iy belgilash, ularga qattiq ta’sir etish, tanqidiy fikrlash tarziga ega bo‘lmagan qarashlardan voz kechish yordamida ko‘plab innovatsiyalar yo‘naltirildi. Bunday aqidaparastlikka qarama-qarshi o‘laroq, milliy va chet el pedagogikasida tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilishga yo‘naltirilgan, unda mustaqillikni shakllantiruvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar orasida insonparvar, ishonchga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish qoidalaridan foydalanish, «ta’limni insonparvarlashtirish», ya’ni insonparvarlik tamoyili yuzaga chiqadi. Bunday asosga qurilgan ta’lim esa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligi g‘oyasiga asoslanadi. O‘quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Umuman olganda, ta’lim jarayoni bolaning rivojlanishi, ya’ni tabiati bilan uyg‘un bo‘lishi lozim.
Ta’limning madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyili. Ta’limni azaldan mazmuni inson ongida nafaqat olam manzarasini, balki insondagi rivojlanish, yuksaklikka harakat va o‘sish holatida bo‘lgan o‘zining shaxs sifatidagi qiyofasini shakllantirishdan iborat. Ta’lim butun umr davom etadi va ta’lim olish chegaralanmaydi. U insonga o‘z dunyosi va boshqa madaniyatlarni anglash, mazkur madaniyat vakillari fikrini eshita olish, ularni qadrlash, ularning dunyosini tushunish, o‘zining shaxsiy fikriga tayanish, o‘zining bu yorug‘ olamdagi mavjudligini anglash va o‘zining hayotdagi, madaniyatdagi o‘rnini aniqlash imkonini beradi. Ta’limning bugungi kundagi ma’nomantig‘i ham ana shundadir.
Ta’lim o‘zini madaniyatlar dunyosida faraz qilish orqali insonda olam manzarasini yaratish, insonning tabiat, boshqa odamlarga, jamiyat, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlar tizimini shakllantirish sifatida qaraladi. Inson o‘zining ongi, irodasi, his-tuyg‘usi, bilish imkoniyatlari orqali madaniy qadriyatlarni o‘zlashtiradi, buning natijasida individual ijodiylik shakllanadi. Bunday individualllikning namoyon bo‘lishining o‘ziyoq nafaqat madaniyatning merosiyligi, iste’mol qilinishi, balki rivojlanishini ham anglatadi. Bunday tushunish pedagogikadagi yangi paradigma - shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosini tashkil etuvchi jamiyatdagi yangicha qadriyatlar - shaxsning o‘zini-o‘zini rivojlantirishi, o‘ziga-o‘ziga ta’lim berish va o‘zini-o‘zi loyihalashning namoyon bo‘lishini aks ettiruvchi madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyilini shakllanishiga olib keladi.
Ta’limning ilmiylik tamoyili - o‘quvchining o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri shart-sharoit yaratish maqsadi uchun zarur ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyil ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o‘qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o‘quvchilarni ob’yektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab etadi.
Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyilining ahamiyati shundaki, umuiy o‘ rta ta’lim maktablaridayoq o‘quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o‘tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili sifatida ifoda etiladi. O‘qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to‘liq va chuqur bo‘lishini ko‘zda tutadi. U yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik ko‘rinishda bo‘lishi, bilimlarini doimiy ravishda to‘ldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslanganlik bilan tavsifalanadi. Fundamental bilimlar aniq bilimlariga qaraganda sekin eskiradi, shuningdek, inson va xotirasiga emas, ko‘proq uning fikrlash layoqatiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limning fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan o‘zaro nisbatda bo‘lishni talab etadi.
Ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ta’lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o‘quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog‘liq.
Ta’lim olish va axloq: Skinnerning “qonunni ijobiy tarzda
mustahkamlash” nazariyasi. Bir nazariyachining ishi nafaqat talabalarga maktablarning va o‘qituvchilarning munosabati usullarini o‘zida aks ettirdi, balki jarayonga ichki hissiyot bilan qarashni o‘stiradi. Umumiy (masalan, maktabdagi ham ichki, ham tashqi vazniyatni) rivojlantirish yuz berishi va vaziyatni nazorat qilishni o‘rganib chiqqan bu nazaryotchi Byurhis Fredrik Skinnerdir (1953). Skinnerning ko‘plab nazariyalari makraziy ko‘rish atrofida aylanadi, insonlar “to‘g‘ri javobgarliklar” yoki javobgarliklar, ya’ni potentsiyal vaziyatlarda “to‘g‘ri javobgarliklar”ning (ba’zida “ta’sir etuvchi qobiliyat” deb aytiladi) dalili bo‘lib, ko‘rinishi orqali yaxshi o‘rganadilar. Torndikning “qonunning ijobiy ta’siri” (Torindik 1914)dan ilhomlanib, Skinner o‘zining “qonunni ijobiy tarizda mustahkamlash” deb nomlangan dasturini ishlab chiqdi. Dastur agar kattalarning hulq-atvori yoshlarga o‘rnak bo‘larli bo‘lsa,ular maktab o‘quvchilariga va ularning mukofotlash, o‘rnak qilib ko‘rsatish g‘oyasini ham o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda bunday mukofotlar “ahloqi uchun baho” jamoatchilik maqullagan va ijtimoiy imtiyozga ega bo‘lgan bir qancha shakillar tarkibiga kiradi.
Skinnerning nazariyasi nafaqat sinfxonasidagi yuqori darajada ijobiy ko‘tarinkilikning muhimligiga, balki o‘quvchilarning tashqi tarafdan qo‘yilgan maqsadlariga qadam ba qadam intilishlari uchun yuqori strukturaviy materiallardan foydalanishlariga ham urg‘u beradi. chunki Skinner xato qilish haqida quydagicha fikr yuritadi,tushkunlikka solish yoki istakni so‘ndirish, o‘quvchilarning o‘quv jarayonlariga xalaqt berishi xato, u bu kabi materiallar ehtimollikdan imkon qadar uzoq, xatolikdan holi bo‘lishining tarafdori. O‘ta strukturalashgan, “stsenariylashtirilgan” – o‘qituvchilar tilida oldindan belgilab qo‘yilgan va kamdan-kam sezilarli tarzda og‘ishgan dars shakli aniq belgilab qo‘yilgan qolipga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan buni keng tushinish mumkin, bugungi kunda muhokamali mavzu “an’anaviy” tarzda dars o‘tish, ya’ni o‘qituvchi boshlashi (bunga, masalan, belgilab olingan savollarni so‘rash yoki oddiy qo‘llanmani taqdim qilish), o‘quvchi javob berishi bo‘lib qolmoqda.3
Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillariga quyidagilar kiradi: ta’limning tizimliligi va izchilligi; ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik; ko‘rsatmalilik; ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi; ta’limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili; tushunarlilik.
Ta’limning tizimliligi va izchillik tamoyili bayon qilinayotgan o‘quv materialini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarni to‘ldirishga xizmat qilishini, o‘quvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va hosil bo‘lgan ko‘nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o‘z ichiga oladi.
Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan subyektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida parsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘ rtasidagi bog‘ liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin