Birinchisi — bandlardan key in naqarot bandyoki satrning takroriy kelishi asosidagi zanjirli kompozitsion tip. Buning yorqin misoli sifatida «G’ayro-g’ayro» qo’shig’ini ko’rsatish mumkin. Unda har bir to’rtlikdan so’ng:
G’ayro-g’ayro dam-badam,
Oromi jonim sen mening,
Shirin zabonim sen mening, — »
satrlaridan iborat uchlik (musallas) band naqarot shaklida takrorlanib, butun qo’shiqning ritmik-kompozitsion yaxlitligini ta’minlagan.
Ikkinchisi — savol-javob yoki muloqot negizida qurilgan zanjirli kompozitsion tip. Bunga «Yor, nimalar devdim sizga?», «Boshginam og’riydi», «qoshingni qaro deydilar» kabi aytishuv xarakteridagi laparlar yorqin misol bo’la oladi. Chunoncrfi, «Boshginam og’riydi» qo’shig’i ona va qizning savol va javoblari zamirida qurilgan:
Bozorlarda bo’lar ekan, Zargarlarda turar ekan. Uni (ng) oti tillaqosh, O’shanga og’riydi.
Xalq qo’shiqlarining aksariyat to’rtlik shakllari kompozitsion jihatdan parallelizm negizida qurilganligi bilan e’tiborni tortadi. Hodisalarni bir-biriga taqqoslash zamirida kompozitsion-estetik vazifani bajarib, o’z mohiyatini ochadigan bunday tasviriy vosita xalq qo’shiqlarida xilma-xil mazmunga ega. Mana, uning ayrim namunalari:
Kinoyali parallelizm: Men-ku men va’damda turdim, Sochda sochbog’im bilan. Sen-ku sen va’dasi yolg’on, Belda belbog’i bilan. O’zbeklarda belbog’ - erlik sha’ni, g’ururi, iftixori belgisi. Sochbog’- ayollar ro’moli. Uni tang’igani uchun ayol-da! Shu holatida u kamsituvchi ma’noga egaday tuyulsa-da, aslida ayollik shavkatining ramziy belgisini anglatadi. Lirik qahramon esa men ayolligim bilan - «sochda sochbog’im bilan» va’damda tursam-u, sen erkakmen deya, «belda belbog’ing bilan» va’dang yolg’on bo’lsa, so’zing ustidan chiqolmasang, er bo’lib nima qilasan, deb piching qilyapti. Bu piching - kinoya «sochda sochbog’» va «belda belbog’» detallarini kontrast qo’yish asosidagi parallelizmni to’rtlikning kompozitsion qurilmasiga aylantirgan. Jonlantirish asosidagi parallelizm: Charxim tanob tashlaydi, Bir baloni boshlaydi, Kundoshligi qurisin, Kunda urush boshlaydi. Sirtdan qaraganda charxning tanob tashlashi bilan kundoshlik urushi orasida hech qanday aloqa yo’qday. Lekin o’zbek xalqi orasida charxning tanob tashlashi - xosiyatsiz sanaladi. Charx tanob tashlasa, demak, biror falokatdan nishon beradi, deb ko’ngildan kechiladi. Bu - irim. AsUda charxning tanob tashlashi ish unumiga xalal beruvchi tashvish, yigiruvchini zeriktiradi. Binobarin, charxning tanob tashlashi irimchilik mohiyati bilan kundoshlik uyda janjal chiqishidan ogohlantirsa, zeriktiruvchanligi bilan janjal oqibati — ko’ngilni xira qilishga ishoradir. Charxning tanob tashlashi detali ana shu taxlitda jonlantirilib, to’rtlik uchun kompozitsion asosga aylangan parallelizmni yuzaga keltirgan. Psixologik parallelizm:
Tokchadagi qaychini Zang bosibdi, yor-yor, Kelin oyim oyisini G’am bosibdi, yor-yor. «Zang bosgan qaychi» bilan «g’am bosgan yurak» bir-biriga qiyoslangan holda yaratilgan parallelizm to’rtlik kompozitsion asosini tashkil etgan. Ikkala holat — «zang bosgan qaychi» bilan «g’am bosgan yurak»dagi bog’lanish shundaki, qaychi zangi ko’rinib turadi, shu xususiyati bilan u kishi ichki dunyosiga xos ko’rinmas kechinmani — g’amni yorqin, qo’rimli obrazga aylantirgan holda tasawur qilish imkonini yaratib, psixologizmni kuchaytirgan. Allegorik parallelizm:
Chimildiqning ichidan
Chiqdi tutun, yor-yor,
Bu dunyoda bormikan
Bag’ri butun, yor-yor.
Bu dunyoda bor bo’lsa,
Bag’ri butun, yor-yor,
Qog’ozdan qozon qilay,
Guldan o’tin, yor-yor.
«Chimildiqdan chiqqan tutun» — metafora bo’lib, aslida
chimildiqqa kirgan qizning g’amini ifoda etadi. O’zbek poeziyasida
g’amni tutun obrazida majozan tasviriash an’anaviydir. Bu bilan
hodisadagi noxush mohiyatga ishora qilinadi. «Qog’ozdan qozon,
guldan o’tin» bo’lmaganiday, dunyoda g’am-g’ussasiz kishi, demakki,
«bag’ri butun» odamning yo’qligiga majoz hosil qilgan. Oqibatda
butun qo’shiq uchun majoziy (allegorik) parallelizm kompozitsion
asosga aylangan. *
Xalqqo’shiqlariningaksariyati7, 8, 9, 11 hijoli bo’lib, qofiyalanish tartibi ham g’oyat xilma-xildir.
Kunda qaynatar moshni, 1 Terib tashlamay toshni. 7
O’ldirsang ham ichmayman, 7
Kundoshim qilgan oshni. 7
aaba tarzida qofiyalangan bu to’rtlik uchun jonlantirish asosidagi
parallelizm kompozitsion asos vazifasini bajargan. Osh-mosh
qaynatmasi, demak, moshxo’rda yoki moshova. Oshdan tosh chiqishi
detali — oqibatda noxushlikka ishora. Axir kundosh qilgan oshdagi
tosh zahar bo’lishi mumkin-da! Lirik qahramon shunday shubhada,
ammo ahdida sobit. Yetti hijoli satrlarning aaba tarzida to’q
qofiyalanishi bu qat’iyatni bo’rttirishga xizmat qilgan.
Toshga yomg’ir kor qilurmi 8
Muttasil yoqqan bilan? 7
Davlatingiz kam bo’lurmi 8
Bir qiyo boqqan bilan? 7
Bu to’rtlik abab tarzidagi qofiyalanish tartibiga ega, satrlardagi hijolar soni 8-7. Yomg’ir yog’avergani sayni toshni eritolmagani, kamaytirolmaganidek, bir qiyo boqqanda ham kamaymaslik mumkin-ku! Bunda ham jonlantirish asosidagi parallelizm to’rtlik kompozitsion negiziga aylangan. Mana bu to’rtlik esa 7-8 hijoli satrlarning bava tarzidagi qofiyalanishi asosida tuzilgan:
Tong shamoli yorning b 6(7)
Yuzlaridan o’tgan silab. a 8
Ko’pdan-ko’p salom degin, v 7
Tinchlik, omonliklar tilab. a 8
To’rtlikning birinchi satri 6 hijoli bo’lsa-da, undagi «yorning» so’zi cho’zilib aytilish evaziga bir yarim hijo diapazoniga tenglashtiriladi va asosan, aytilish jarayonida satr 7 hijoli darajaga ko’tariladi. Bu to’rtlikda ham jonlantirish asosidagi parallelizm kompozitsion qurilmadir. Tong shamoli g’oyat yoqimli va samimiy ana’anaviy poetik obraz. Binobarin, u orqali yorga yo’llangan istakda ham shunday samimiyat bor. Shunday to’rtliklar borki, ulardagi qofiyalanish aaab tarzida bo’lgani holda dastlabki ikki satr 8 hijoli va keyingi ikki satr 10 hijoli bo’lishi mumkin:
Suv bo’yida turgan yigit, a 8
Qosh-u ko’zin suzgan yigit, a 8
Bilakuzugimni olgan yigit, a 10
Endi bergin bilakuzugimni. b 10
Shunday to’rtliklar borki, ularda har to’rttala satr ham o’zaro qofiyalanadi, aaaa tarzida:
Ro’molim bor oyguli, 7 a
O’rtasi choydish guli. 7 a
Akasi bergan puli, 7 a
Ukasiga choy puli. 7 a
«Puli» so’zi ikki ma’noda: birinchi o’rinda o’z ma’nosida — pul;
ikkinchi o’rinda «to’lov» ma’nosida bo’lganidan omonimik qofiyani
— tajnisni yuzaga keltirgan.