Reja: «Qo’shiq» istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy-kompozitsion belgilari



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə9/14
tarix11.04.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#96146
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1493285436 67972

Lirik qo’shiqlar. Xalq qo’shiqlari xazinasining asosini lirik namunalar tashkil etadi. Ular badiiy jihatdan yuksakligi, an’anaviyligi, omma o’rtasida keng tarqalganligi bilan alohida ajralib turadi. Lirik qo’shiqlarda lirik «men» umumiylik kasb etib, turmushni o’ziga xos poetiklashtiradi.
Lirika so’zi «lira» deb nomlanuvchi cholg’u asbobining nomidan kelib chiqqan. Lira cholg’u asbobining nomi esa, «semitcha kinnor— cinnor» so’zidan paydo bo’lgan. U afsonaviy Dovud payg’ambarning zamondoshi bo’lgan semitlar shohi Kinir bilan bog’liq. Qadimda lira chalib kuylash diniy marosimlarning tarkibiy qismi hisoblangan. Yunon mifologiyasida keltirilishicha, lirani birinchi marta jahon daraxtining analogi va marhumlar ruhini u dunyoga kuzatib boruvchi temirchilar ilohi Germes yasab, sigirlari evaziga Appolonga tortiq qilgan emish. Lirik qo’shiqlar, odatda, biror-bir muzika asbobi jo’rligida ijro etishga moslashgan. Bunda cholg’u asbobi ilhom chaqiruvchi vosita sanaladi.
Ommaviy janr bo’lgan lirik qo’shiqlarning asosiy mazmunini ishq-muhabbat motivlari, insonning ruhiy olami va ichki kechinmalarini tasvirlash tashkil etadi. Jumladan, oshiqning ma’shuqaga dil izhori yoki sevib sevilmagan oshiq yoki ma’shuqaning dil o’rtanishlari, muhabbatni baxtsizlik tomon olib boradigan feodal munosabatlaridan norozilik, turmushdan nolish, xotinlarning qiyin ahvoli, adolatsizlikdan shikoyat, vafodorlikni talab etish, visol onlariga intiqlik, hijron kulfatlari, yorni sog’inish, uning yo’liga intizorlik kaytiyatlari, bevafolikni qoralash, saodatli sevgi va turmushga intilish g’oyalari lirik qo’shiqlarda tarannum etiladi.
Lirik qo’shiqlarda sevgi-muhabbat chuqur iztiroblarga olib keladigan, qiyinchiliklar tug’diradigan davosiz, lekin qutlug’ dard sifatida ta’riflanadi. Lirik qo’shiqlarda boshga ishq tushganida insonning qanday ruhiy vaziyatlarga tushishi. qalbidan qanaqa o’y-kechinmalar kechishi, yorni kutish manzaralari, u bilan qayerlarda, qanday uchrashish holatlari, uchrashuv chog’idagi g’ayritabiiy harakatlari, ko’z-u qoshning, yuzning bu paytdagi ko’rinishlari o’ziga xos tarzda shunday ta’riflab va tavsiflab keltiriladiki, uni tinglagan har bir kishi qalbida chuqur hayajon va iliqlik paydo bo’lmay iloji yo’q.
Ayrim lirik qo’shiqlarda ayriliqdan, yorning bevafoligidan, shum tole’dan shikoyat qilinadi. Ko’pincha bunday qo’shiqlar yigitlar va qizlar tilidan kuylanadi. Ularda yordan yodgor bo’lib qolgan uzuk, ro’molcha kabi buyumlar tilga olinib, shu orqali yorni qo’msash, o’tgan shukuhli onlarni xotirlab o’rtanish, judolik sabablaridan nolish motivlari ifoda etiladi.
Lirik qo’shiqlar bir kishi yoki bir necha kishi tomonidan ijro etiladi. Ko’pincha mustaqil to’rtliklar shaklida uchraydi. Uning eng muhim tomoni shundaki, real voqelikni shaxsning (lirik qahramorming) subyektiv kechinmalari orqali aks ettiradi va faqat kuylash uchun yaratiladi. Kishi qalbida tug’ilgan his-tuyg’ularni muayyan obrazlar va predmetlar tasviri orqali badiiy ifoda etish jihatidan epik poeziyadan farq qiladi.
Lirik qo’shiqlarning asosini dardli mazmun, dono fikr va maftunkor musiqaviylik tashkil etadi. Og’zaki lirik qo’shiqlardagi kechinmalar umumiylik kasb etishi, ko’pchilikning kechinmalarini ifodalab kelishi jihatidan yozma adabiyotdagi lirik she’rlardan farq etib turadi. Link qo’shiqlar professional ijroga moslanmagan. Ularni istagan shaxs istalgan joyda ijro qilib ketaverishi mumkin. Shu xususiyatiga ko’ra lirik qo’shiqlar mustaqil janr sifatida tan olinadi. Lekin lirik qo’shiqlarni, odatda, matnni yaxshi biluvchi, hofizasi kuchli, yoqimli ovozga ega bo’lgan kishilar xalq o’rtasida kuylashi odat tusiga kirgan. Bunday shaxslar xalq orasida qo’shiqchi, ashulachi, hofiz yoki g’azalxon deb yuritiladi. Biroq bundan lirik qo’shiqlaming ijrosi professional ijrochiJar bilan bog’liq degan qat’iy fikrga kelib bo’lmaydi.
Lirik qo’shiqlar maishiy vaziyat, marosim yoki biror joy bilan bog’liq bo’lmagani bois ko’pincha vazifadoshligi jihatidan ularda ko’chish hodisasi yuz beradi. Bu esa, bu janrning uzoq muddat davomida mavjudligini belgilaydi.
Lirik qo’shiqlaming badiiyati boy va rang-barangdir. Ularda turli badiiy-tasviriy vositalar, ifoda usullari, turg’un ramzlar, go’zal tashbehlar serob. Ular o’z badiiyatiga ko’ra, epik yoki marosim poeziyasidan farqlanib turadi. Bu esa, lirik qo’shiqlarda shaxsiy kechinmalarni jonli va aniq ifodalash ehtiyojidan kelib chiqqan.
Parallelizmlar xalq lirik qo’shiqlarining batiiiy-kompozitsion asosini tashkil etadi. Ular qo’shiqni hayotga yaqinlashtirish bilan asosiy g’oyani tashuvchi so’nggi misralardagi fikrni tushunish, his etib olish uchun kayfiyat tug’diradi. Muvoziy (parallel) obraz mazmun va shaklda uyg’un keladi-da, zid tushunchalar, holatlarni lirik qahramonning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari orqali tasvirlashga imkon beradi:
Bug’doy soldim tegirmonning do’liga, Ikki ko’zim oshiq yorning yo’lida. Borib ayting oshiq yorning o’ziga, Kirmagay do’st bilan dushman so’ziga.
Sirtdan qaraganda, tegirmon do’liga bug’doy solishning keyingi satrlardagi fikrlarga aloqasi yo’qday. Lekin lirik qahramon shu xizmat bilan band bo’la turib, xayolan ma’shuqasini eslarkan, nogoh uning «do’st» bilan dushman so’zi»ni farqlamay, ahdidan qaytishidan ruhan ezilayotgani ifodalanadi. Bunda tegirmon do’liga solingan bug’doyning yanchilib maydalanishi holati oshiqning ma’shuqasini o’ylab, fikrining parokanda bo’lib ketishi hamda ma’naviy-ruhiy ezilishi holatiga muvoziy keltirilgan:
Lirik qo’shiqlarda qahramonning ruhiy kechinmalari turmush, tabiat va uning manzaralari, hodisalari bilan uyg’unlashib, qo’shiqni ta’sirli, jonli va hayajonli qiladi. Tabiat obrazi nisbatan turg’un bo’lgani uchun unga qiyos qilingan qahramon holatlarini yorqin gavdalantiradi.
Lirik qo’shiqlardagi ramzlar ularning haqiqiy mazmunini ochib berishda o’ziga xos kalit vazifasini o’taydi. Ularda o’simliklar, gullar va hayvonlar, qushlar, hasharotlar olami bilan bog’liq tarzda ibtidoiy insonning totemistik tasawur-tushunchalari negizida turli ramziy obrazlarga duch kelish mumkin. Olma, tol, behi, shaftoli, bodom, qizil va oq gul, g’oz, o’rdak, kaptar, ot, chumoli va hokazolar mana shunday keng tarqalgan ramziy obrazlardan hisoblanadi.
Aytaylik, shulardan birgina olma ramziy obrazining tarixiy ildiziga nazar solinsa, quyidagi manzarani kuzatish mumkin. Olma nafaqat lirik qo’shiqlarda, balki xalq ertaklari va dostonlarida ham muhim badiiy unsur vazifasini bajarib keladi. Chunonchi, Mamadali Ne’matovdan yozib olingan «Go’ro’g’lining tug’ilishi» dostonida Go’ro’g’lining onasi ariqda oqqan olmani yeb homilador bo’lgani sababli gunohkor sanalib, go’rga eltib tashlanadi. U shu yerda farzand ko’radi, o’g’li Go’ro’g’li nomini oladi. «Tohir va Zuhra» dostoni hamda «Zar kokilh yigit», «Xurshid bilan Laylo» ertaklarida sehrgar bergan olmalar yeyilgach, ular farzand ko’rishsa, «Oltin olma» ertagida oltin olmalar farzandlar bo’lib chiqadi. Ko’rinayotirki, o’zbek xalq ijodida olma farzand ramzi sifatida keng tarqalgan, har gal farzandtalab ota-onaga biror sehrgar yoki qalandar sovg’a qilgan olma yeilgach, zurriyod dunyoga keladi. Bu motiv qo’shiqda shunday ifodalanadi: Bozorga borsangiz yo’lingiz bo’lg’ay, Bir to’qqiz olmaga qo’yningiz to’lg’ay. Awal savdongiz qo’lro’mol bo’lg’ay, Qo’lro’mol bo’lmasa-savdongiz qurg’ay. To’rtlikda «bozor, olma, qo’lro’mol» - ramziy badiiy obrazlar bo’lib, «bozor»- sevgi munosabatlarini reallashtiruvchi semantik ma’no tashisa, «qo’lro’mol» - oila timsolini anglatadi. Demak, sevib-sevilganda qo’lro’molga ega bo’lish mumkin, shunda «to’qqiz olmaga» - to’qqiz farzandga «Qo’yinni to’ldirish» imkoni tug’iladi. «Bozor»da shu «savdo» pishmasa, demakki, sevib-sevilish sodir bo’lmasa, barcha urinishlar bekor «qurg’ay».
Xalq qo’shiqlarida «olma otish»detali ham ko’p qo’llanuvchi ramziy ma’noga ega. Etnograf G.P.Snesarev Xorazmda olib borgan kuzatishlari jarayonida «Qizil gul sayli»da yoshlar olma otish asosida yor tanlashganini, hatto ramazonning ikkinchi kunida bo’y yetgan yigit-qizlar o’rtasida «olma otish» marosimi o’tkazilajagi haqidagi ma’lumotlarni keltiradiki, bunday marosimning badiiy tasviri «Masturaxon» ertagida ham uchraydi. Jumladan, quyidagi to’rtlikda qizning otasi sevmaganiga majburan uzatganidan norbzilik tuyg’usi shunday ifodalanadi:
Olma deb otgan otam,
Behi deb sotgan otam.
Sevmaganimga berib,
Jabrini tortgan otam. To’rtlikda muhtojlikdan yosh qizini oltin - «behi»ga pullab, so’ng pushaymon qilgan ota iztiroblari tasvirlangan.
Xalq qo’shiqlarida olma yeyish visolni, emaslik —hijronni anglatadi:
Boqqa kiring olma-uzum yesangiz,
Uyga kiring chindan meni desangiz.
Jonimni beraman meni desa yor,
O’ng’oya kelganda o’ynab kulsangiz. Shu sababli «olmali bog’ga» kirib «shaftoli» yemoq-xiyonat qilmoqdir. Bunda «olma»-vafodorlikni anglatuvchi ramziy ma’no kasb etsa, «shaftoli» unga zid bo’lgan «qalbaki sevgi» ma’nosini ifodalaydi, natijada «olma» va «shaftoli» -bir-biriga qarama-qarshi poetik ma’nodagi obrazlar darajasida talqin qilinadi:
Olmali bog’ga kirib,
Shaftolini yermu kishi?!
O’z yori uyda turib,
Begonani dermu kishi?! Qolaversa, «olma guli» poetik obrazi ham «Qalbaki sevgi» ma’nosini ramzan ifodalaydi:
Olma guli - gul emas,
Taqsam chakkamda turmas.
O’zganing yori — yor emas,
Bir pas yoningda turmas. Xalq e’tiqodida olma chuqur iz qoldirganidan nafaqat meva shak-lida, hatto olmaning atributlari sanaluvchi «guli va bargi» singari detallari orqali ham rang-barang poetik ma’nolami ifodalovchi ramziy obrazlar yaratganki, bunday holatni yuqorida sanalgan boshqa ramziy obrazlar talqinida ham kuzatish mumkin.
Link qo’shiqlarda turli ranglar, tog’, suv, ayrim predmetlar (ro’mol, chilim kabi), inson qiyofasiga xos detallar ham o’ziga xos ramziylik hosil qilib keladi.
Qadimgi ajdodlarimizning totemistik, animistik, shomonlik, magiya, hosildorlik va olov, suv kultlariga ishonchi bilan bog’liq mifologik dunyoqarashi lirik qo’shiqlardagi an’anaviy ramziy obrazlarning genetik asosini tashkil qilgan. Lirik qo’shiqlarda intim-erotik kayfiyatlarni ifodalashda, asosan, poetik ramzlarning xizmatini alohida ta’kidlash joiz.
Lirik qo’shiqlardagi ramzlarda ifodalangan ma’no tovlanishlarini aniqlamay turib, qo’shiqning asl mazmun-mohiyatini tushunib bo’lmaydi. Ularda o’xshatishlar va sifatlashlar ham alohida o’rin tutadi. Binobarin, ma’shuqaning chehrasini - oyga, quyoshga, gulga; ko’zini — yulduzga, qaddini — sarvga, shamshodga; sochini — sunbulga, tunga; labini - g’unchaga, la’lga; tishini inj-u marjonga o’xshatish an’ana tusiga kirgan.
Lirik qo’shiqlarda ma’shuqaning ta’rif-u tavsifini, boshqalarga o’xshamasligini, dilbarligini ta’kidlash uchun sifatlashlardan foydalaniladi:
Xipcha belli sanamlar,
Ishqida yondiradi.
Tori tarang dutordek,
Yigitni toldiradi. Qo’shikda go’zal yorning xipcha belligini ta’kidlash bilan uning nihoyatda jozibadorligi va yoqimtoyligiga urg’u berilmoqda. Qizlarning iffatli va tortinchoqhgi esa tori tarang tortilgan dutorga o’xshatilmoqda. Bunday dutorning ovozi jarangli bo’lganidek, xayoli va tortinchoq qizlarning ovozasi ham elga taraladi. Ularning ko’nglini topish oshiq uchun oson kechmaydi. Qo’shiqda ana shu hayotiy mantiqni ochib berishda sifatlash va o’xshatishning bir-birini to’ldirib kelishi qulay imkoniyat yaratgan.
O’zbek xalq lirik qo’shiqlarida istiora (metafora), metonimiya, mubolag’a, kichraytirish, jonlantirish kabi san’atlardan ham unumli foydalanilgani kuzatiladi. Ular lirik qo’shiqlarning g’oyaviy-badiiy asoslarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Xalq lirik qo’shiqlarida poetik mazmun juda sodda va lo’nda bayon etiladi. Bunga ko’pincha ularning boshida, o’rtasida takrorlanib keladigan bir qator so’z, ibora va misralar yordam beradi. O’zbek xalq qo’shiqlarida «Qizilguling qatma-qat», «Daryolarning u! yuzida», «Qoshingning qarosi», «Havodagi yulduzlar», «Yuqoridan men kelarman» kabi o’xshash va tayyor misralar ko’p uchraydi. Bunday an’anaviy tayyor misralar qo’shiqning tez yaratilishi, yodlab olinishi va tez tarqalishiga, she’r shaklining sodda bo’lishiga olib keladi.
Ba’zi link qo’shiqlarda qahramonning ruhiy kechinmalari ijtimoiy motivlar bilan teng qo’yilib ifoda etilgan. Ularda link qahramonning ijtimoiy tuzumdan noroziligi, adolatsizlikka qarshi qalb isyoni, pul va mol-dunyo ilinjida nozik va noyob insoniy tuyg’ularning toptalishi, qizlarning qari chollarga, oila a’zolarining nochorlikdan, qashshoqlikdan qutulish ilinjida sevmagan kishisiga turmushga uzatilishidan shikoyati juda ta’sirchan ifoda etiladi.
O’zbek xalq link qo’shiqlari, kompozitsion tarkibi jihatidan, asosan, ikki xil shaklda yaratiladi:


  1. Yüklə 73,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin