Reja: «Qo’shiq» istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy-kompozitsion belgilari



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə13/14
tarix11.04.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#96146
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1493285436 67972

Tarixiy inqilobiy qo’shiqlar XX asrning boshlarida yuz bergan tarixiy o’zgarishlar munosabati bilan yaratilgan. «Xon zulmi», «Xonavayron bo’lsin Xivaning xoni», «Boshing kesilsin-u, qoning to’kilsin» kabilar bu xildagi qo’shiqlarning eng yaxshi namunalaridir. Bu qo’shiqlarda Xiva xoni Isfandiyor hamda u boshliq hukmron tabaqa vakillarining zo’ravonligi, maishiy buzuqligi, shafqatsizligi va insofsizligi fosh etilib, ularga nisbatan xalqning qahr-g’azabi, cheksiz nafrati ifoda etilgan:
Isfandiyor, zolimliging biftiirding, Non o’rniga kunjarani yedirding, Kambag’alni qiynab. boyni kuldirding, Haddan oshding, zolim, yoning so’kilsin, Boshing kesilsin-u, qoning to’kilsin.
Qo’shiqda xalqning xon zulmidan xo’rlik chekayotgani, nochor turmush kechirayotgani bayon qilinib, xonga nisbatan qarg’ish aytilmoqda.
Tarixiy voqea-hodisalar va shaxslarga bag’ishlangan qo’shiqlarga xalq hayotida o’chmas iz qoldirgan biron-bir tarixiy voqea-hodisalar yoki shaxslar faoliyatining ayrim qirralari, tarixda ko’rsatgan u yoki bu darajadagi xizmatlari madh etiladi. Ijodkorlar bunday qo’shiqlarni yaratishda aniq dalil va hujjatlarga asoslanganlar. Qo’shiq qahramoni o’z hayotiy prototipiga ega bo’lgan. Masalan, 1916-yildagi mardikorlikka olish voqeasi munosabati bilan yaratilgan «Ming la’nat», «Nikolay qon jallob» kabi qo’shiqlar bunga misol bo’la oladi. Bu qo’shiqlarda oq podsho Nikolayning qonxo’r va zolimligi, bosqinchi va zo’ravonligi; Saidahmad ismli mahalliy amaldor-mingboshining muteligi, poraxo’rligi, adolatsizligi, o’z mansabidan ayrilmaslik uchun oqposhshoga yaltoqlanib xizmat ko’rsatish evaziga mahalladoshlariga ozor yetkazishi ochib tashlangan. Ulaming shaxsi xalq tomonidan qattiq qoralangan.
Saidahmad noming baland, Nomingdan ham toming baland. Yigitlarga qo’l qo’ygan, Padaringga ming la’nat.
Saidahmad mingboshi. Lekin uning nomi ulug’, xolos. Xalq uni hurmat qilmaydi, balki la’natlaydi, qarg’aydi. Negaki, u shu mansabini saqlab qolish ilinjida. Xalq farzandlarini oqposhsho buyrug’iga muvofiq chor Rossiyasi o’rmonlarida qahraton qishda qarag’ay kesgani mardikorlikka jo’natish ishida bosh-qosh bo’lgan. Buning evaziga u xalq orasida yaxshi nom orttirmasa-da, mo’maygina daromad, boylik, «baland tomli uy-joy» orttirgani kinoya bilan aytib o’tilmoqda.
Tarixiy shaxslarga bag’ishlangan qo’shiqlarda qahramonning nasl-nasabi badiiy aks ettirilmaydi, balki ular bajargan ishning ijtimoiy mohiyati madh etiladi. Ularda tasvirlanayotgan shaxsning jismoniy kuchi haddan ortiq mubolag’alashtirib bayon etiladi.
Xalq hayotida o’chmas iz qoldirgan tarixiy voqea-hodisalar yoki dalillar sodir bo’lsa, tarixiy qo’shiq janri o’zining hayotiy faolligini ham yaratilish, ham ijro jarayonida kuchaytirgan. Shu zaylda monumental epos (doston) o’rnini egallab, mazkur jamming so’na borishini tezlashtirgan.
Xullas, o’zbek folklorining ham ko’hna, ham navqiron, mustaqil janri bo’lgan tarixiy qo’shiqlar o’z tarixiga va badiiy taraqqiyotiga egaligi bilan alohida diqqatga sazovor.
Tenna. Terma - o’zbek folkloridagi mustaqil janrlardan biri. U, asosan, baxshilar tomonidan yaratiladi va ijro qilinadi. Terma baxshining individual (yakka) ijod mahsuli hisoblanadi. Ular sozli ijroga mo’ljallangan. Hajmi 10-12 misradan 150-200 misragacha, ba’zan undan-da ortiq bo’lgani bois Iiro-epik asar hisoblanadi. Ko’pincha pand-nasihat, odob-axloq, soz va so’z haqida yaratilgan bo’ladi. Lekin ba’zi termalarda ijtimoiy hayotdagi turli hodisalarga munosabat bildirish, shaxs va jonivorlarning ta’rifi yoki tanqidi yetakchilik qiladi.
«Terma» so’zi lug’aviy jihatdan «termoq» ma’nosini anglatsa, istilohiy ma’noda terib aytmoq, tanlab termoq ma’nolarida bo’Ub, xalq qo’shiqlari silsilasidagi mavzu mohiyatiga ko’ra bir-birini to’ldiradigan uchlik, to’rtlik, beshlik va oltilikdan iborat bandlami kompozitsion jihatdan bir tizimga yaxlitlashtirish asosidagi lirik yoxud xalq dostonlari ijrosi oldidan baxshining o’z repertuariga poetik ekskurs qilishi asnosida badihatan tug’ilgan biografik yoki avtobiografik, ayrim hollarda didaktik xarakterdagi epik qo’shiq namunasi.
Terma xarakteridagi lirik qo’shiqlardan tashqari terma nomi bilan yuritiluvchi xalq kuylari ham borki, uni o’zbek musiqiy folklorining mustaqil janri sifatida o’rganish mumkin. Faqat termalarni ijod va ijro etuvchilarni termachi va termakash nomi bilan yuritish an’anaga aylangan. Shunday qilib, A.Musaqulovning ta’rificha: «Xalq termalari dostonchi va termachilar tomonidan yaratiladigan, badiha tarzida ijro etiladigan, lirik va epik turga mansub, kompozitsion jihatdan bir necha tipga bo’linadigan, g’oyaviy-badiiy, tarbiyaviy, baxshi tayyorlash, axborot berish, dostonchini doston aytishga, tinglovchilarni doston tinglashga hozirlash vazifalariga ega, muzika bilan munosabati barqaror bo’lgan xalq qo’shiqlari» hisoblanadi.29
Termalarningjanriy xususiyatlari, awalo, bajaradigan vazifalarida namoyon bo’ladiki, bular quyidagilardan iborat:
l.Termalardostonlarga kirish vazifasini bajaradi. Bunda dostonchi doston aytishga kirishmoqdan oldin repertuferiga murojaat qilarkan, tinglovchilarni doston tinglashga tayyorlash masalasini hal qiladi.

  1. Termalar dostonchi-shogird tayyorlash masalasini ham hal qiladi; boshda shogirdni u yoki bu terma, u yoki bu dostondan parchani yodlab aytish orqali mahorati va iste’dodini tarbiyalab boradi.

  2. Termalarning axborot beruvchanlik vazifasiga ko’ra, terma dostonchi repertuaridagi asarlar haqida ma’lumot beradi. Tinglovchilar esa, dostonlardan qay birini eshitish istagini bildirsalar, baxshi o’sha asarni ijro etishga kirishmog’i shart. Termaning doston terish yoki doston tanlashdan iborat mohiyati ana shu bilan belgilanib, bu xildagi termalar «Nima aytay» yoki «Kunlarim» hamda to’y maqtoviga bag’ishlovlar shaklidadir.

Termalar yaratilish davriga hamda g’oyaviy-mavzuviy xususiyatlariga ko’ra qator ichki turlarga bo’linadi.
Yaratilish tarixi jihatidan termalar ikki xil bo’ladi: an ‘anaviy va zamonaviy.
An’anaviy termalarga o’tmish voqealariga munosabat, doston qahramonlari geografiyasi, xalqning axloqiy qarashlari ko’pincha tarannum etiladi. Zamonaviy termalarda esa, yangicha turmush voqeliklari, unga baxshining munosabati kuylanadi.
Doston tanlash va tinglovchilarni uni tinglashga tayyorlash maqsadida kuylanadigan termalar g’oyaviy-mavzuviy yo’nalishiga ko’ra quyidagi ichki turlarga bo’linadi:
1. Doston boshlanmasdan oldin baxshi auditoriya diqqatini o’ziga
tortish, tinglovchilarda doston eshitishga muayyan kayfiyat tug’dirish
uchun kuylaydigan «Nima aytay» termalari. Bular eng ko’p tarqalgan
termalar bo’lib, uzun-qisqaligi baxshi dostonchilik repertuarining hajmiga
bog’liqdir. Chunki uni kuylash jarayonida baxshi o’z repertuarmi bayon
etadi, muayyan doston va uning qahramoni faohyatiga xos qiziqarli
o’rinlarni tinglovchilar yodiga tushiradi. Masalan:
Avazning bir yo’li Gulixiromon, Shunga ham buyurdi Go’ro’g’li sulton, Qabul qildi o’n oltida Avazxon, Xiromondan aytayinmi, qadrdon?
2. Avtobiografik termalar ham mazkur janrning kattagina qismini
tashkil qiladi. «Do’mbiram», «Dutorim», «Kunlarim» kabilar bularning
yorqin namunalaridir. Avtobiografik termalarda baxshilar o’zlarining
do’mbira, dutor yoki qo’biz soziga murojaat qilib, shu orqali
hayotlarining ayrim lahzalarini, repertuarlarining ba’zi bir
xususiyatlarini ta’riflab kuylaydilar. Ular ba’zan hazil-mutoyibaga
yo’g’rilgan ham bo’ladi:
Sozanda bekordir— sozi bo’lmasa, Ovchilik bekordir—tozi bo’lmasa, Qiz, kelin bekordir — nozi bo’lmasa, Yigitlik bekordir— yori bo’lmasa, El ichida obro’ topgan do’mbiram. Termada baxshi do’mbiraning ilhom manbayi, yaqin ko’makdosh ekanligini, u orqali el ichida obro’-e’tibor qozonganligini alohida ta’kidlamoqda. «Do’mbiram» termalaridagi ushbu sozning qadimiyligini, afsonaviy tarzda kelib chiqqanligini bildiruvchi misralar, ayniqsa, ta’kid va e’tibor bilan kuylanadi:
Bu kosangni Cho’pon ota o’yg’ondir, Qopqog’ingni Zangi bova qo’yg’ondir. Bu toringni Moma havo eshgandir, Qulog’ingni noumid shayton teshgandir. Misralarda nomlari ta’kidlanayotgan Cho’pon ota va Zangi bovalar aziz avliyolardan bo’lsa, Moma havo va shayton mifologik personajlardir. Shu nomlar orqali do’mbiraning kelib chiqishi afsonaviylashtirilgan. Darhaqiqat, do’mbiraning kelib chiqishi haqida xalq orasida bir necha variantdagi afsonalar keng tarqalgan bo’lib, ularda do’mbirani Odam Ato bilan Moma havo yasagani, keyin uni shayton o’g’irlab, unga quloq qo’ygani epik bayon etiladi. Termaga ana shu epik motiv singdirib yuborilgan.
3. Biografik tennalar - xalq dostonlari qahramonlarining tilidan
aytilgan yoki ularning maqtoviga bag’ishlangan bo’ladi. Keksa
Go’ro’g’li tilidan aytilgan «Kunlarim» termasi bunga misol bo’la
oladi. Termada keksaygan Go’ro’g’lining o’z o’tmishiga nazar
tashlashi baxshi tomonidan talqin etiladi. Terma boshlanishida baxshi
«Go’ro’g’li» turkumiga kiruvchi har bir doston voqealariga chiroyli
bir ishora qilib o’tadi-yu, shundan so’ng xalqparvar, mard Go’ro’g’li
va uning bosib o’tgan hayot yo’lini tinglovchi ko’z o’ngida
gavdalantirib boradi. Bunda baxshi faqatgina Go’ro’g’lining hayot
va kurash yo’lidagi quvonchu shodliklarini, hasrat va alamlarini,
armonlarini ifoda etish bilan cheklanib qolmasdan, shu orqali
o’tmishdagi jamiyat illatlarini ham ochib tashlaydi.
Biografik termalarning eng yaxshi variantlari Ergash shoir va Fozil shoirdan yozib olingan. «Bormi jahonda?», «Armoning qolmasin», «Armonim qolmadi», «Go’ro’g’li», «Go’ro’g’libek-zo’r botir» kabi biografik termalar xalq orasida mashhurdir.
4. Didaktik termalar. Yaxshilik, adolat, mardlik, to’g’rilik, insoniylik
kabi oliy axloqiy fazilatlarni tarannum etishga, ba’zi kimsalarda
uchraydigan qo’rqoqlik, baxillik, hasadgo’ylik, pastkashlik, dangasalik
kabi kirdikorlarni qoralashga qaratilgan termalar bunga misol bo’ladi.
Har narsadan suxan qimmat, yoronlar, Yaxshi so’zni qiling hurmat, yoronlar. Vaqtingizning qadrin bilib o’tkazing, Baridan Shu dam g’animat, yoronlar. Bu dunyoda shirin, do’stlar, tiriklik, O’z tengiyiz bilan suhbat, yoronlar. Yaxshiga yonashib odam ayiring, Har nokasga bo’lmang ulfat, yoronlar.30 Ergash Jumanbulbul o’g’li repertuaridagi ushbu didaktik termada kishilarni yaxshilik sari undash hamda ezgu so’zni va vaqtni qadrlashga, umr deb berilgan sanoqii fursatning qadriga etib, uni mazmunli o’tkazishga da’vat etish g’oyasi yetakchilik qiladi.
Ko’pincha atoqli turkman shoiri Maxtumqulining pand-nasihat ruhida yozilgan she’rlari xalq orasida didaktik terma sifatida kuylanib kelingan.
Hatto uning ta’sirida Islom shoir, Umir Safar o’g’li va bir qator Xorazm baxshilari ham didaktik termalar yaratganlar. Didaktik termalarning ayrimlari satirik xarakterda bo’lib. ularda tekinxo’r boylar, yolg’ondan dinni o’ziga niqob qilib olib, yaramaslik bilan shug’ullanuvchi kimsalar fosh etiladi.
XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida avtobiografik va biografik termalar ta’sirida yangi dostonlar ham yaratildi. Masalan, Ergash Jumanbulbul o’g’lining «Tarjimayi hoi», Fozil Yo’ldosh o’g’li, Saidmurod Panoh o’g’li, Abdulla shoirlarning «Kunlarim» termalari haqida Shunday deyish mumkin. Bu esa shuni ko’rsatadiki, terma janri shu darajada keng imkoniyatga egaki, unga mos mazmun topilsa, shu she’riy shakldan foydalanib, yangi epik asar yaratsa bo’ladi. Bunday holatni o’zbek baxshilarining ijodi misolida bemalol kuzatish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar






  1. Yüklə 73,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin