Reja: «Qo’shiq» istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy-kompozitsion belgilari



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə7/14
tarix11.04.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#96146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
1493285436 67972

Yorg’ichoq qo’shiqlari. Yorg’ichoq qo’l tegirmoni bo’lib, u suv va shamol tegirmonlari kashf etilmasdan oldin paydo bo’lgan. Uni qo’l yordamida aylantirganlar. Yorg’ichoq aylantirish-og’ir va unumsiz ish. Bu ishni, asosan, ayollar bajarishgan. Shu sababli yorg’ichoq qo’shiqlarining ijodkorlari ham ayollar hisoblanadilar.
Yorg’ichoq qo’shiqlarida kun bo’yi yorg’ichoq tortishning jismoniy va ma’naviy mashaqqati, og’ir toshni aylantirish ayol kishi uchun naqadar qiyin ekanligi, binobarin, tegirmonning undan afzalligi, ayollarning turmush tashvishlari mungli nidolar bilan kuylanadi.
Yorg’ichoq qo’shiqlari barmoq vaznida, to’rtliklar shaklida yaratiladi. Ko’pincha 7,11,12 hijoli tizimda uchraydi. Mavzu doirasi keng, qofiyalanishida ham rang-barangiik ko’zga tashlanadi.
Yorg’ichoq qo’shiqlarining ayrim namunalari satirik xarakterda yaratilganligi bilan diqqatni tortadi:
Yorg’ichog’im guldur-guldur, Bo’g’zing to’la oppoq undir. Boy boboning xonadoni Ikkimizni yedur-yedur. Qo’shiqda boy-zodagonlarning xasisligi, tekinxo’r va ochko’zligi keskin fosh etilmoqda.
Hozirgi paytda yorg’ichoqdan foydalanilmayotgani bois unga aloqador qo’shiqlar ham kuylanmay qoldi.
Hunarmandchilikka aloqador qo’shiqlar. Hunarmandchilik kasbi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish davrida, ov hamda boshqa mehnat qurollarini yasashga nisbatan ehtiyojning tug’ilishi tufayli paydo bo’lgan. hunarmandchilikning paydo bo’lishi shahar hayotining taraqqiy etishi bilan ham bog’liq. Hunarmandchilik mahsulotlarini sotish esa yana bir mehnat turi - savdo-sotiqni ham keltirib chiqargan. Hunarmandchilik ishlarini bajarish jarayonida kuylanilgan qo’shiqlar hunarmandchilik qo’shiqlari deb yuritiladi. O’zbek xalq hunarmandchilik qo’shiqlari orasida charx yigirish, urchuq yigirish, o’rmak o’rish, kashta, to’n tikish, gilam, bo’z to’qish bilan bog’liq qo’shiqlar asosiy o’rin tutadi. Shular orasida ip yigirish, kashta, do’ppi, to’n tikish, gilam to’qish kabi mehnat turlarini, asosan, ayollar bajargan. Shu bois bu jarayonda aytiluvchi qo’shiqlarni ham xotin-qizlar yaratib, ijro etishgan.
Hunarmandchilik qo’shiqlarida hunarmandlaming og’ir turmush tarzi, mashaqqatli mehnat sharoiti, ruhiy olami o’z aksini topgan. Ularni to’quvchilik va tikuvchilik qo’shiqlari tarzida ikki katta guruhga boiish mumkin.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin