Reja: «Qo’shiq» istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy-kompozitsion belgilari



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə8/14
tarix11.04.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#96146
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1493285436 67972

To’quvchilik qo’shiqlarida, asosan, xomashyoni tayyorlash va shu jarayonni amalga oshiruvchi mehnat qurollari ta’rifi yetakchi motivga aylangan. Ip yigirish va bunda charxning, jundan ip tayyorlash va bunda urchuqning vazifasi, shuningdek, bevosita bo’z, to’r, gilam va sholcha singarilarni to’qish jarayonlariga aloqador mehnat mashaqqatlari ifodalangan.
Charx qo’shiqlari to’quvchilik qo’shiqlari silsilasida keng tarqalgan bo’lib, ularda ip yigirish quroli bo’lgan charxning tavsifi, charx yigirishning mashaqqati, charx yigirmasa, tirikchilikning o’tmay qolishi, charx yigiruvchi ayolning o’z mehnati samarasidan bahramand bo’lish orzusi, zolim er va qaynonadan, ko’pincha kundoshlikdan nolish motivlari kuylanadi: Bir charxim bor shaqqildoq, Qaynonam o’lsin-qaqqildoq.
Oftob chiqsa — bit qoqar,
O’g’li kelsa — gap chaqar. Qo’shiqda charxning bir xildagi yoqimsiz, zeriktiruvchi, boshni og’ritadigan ovozi zolim qaynonaning ta’na-dashnomlari bilan bejiz tenglashtirilmagan. Chunki ularning har ikkalasi ham kelinchakni juda toliqtiradi. Qaynonaning g’iybatdan iborat mayda gaplari bitga o’xshatilmoqda. Chunki u ham bit kabi kishi badanida dard uyg’otadi. Xullas, charx qo’shiqlarida ko’pincha o’tmish ayollarining turmush tarzi, dard-alamlari ifoda etiladi. Ular mehnat ritmiga mos cho’ziq va mungli shaklda ijro qilinadi.
Bo’zchi qo’shiqlari. O’tmishda turli matolarga bo’igan ehtiyoj faqat qo’l mehnati orqali, oddiy to’qish dastgohlari vositasida qondirilgan.
Bo’z to’qish dastgohlari zax va qorong’i hujralarda joylashgan. Bo’z to’quvchini bo’zchi deb aytganlar. Bo’z to’qish nihoyatda qiyin yumush bo’igan. Bo’z to’qish uchun kecha-kuhduz dastgohlar oldidan jilmay ishlashga to’g’ri kelgan. Shundpy qiyinchilikni yengish, charchoqni unutish maqsadida bo’zchilar ko’plab qo’shiqlar yaratganlar. Bunday qo’shiqlami bo’zchi qo’shiqlari deb yuritishgan. Bo’zchi qo’shiqlarida unumsiz va mashaqqatli bo’igan bo’z to’qish mehnatining qiyinchiligi. bo’zchi bozorining kasodligi, to’quvchilarning oilalaridagi muhtojlik va qashshoqiik xususida kuylanadi:
Go’sht ololmay, gurda olgan bo’zchi,
Qiz ololmay beva olgan bo’zchi.
Munchalar shildirab o’tar nochasi,
Qip-qizil sholg’omga o’xshar pochasi. Lekin qo’shiqlarning ayrimlarida bo’zchining o’z mehnati samarasidan quvonchi, zavqi ham tarannum etilgan. Ba’zi to’rtliklarda bo’zchi o’z dastgohiga, ayniqsa, unda asosiy vazifa bajaruvchi detal-mokiga murojaaat qilib, uni ishni to’xtovsiz davom ettirishga undaydi:
G’ar-g’ara undan yuqori,
Sinacho’p uning no’kori.
Hoy-hoy, ustamning do’koni,
O’tgin, qora mokim endi. Hozirgi paytda mato to’qish ishlarining texnik jihatdan avtomatlashtirilishi oddiy to’qish dastgohlarini siqib chiqarmoqda. Shundanmikin, bo’zchilar qo’shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda.
Urchuq qo’shiqlari. Urchuq jundan ip yigirish asbobi bo’lib, o’tmishda gilam, shol va boshqa jun matolami tayyorlashda o’sha jun ipdan foydalanilgan. Urchuqda ip yigirish, asosan, xotin-qizlar mashg’uloti sanalgan. Bunday qo’shiqlarda urchuqda ip yigirish mehnatining badiiy tavsifi berilgan. Urchuq yigiruvchi qizning ip yigirishdagi mahoratini ko’rsatish uchun nozik muqoyasalar qilinadi. Chunonchi, urchuq yigirayotgan qiz to’qigan ip ham nozik va pishiqligi jihatidan o’rgimchak to’qigan ipdan qolishmaydi. U urchuqda ipni sira uzmay, bir tekisda to’qishni san’at darajasiga ko’targan. Shu sababli u urchuqqa shunday murojaat qiladi:
Burayin qo’lim bilan,
Gurillab aylan, urchug’im.
Ipginam cho’zilmasin,
Ko’ngillar buzilmasin,
Ertasiga o’rmakda
Ipginam uzilmasin. Urchuqda yigiruvchi qiz o’zi yigirgan ipidan «ertasiga o’rmakda» nima tayyorlanishini sira unutmay ter to’kadi, zero, u shu ipdan puxta va pishiq qilib tayyorlanadigan matoh sifatiga nisbatan o’zining mas’ulligini sira unutmagan. Shu sababli «ipginam uzilmasin» deya shijoat bilan ip yigiradi. Lirik qahramon ana shunday kechinmalar bilan yashaydi.
O’rtnak qo’shiqlari. Xalqimiz orasida keng tarqalgan hunarlardan biri gilam, sholcha to’qish, ya’ni o’rmak o’rishdir. Shu jarayonda ijro etilgan qo’shiqlar o’rmak qo’shiqlari deb yuritiladi.
Gilam va sholcha to’qish bo’z to’qishdan ham og’ir va mashaqqatli bo’igan. U kishidan katta sabr-toqatni va matonatni talab qilgan.
O’rmagimni to’qiyman,
Kecha-kunduz to’qiyman.
Qachon tamom bo’lur deb
Ashulalar to’qiyman... O’rmak qo’shiqlarida to’quvchilarga g’ayrat tilash, ularni tezroq ishlashga da’vat etish motivlari yetakchilik qiladi.
Tikuvchilik qo’shiqlari xalqimizning uzoq asrlar davomida shakllangan tikish-bichishga aloqador an’analarini ifodalaydi. Ular, aksar hollarda, tikiiadigan kiyimlaming turlari va ularga daxldor e’tiqodlarga qarab ichki xilma-xillik hosil qilgan. Shu sababli bir kiyimga atalgan namunasi boshqa kiyimni tikayotganda aytilmaydi. Shu zaylda bir-biridan farq qiluvchi kashtachilik, do’ppido’zlik, to’ndo’zlik, zardo’zlik va boshqa turkumlarga mansub qo’shiqlar paydo bo’lgan.
Kashtachilik qo ‘shiqlari. O’zbek kashtachiligi dunyoda mashhur. Xalqimiz bu hunar bilan juda qadim zamonlardan beri shug’ullanib keladi va uni san’at darajasiga ko’tarishga erishgan. Kashtachilikning bir necha turlari mavjud. Bular bostna, jimalay, sanama, ilma deb yuritiladi. Ularning har biri kashtachidan alohida mehnat va mahoratni, bilim va qobiliyatni talab etadi.
Kashta tikish bilan ayollar shug’ullanishadi. O’tmishda har bir qizdan kashta tikishni bilish talab etilgan. Chunki u o’z sepini o’zi tikkan kashtalari bilan to’ldirishi lozim sanalgan. Kashtaning turiga qarab, uni tikkan qizning qandayligiga, fe’1-atvoriga, qobihyatiga baho berishgan va bu hoi kashtachilik qo’shiqlarida o’z ifodasini topgan:
Bosma tikkan botir qiz,
Jimalay tikkan chevar qiz.
Sanama tikkan sardor qiz,
Lima tikkan ilgir qiz. Kashtachilik qo’shiqlarining ayrim namunalarida u yoki bu kashta turi tavsiflanadi . Uning qanday tikilishi ta’kidlab o’tiladi:
Lima tikdim, ilib-ilib,
Tomosha aylang yonimga kelib.
Yoki:
Bosma tikar botirib,
Issiq suvga qotirib.
Jimalayni tepib tikar,
Ko’z nurini selday to’kar. Tikuvchilik ishlari orasida kashta tikish to’n, ko’rpa, ko’ylak kabi narsalarni tikishga qaraganda bir muncha qiyin va mas"uliyatlidir. Bu kashtachilik qo’shiqlarida alohida tilga olib o’tilgan:
Jomovdi jonli tikadi,
To’rmagin egri tikadi.
To’n tikish, ko’rpa tikish -
Uni ko’r ham tikadi. Hozirgi paytda kashtachilik san’ati milliy qadriyatlarimizdan biri sifatida nihoyatda qadrlanadi. Uni yanada rivojlantirish, kashtado’zlikni rag’batlantirish uchun qator chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Har yili kashtachilarning an’anaviy ko’rik-tanlovlari o’tkazilib turilibdi. Eng yaxshi kashtado’zlar uchun maxsus sovrinlar tashkil etilmoqda.
Kashtachilik qo’shiqlari barmoq vaznining 7-8 hijoli tizimida yaratilib, ko’pincha a-a-b-a va a-a-a-a shaklida qofiyalangan. Bunday holatni do’ppido’zlik va to’ndo’zlik qo’shiqlarida ham
kuzatish mumkin.
Do ‘ppido ‘zlik qo ‘shiqlarida bosh kiyimni e’zozlash Vatan va yorga sadoqat motivlariga ulanib ketadi:
Do’ppi tikdim childirma,
Cho’p-u xasga ildirma.
Yurtingni chindan sevsang,
Dushmaningga bildirma. To ‘ndo ‘zlik qo ‘shiqlarida link qahramonning kasbga muhabbati, yorga muhabbat tuyg’usiga singishib, o’zgacha joziba kasb etgan:
Banorasdan to’n tikay,
Oldiga po’pak tutay.
Yoqasiga gul solay,
Arabiyning xatiday. Yuqorida keltirilgan to’rtliklarning dastlabkisida do’ppido’zlik hunariga xos «childirma» usuli eslatilib, childirmali tikilgan do’ppini «хог-u xasga ildirmaslik» - xor qilmaslik, demakki, ozoda tutish yurtga bo’lgan sevgini ham pokiza tutib, dushmanga sezdirmaslik holatiga muvoziy keltirilsa, ikkinchisida banorasdan tikiiadigan to’n ta’rifi yetakchi motivga aylangan, eng muhimi, ikkala holatda ham lirik qahramonning kasbga munosabati nafosatga yo’g’rilgan yo’sinda ifodasini topgan.
Sarboz qo ‘shiqlarida esa o’tmishdagi amirlik navkarlarining nojo’ya xatti-harakatlaridan norozilik kayfiyati yetakchidir:
Karmana yurtidan chiqdim dalaga,
Bir to’da sarbozdan qoldim baloga.
Bir to’da sarbozga gel berib qochdim,
Buxor darvozasin nayzalab ochdim.
O’zbek xalq mehnat qo’shiqlari juda boy va jam e’tibori bilan
rang-barang bo’lib, ular orasida qandolatchilik va pazandachilikm
ifoda etuvchi namunalar ham bor. Chunonchi, taomlarimiz sultoni
sanaluvchi palov ta’rifidagi mana bu qo’shiq hamon el og’zidan
tushmay kelayotir:
Damla palovni, dam esin,
Tortgin olovni, dam esin,
Bepul odamlar g’am esin,
Tekin desa-shalg’am esin.
Nimcha guruchdan osh bo’lur,
Qozonga solsam-chosh bo’lur.
Mehmonni ko’ngli xush bo’lur,
Vaqosiz ko’rsa- tush bo’lur.
Suvni soling shildiratib,
Kapgir uring shaqirlatib. Chindan-da palov vaqosiz kishi uchun tushga aylanadi. Qo’shiqda palov ijtimoiy tengsizlik mohiyatini ochuvchi poetik obraz darajasiga ko’tarilgan. Shuningdek, moshova, chuchvara, atala, sumalak, ugra, sho’rva, piyova, chalpak va boshqa qator milliy taomlarimiz bilan bog’liq kechinmalarni ifodalagan qo’shiqlar hali-hanuz uchrab turadi. Lekin ular juda kam miqdorda bizgacha yetib kelgan. Keyingi vaqtlarda mehnat jarayonining mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilishi natijasida mehnat turlarining tabiatida turli o’zgarishlar yuz bermoqda yoki muayyan mehnat turi batamom yo’qolib bormoqda. Natijada o’tmishda ular bilan bog’liq tarzda yaratilgan ayrim mehnat qo’shiqlari ham unutilib, yo’qolib bormoqda. Binobarin, mehnat qo’shiqlarini to’plash va ularga xos xususiyatlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish katta ilmiy-amahy ahamiyatga molik masaladir.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin