Reja: «Qo’shiq» istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy-kompozitsion belgilari



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə10/14
tarix11.04.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#96146
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1493285436 67972

mustaqil to’rtliklar shaklida;

  • aytishuv, savol-javob shaklida.

    Alisher Navoiy zamonida bunday qo’shiqlar ayolg’u deyilgan. Xalq orasida keng tarqalgan «Soy bo’yida turgan yigit», «Sen soy chumchug’i bo’lsang» deb boshlanuvchi oshiq-ma’shuqlarning she’riy dialoglari aytishuvga yorqin dalildir. Ularda yigit va qizning hozirjavobligi, topqirligi sinab ko’riladi. Shu vajdan aytishuvning har bir bandi, albatta, savol bilan yakunlanadi. Qadimda aytishuvlar sevishganlarning aql-zakovatda bir-birlaridan qolishmasliklarini sinab olishning o’ziga xos sharti bo’lgan. Buni qo’shiqdagi poetik obrazlarning bir-birlarini mahv etish mantiqiga rioya qihshi, poetik dalillash san’atiga to’g’ri yondashish, mahorati ham ko’rsatib turadi.
    Shunga qaraganda, aytishuv o’ziga xos poetik taraqqiyot bosqichini bosib o’tganligi ma’lum bo’ladi. Ular lirik qo’shiqlaming murakkab turini tashkil etadi. Topqirlik, so’zamollik, hozirjavoblik kabi badihago’ylikning tarkibiy shartlari aytishuvlar yaratilishida zamin vazifasini o’taydi. Ayrim lirik qo’shiqlarda hajviy motivlar ham uchraydi. Ularda lirik qahramonning ijtimoiy tengsizlikdan, zamona kulfatidan, mustabid tuzumning inson baxt-saodati yo’liga g’ov ekanligidan noroziligi, tanqidi, tekinxo’r, manfaatparast, axloqsiz, erinchoq va tanbal kishilardan nafrati, ular ustidan achchiq kulgusi o’z ifodasini topgan.
    Zamon bilan hamnafaslik, davr talablariga hozirjavoblik lirik qo’shiqlaming janriy xos hususiyatlaridan sanaladi. Shu sababli ularning yaratilish davriga qarab ham ikkiga bo’lib o’rganish ma’qul:

    1. an’anaviy lirik qo’shiqlar;

    2. yangi qo ‘shiqlar.

    An’anaviy qo’shiqlar uzoq o’tmishdan to hozirgacha og’izdan og’izga, avloddan avlodga o’tib kelmoqda. Ular o’ziga xos badiiy jozibasi, o’ynoqi ohangdorligi bilan alohida ajralib turadi.
    Yangi qo’shiqlarda esa sevgi va vafo mavzusi mamlakat, xalq hayotida yuz berayotgan o’zgarishlarga bog’lab talqin etilganligi kuzatiladi. Ularda xalqning shukronasi, davrdan minnatdorchiligi lirik qahramon tilidan tarannum etiladi. Lirik qo’shiqlardagi misralar odatda ritmik jihatdan o’zaro uyg’unlashgan, o’ynoqi, yengil vaznda, to’liq qofiyalangan tarzda yaratilgan bo’ladi. Ular, asosan, 7-8 bo’g’inli barmoq vaznida to’qiladi. Chunki bunday vaznda ularni kuylash qulaydir. Lekin ba’zi lirik qo’shiqlar aruzga ham tushadi. Ular aruzdagi ramali musammani maxzuf bahriga tug’ri keladi.
    Xullas, o’zbek xalq she’riyatida lirik qo’shiqlar o’ziga xos qator xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi va xalq og’zaki ijodida mustaqil o’rin tutadi.

    Yüklə 73,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin