«Churiyata» yoki «churey-churey»lar echkilarni sog’ish yoki uloqlarni emizish paytida ijro etilgan. Ularda echkini iydirish, bolasini emdirishga qarshilik qilmaslik motivi ustunlik qiladi. Churiyalarda ko’pincha echkining, sersut y7elini, soqoli, shoxi yoki qashqasi maqtaladi:
Og’ziginangda o’ting bor, churey-churey, Yelinginangda suting bor, churey-churey, Sersoqolim jonivor, churey-churey, Kerilib turgan buting bor, churey-churey. Ayrim churiya qo’shiqlarida sof ishqiy motivlar ham ifodalangan. Faqat ulardagi «churiya» so’zining takrori uning sog’im qo’shig’i ekanligini bildirib turadi.
Churiyalar turey-tureylarga nisbatan bir oz cho’ziqroq ohangda aytiladi.
Sog’im qo’shiqlari sog’ilayotgan hayvonga shaxs sifatida murojaat qilish, unga so’z yordamida ta’sir ko’rsatish tasawuri bilan yaratilgani bois ularda tashxis Oonlantirish) san’ati markaziy o’rin egallaydi. U kuylovchiga o’z ichki dardlarini, ruhiy holatini, alam-iztiroblarini bayon qilish uchun muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Sog’im qo’shiqlari barmoq vaznida, mustaqil to’rtliklar shaklida yaratiladi. Ular, asosan, a-a-b-a tarzida qofiyalanganligi kuzatiladi. Dehqonchilikka aloqador qo’shiqlar.Xalqimiz azal-azaldan dehqonchilik bilan shug’ullanib, shuning orqasidan tirikchilik o’tkazib kelgan. Dehqon mehnati erta bahorda yer haydashdan boshlanadi. Biroq erta bahorda, ilik uzildi vaqtida kamquwat bo’lib qolgan inson uchun yer haydashdek og’ir jismoniy mehnatni bajarish oson kechmaydi. Shu paytda dehqonlar qo’shiq kuylab, o’zlarini ovutganlar va shu orqali biroz bo’lsa-da, og’ir mehnatning qiyinchiligini unutganlar. Qo’sh haydash paytida ijro etiladigan qo’shiqlar qo ‘sh qo ‘shiqlari deyiladi. Ularda qo’shchi yoki qo’shga qo’shilgan ho’kiz tilidan og’ir mehnatdan qilingan shikoyat yoxud ish hayvoniga murojaat motivlari yetakchilik qiladi.
Qo’sh qo’shiqlarida ko’pincha uchta an’anaviy obraz ko’zga tashlanadi. Bular — zolim boy, mehnatkash, qashshoq dehqon hamda ezilgan, jabrlangan ho’kiz obrazlaridir.
Qo’shchi qo’shiqlari qadimiy mehnat qo’shiqlari sirasiga kiradi. Ular yolg’iz qo’shchi tomonidan bevosita qo’sh haydash paytida goh baland ovozda, goh xirgoyi qilib ijro etiladi. Uning asosiy vazifasi og’ir mehnat paytida dehqonning o’z ko’ngil dardlarini aytib, o’z-o’ziga taskin berish, o’zini ovutish, ruhini ko’tarishdan iborat.
Ularda ko’proq mavzuviy-ruhiy hamda ritmik-sintaktik paralle-lizmlar badiiy-kompozitsion asos vazifasini o’taydi.
Bo’ynimda bor bo’yinturuq,
Omochlari taraq-turuq.
Oqshom borsam oxur quruq,
Men qo’shga qanday yarayin?! Ishdan toliqib, kechqurun og’ilxonaga qaytgan ho’kizning quruq oxurga rubaro’ kelishi dehqonning g’urbatli ruhiy kechinmasiga badiiy parallel keltirilmoqda.
Ho’kizginam bo’yinginang ezildi,
Ko’zginangdan yoshlar qator tizildi,
Bo’yinturuq bilan omoch tortmasang,
Sening bilan menga go’rlar qazildi.
Qo’shiqda qo’sh haydash mehnatining og’irigi, bundan qo’shchi ham, ho’kiz ham jismoniy azob tortishi bildirilyapti. Shu bilan birga qo’shiq matni orqali zamonamiz yoshlari o’tmishda dehqonchilikda yerni hozirgiday texnika vositalari yordamida emas, balki bo’yniga bo’yinturuq bilan omoch osilgan ho’kizlarning kuchi bilan haydalganligini bilib oladilar. Qo’shiqda shu tarixiy manzara badiiy o’z ifodasini topgan.
Hozirgi paytda yerlarning traktorlar yordamida haydalishi qo’sh qo’shiqlaridan foydalanishni bekor qildi. Shu sababii qo’sh qo’shiqlari yaratilishdan va jonli ijroda yashashdan mahrum bo’ldi.
O’rim qo’shiqlari — dehqon mehnatining samarasi yuzaga chiqayotgan o’rim lahzalarida kuylanadi. Shundan boisa kerakki, ularni ko’tarinki ohangda ijro etish an’anaviydir.
O’roqchi hasharchilarning o’rim-yig’im paytida o’zlarini ovutish uchun maxsus to’qigan qo’shiqlari o’rim qo’shiqlari deb yuritildi. Ular yakka shaxs yoki jamoa tomonidan ijro etiladi. Bu xil qo’shiqlarda dehqon ning bilak kuchi, uning asosiy mehnat quroli-o’roq maqtaladi. Arpa, bug’doyning xalq tirikchiligi uchurt naqadar qimmatliligi, ro’zg’orning qut-barakasini ta’minlovchi vosita ekanligi tarannum etiladi. O’rim qo’shiqlari dehqonchilik bilan bog’liq xalq she’riyatining kattagina qismini tashkil etadi. Lekin ularning juda oz qismigina bizgacha yetib kelgan:
O’rog’im olmos, O’rimdan qolmas, Sira ham tolmas, O’rmasam bo’lmas, -deya kuylanadi o’rim qo’shiqlarida kuchli ishtiyoq va yengil ohang bilan. O’rim qo’shiqlari, asosan, 5-8 hijoli barmoq vaznida yaratilib a-a-a-a; a-a-b-a; shaklida qofiyalanib keladi.
O’rim hashari paytida ba’zan o’roqchilar o’rtasida dehqonchilik ekinlari tilidan dialog tarzidagi qo’shiqlar, turli lirik aytimlar yoki qiziqarli dostonlar, xususan, «Yozi va Zebo» dostonidan parchalar kuylash an’anaga aylangan. Bu parchalar «yozixonlik» yoki «yozilar» deb atalgan.
Hozirgi paytda donni, asosan, kombaynlar yordamida o’rib-yig’ib olish tufayli o’rim qo’shiqlarini ijro etish deyarli so’nib, ular unutilib bormoqda.
Yanchiq qo ‘shiqlari yoki Xo ‘p-maydalar. Bu turkumga kiravchi mehnat qo’shiqlari xalq o’rtasida «Ho’p qo’shiqlari», «Maydalar», «Xo’p maydalar» yoki «Maydagul» deb yuritiladi. Ularni o’rilgan donni xirmon qilib yanchayotganda, mungli baland ovoz bilan cho’zib ijro qiladilar. Bu xil qo’shiqlarda dehqonning yoz bo’yi qilgan og’ir mehnati natijasida yetishtirilgan hosilni tezroq yanchib olish istagi bayon etiladi. Poxolidan ayrilgan don dehqon uchun, poxoli esa ish hayvoni uchun qishki ozuqa ekanligi alohida ta’kidlanadi. Ish hayvoni tez va sifatli ishlashga da’vat etiladi.
Yanchiq qo’shiqlari galagov tashkil qilingan maxsus maydonda kuylanadi. Shuning uchun yanchiq qo’shiqlarida «galagov» so’zi ko’p uchraydi:
Mayda dedim, xo’p deding, mayda-yo mayda, Ho’pga maylim yo’q deding, mayda-yo mayda, Galagovga qo’shganda, ho mayda-yo mayda, Ko’rgiligim ko’p deding, mayda-yo mayda. Galagov maydonida doni ajratilmagan bug’doy doira shaklida yoyib qo’yiladi va doira markaziga yo’g’on yo’g’och ustun o’rnatilib, unga bir necha ishchi hayvonlar: ot, ho’kiz. eshak kabilar bir-biriga yonma-yon matab bog’lanadi. Mana shu matalib bog’langan hayvonlar to’dasi galagov deyiladi. Galagovga donni bir tekis yanchishi uchun tut, qayrag’och kabi qattiq daraxt shoxlaridan to’qilgan chokar bog’lab qo’yilgan.
Yanchiq qo’shiqlarining mavzu doirasi chegaralanmagan. Ularda dehqonning og’ir hayoti tasviri, qiyin mehnat sharoiti, ho’kizi bilan dardlashishi, unga iltijo va do’q-po’pisa qilishi motivlari bilan birga ishqiy iztiroblari, lirik ruhiyati bayoni ham o’z ifodasini topadi. Hatto ayrim yanchiq qo’shiqlari sho’x va hajviy ruhda yaratilganligi bilan diqqatni tortadi.
Hajviy ruhdagi yanchiq qo’shiqlarida ko’pincha «O’roqda yo’q, mashoqda yo’q, lekin xirmonda hozir» bo’ladigan, tayyor oshga bakovul, tekinxo’r boy va amaldorlar keskin tanqid qilinadi.
Mayda qo’shiqlarida ko’pincha Bobo Dehqon, Xo’jayi Xizr obraziga murojaat motivi uchraydi. Chunki O’rta Osiyo aholisi o’rtasida dehqonchilik va hosildorlik piri sifatida Bobo Dehqon kultiga yoki Xo’jayi Xizrga sig’inishgan. Bobo Dehqon yoki Xo’jayi Xizr ayni sahar chog’ida ko’tarilgan xirmonlar boshida paydo bo’lib, unga qut-baraka bag’ishlarmish. Shu tasawur-tushunchalar asosida dehqonlar hamisha barvaqt turib ish boshlashga, o’z ishiga mehr va vijdonan yondashishga odatlanishgan.
Mayda-mayda morisin, mayda-yo mayda, Don somonidan arisin, mayda-yo mayda. Ayni sahar bo’lganda, mayda-yo mayda, Bobo Dehqon dorisin, mayda-yo mayda.
Mayda qo’shiqlarining yaratilishi aytuvchining badihago’ylik iqtidoriga bog’liq. Ularda dehqonning rang-barang tuyg’ulari o’z ifodasini topgan.
Mayda qo’shiqlari barmoq vaznining 7,8 va ba’zan 10 hijoli tizimida yaratiladi hamda ko’pincha 4-3,3-4-3; 2-2-3; 4-4 kabi shakllarda turoqlangan bo’Iadi. Uning har bir misrasi yoki ikki misrasidan so’ng «mayda-yo mayday» birikmasi muttasil takrorlanib keladiki, shunga qarab yanchiq qo’shiqlari yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Ushbu birikmaning takrorlanib kelishi to’rtlik shaklida yaratilgan yanchiq qo’shiqlari bandlari ritmidagi izchillikni to’la saqlashga xizmat qiladi.
Mayda qo’shiqlari badiiyati boshqa mehnat qo’shiqlari badiiyatidan nisbatan ustundir. Ular poetik isWov berilganligi, badiiy tili, go’zal tashbehlarga, nozik istiora va ramzlarga, epitet hamda mubolag’alarga boyligi bilan ajralib turadi.
G’allani o’rish va yanchish ishlari texnika yordamida amalga oshirila boshlangach, mayda qo’shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda.