Chorvachilikka aloqador qo’shiqlar. Xalqimiz qadimdanoq chorvachilik bilan ham shug’ullanib kelgan. Bu kasb xalqimiz hayotida muhim o’rin egallagan. Xalq orasida ot boquvchini yilqiboqar, tuya boquvchini tuyaboqar, sigir va ho’kiz boquvchini podachi, qo’y-echki boquvchini qo’ychivon yoki cho’pon, tovuq boquvchini-parrandaboqar deyish an’anaga aylangan? Turli-tuman qushlarni parvarish qiluvchilar nomiga «Qushchi» nisbatini qo’shib aytishgan.
Ot, tuya, ho’kiz kabi jonivorlar hamisha chorvador va dehqonning mehnat jarayonidagi yaqin ko’makchisi bo’lgan. Ular orqali qadimgi ajdodlarimiz olis manzilni yaqin, mashaqqatli ishni oson qilishgan. Shu bois bu jonivorlarai qadimgi kishilar totem va kult darajasiga ko’tarib ardoqlashgan. Ularga nisbatan alohida e’tibor bilan munosabatda bo’lishgan. hatto doston, afsona, ertak, rivoyat kabi xalq asarlarida bu jonivorlar bilan bog’liq turli epik talqinlar paydo bo’lgan.
Aslida chorvachilik faoliyatining vujudga kelishiga ibtidoiy insonlarning u yoki bu jonivorga e’tiqod qo’yishi, uni o’ziga homiy va madadkor hisoblab, totem darajasida e’zozlashi, shu asosda yuzaga kelgan turli totemistik qarashlari muhim omil bo’lgan. Shu sababli bugungi kunda bolalar repertuaridagina hukmlagichlar istilohi zamirida alohida janr sifatida qaror topgan bunday qo’shiqlarda turli-tuman hayvonlar va qushlarga to’ppadan-to’g’ri buyruq ohangida murojaat qilinib, ularning o’zigagina xos ta’rif-u tavsifi keltiriladi: «Qaldirg’och», «Laylak», «Quyoncham».»Xo’rozim», «Uloqcha», «Eshakkinamni so’ydilar», «Toychoq» singari bolalar qo’shiqlarida qadimiy totemistik e’tiqod izlari bo’rtib turibdi. Afsuski, ajdodlarning ekologik qarashlarini avlodlarga yetkazuvchi va shu qarashlar asosida chorvachilik kasbiga muhabbatni, ekologik tuyg’ularni tarbiyalashda beqiyos qimmatga ega bo’lgan ot, uloqcha, sigir, ho’kiz, qo’y, echki, tuya, biya, kiyik, quralay, eshak, xo’tik, qo’zichoq, xo’roz, jo’ja, qaldirg’och, laylak, turg’ay, bedana, kaptar, qarg’a, quyon, bo’ri, mushuk, it singari hayvonlar va qushlar, shuningdek, hasharotlar (kapalak, bolari, ninachi, chumoli, xonqizi kabi) haqidagi bunday qo’shiqlar kam yozib olingan, hayvonot olamini e’zozlovchi bunday qo’shiqlarning kattagina qismi bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, o’ziga xos murakkabliklarga ega bu mehnat turi jarayonida ham rang-barang qo’shiqlar yaratilgan va ijro etib kelingan. Bu jihatdan, ayniqsa, sigir, qo’y, echki, biya, tuya singari hayvonlarni iydirishga xizmat qiluvchi sog’im qo’shiqlari ayricha jozibaga egaligi bilan ajralib turadi. Sog’im qo’shiqlari sog’iladigan hayvon turiga qarab turlanadi. Xalq o’rtasida sigir sog’ish jarayonida kuylanadigan qo’shiqlar - «xo’sh-xo’sh» qo’shiqlari yoki «govmishim», qo’yni sogishda aytiladigan qo’shiqlar — «turey-turey»lar, echkini sog’ish qo’shiqlari esa «churey-churey» yoki «churiya»lar deb nomlangan. Ular sog’ilayotgan hayvonni tinchlantirish, uni iydirish uchun kuylanadi. Chunki tinch va iyigan jonivordan ko’proq sut sog’ib olish mumkin.
«Xo’sh-xo’sh»lar ravon va tekis ohangda cho’zib aytiladi. Ularda sigir, lining elini, xatti-harakati, yemishi ta’rif-tavsif qilhtadi.
«Xo’sh-xo’sh»larni kuylashdan oldin sog’uvchi sigirning bolasi -buzoqni emizishga qo’yadi. Buzog’ini ко’rib, sigir iyiydi. Shunda sog’uvchi darhol buzoqni tortib, sigimi qo’shiq yordamida iyitishda davom etadi va sutini sog’ib oladi.
«Xo’sh-xo’sh»lar sigimi iyitishiga ishonilgan. Bu ishonch sog’im qo’shiqlarida alohida ta’kidlanadi:
«Xo’sh-xo’sh»lasam iyasan, xo’shey-xo’shey. Kovshabgina turasan, xo’shey-xo’shey, Angraymagin jonivor, xo’shey-xo’shey, Sen bolangga to’yasan, xo’shey-xo’shey. Ko’z magiyasi, kinna kirishiga ishongan qadimgi chorvadorlar zotdor, ko’p sut beradigan sigirlarni yomon ruhlardan asrash uchun turli tadbirlarni qo’llaganlar. Ularning shoxlariga maxsus duolar yozilgan tumorlar, qalampirmunchoq yoki ko’zmunchoqlar shodasini ilib qo’yishgan. Aks holda ko’z tekkan sigir yo o’ladi, yo kasallanib,kam sut bera boshlaydi, deb irim qilingan. Tabiiyki, bunday e’tiqod va qarashlar «xo’sh-xo’sh»larda ham «ko’z tumor» detali orqali badiiy ifoda etiladi:
Seni haydab boqayin, Ko’z tumorlar taqayin, xo’sh-xo’sh Ayrim «xo’sh-xo’sh»larda an’anaviy motivlardan tashqari oshiq yorning tong mahaii sigir sog’ayotgan ma’shuqasi mehnatini ko’rib zavqlanishi motivlari ham uchraydi. Bunday motivlar «xo’sh-xo’sh»larga link qo’shiqlar ta’sirida kirib kelganini alohida ta’kidlash lozim.
Qo’ylarni sog’ish va qo’zilarni emizish jarayonida kuylanadigan «turey-turey» qo’shiqlarida ona sovliqni madh etish, uni iydirishga qaratilgan erkalash motivlari yetakchilik qiladi.
«Turey-ture»lar ko’pincha qorako’lchilikda terisini olish uchun 3-4 kunligidayoq (barraligidayoq) so’yib yuborilgan qo’zichoqlarning onalarini sog’ish uchun kuylanadi. Shu sababli ularda ona qo’yning o’z bolasini qidirishi, uni izlab ma’rashiga hamdardlik bildirish, achinish motivlari katta o’rin tutadi.
Sovdi bo’lib sovdirgin, turey-turey, Sovsa kadi to’ldirgin, turey-turey. Buncha kuyma jonivor, turey-turey, Taqdirga endi ko’ngin, turey-turey. Qo’shiqda o’z bolasini izlayotgan ona qo’yni tinchitish, taqdirga tan berishga ko’ndirish motivlari ifoda etilgan.