Reja: «Qo’shiq» istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy-kompozitsion belgilari



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə11/14
tarix11.04.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#96146
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1493285436 67972

Tarixiy qo’shiqlar. Tarixiy qo’shiqlar o’zbek xalq poeziyasining alohida turkumini tashkil etadi. Bu turkumga kiruvchi qo’shiqlar juda qadimiy bo’lib, ularda tarixiy-siyosiy voqea-hodisalar, real shaxslar faoliyati lirik-epik yo’nalishda talqin etiladi. Shu tufayli ular tarixiy qo’shiq atamasi bilan yuritiladi.
Asosan hikoyaviy xarakterga ega bo’lgan tarixiy qo’shiqlar o’zbek folklorshunosligida alohida janr sifatida e’tirof etiladi. Chunki uning o’ziga xos alohida belgilari, g’oyaviy yo’nalishi, mazmun-mundarijasi, taraqqiyot tarixi bor. Ko’p -yillar tarixiy qo’shiq janriga mansub poetik asarlar «terma», «xalq qo’shig’i», «she’r» kabi turli nomlar bilan atalib kelindi. Hozirgi kunga kelib, uning janriy belgilari aniqlanib, folkloraing alohida, mustaqil janri, qo’shiqning ichki bir turi ekanligi e’tirof etildi.
Tarixiy qo’shiqlar epik va liro-epik xarakterga ega bo’ladi. Epik xarakterdagi tarixiy qo’shiqlarda xalq hayotida yorqin iz qoldirgan, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy voqea-hodisalar yoki real shaxslar faoliyati epik hikoya qilib beriladi. Ularda ijodkorning ichki kechinmalari va his-tuyg’usi, lirizm passiv darajada ko’zga tashlanadi. Bu xildagi asarlar sirasiga Ernazar shoirning «Botirxon zulmi», Nurmon Abduvoy o’g’lining «Nomoz» nomli tarixiy qo’shiqlari yorqin misol bo’la oladi.
Tarixiy qo’shiq janri taraqqiyotining so’nggi bosqichlarida epic hikoya bilan lirizm o’zaro uyg’unlashib ketib, liro-epik xarakterdagi tarixiy qo’shiqlar yuzaga kelgan. Masalan: Fozil shoirning «Elat botir», Islom shoirning «Tinchlik jarchisi» kabi asarlari bunga misoldir. Bu xil asarlarda tarixiy shaxs faoliyati to’laligicha, batafsil epik hikoya qilinmaydi. Balki ular faoliyatiga xos ayrim epizodik qirralar qisman eslatib o’tiladi, xolos.
Tarixiy qo’shiqlarning asosiy mazmun- mundarijasini - tarixda bo’lib o’tgan va xalq hayotida ma’lum iz qoldirgan tarixiy voqea-hodisalar, dalillar va real tarixiy shaxsiar faoliyatiga aloqador talqinlar tashkil etadi. Tarixiy mavzusiz tarixiy qo’shiq yaratilmaydi. Zero, tarixiy qo’shiq janri bilan tarixiy mavzudagi badiiy asar o’rtasida muayyan farq U.Jumanazarovning e’tirof etishicha: «Tarixiy qo’shiq janri sujetga asos bo’lgan materialning real tarixga to’la mos kelishi va asoslanishi, unda to’qima yoki fantaziyaning bo’lmasligi bilan tarixiy mavzudagi badiiy asar tushunchasidan jiddiy farqlanib turadi».
Tarixiy mavzudagi badiiy asarlar o’ta aniq tarixiylik doirasida bo’lmaydi. Tarixiy qo’shiqlar yaratuvchisiga qarab, ikki tipga bo’linadi. Bular: a) muaUifi noma ‘lum bo ‘Igan, ya ‘ni anonim xarakterdagi tarixiy qo ‘shiqlar; b) muallifi aniq bo ‘Igan, ya ‘ni professional ijodkorlar — xalq baxshilari tomonidan yaratilgan va ijro etilgan tarixiy qo ‘shiqlar.
Birinchi tipdagi tarixiy qo’shiqlar mazmunan bir tarixiy voqea-hodisa yoki real shaxsga bag’ishlangan bo’ladi. Shaklan esa bir necha mustaqil to’niiklardan tashkil topadi. Ular xalq o’rtasida kengroq tarqalgandir. Bu tipga kiruvchi tarixiy qo’shiqlar nisbatan qadimiyroq bo’lib, uning ilk namunalari M.Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari orqali bizgacha yetib kelgan. Bu tipga kiruvchi tarixiy qo’shiqlar izchil sujetga ega bo’lmaydi. Lirik qo’shiqlarga yaqin turadi. Ular ko’pincha yurt ozodligi, xalq va Vatan ravnaqi uchun kurashgan el farzandlarini madh etish yoki ularning halok bo’lishi munosabati bilan yaratilgan yo’qlov xarakterida bo’ladi. Masalan, Marg’ilonda yaratilgan Tursunoy, Nurxon kabi ozodlik qurbonlari haqidagi tarixiy qo’shiqlar buning yorqin dalilidir. Bunday qo’shiqlar davr voqealariga hozirjavobligi, shaklan xalq terma qo’shiqlariga yaqinligi va ommaviyligi bilan e’tiborni tortib turadi.
Tarixiy qo’shiqlarning ikkinchi tipi faqat professional baxshilar (dostonchilar) tomonidan yaratiladi va ijro etiladi. Ular muayyan sujetga ega bo’ladi. Bu tipga mansub tarixiy qo’shiqlar izchil, qisqa va dramatik sujetga egaligi bois xalq qo’shiqlaridan ko’ra xalq eposiga (dostonga) yaqinroq turadi. Shakliy jihatdan bu tipga mansub tarixiy qo’shiqlar xalq eposidagi epik she’r shaklidan keskin farqlanmaydi. Bu tipga kiruvchi tarixiy qo’shiqlar tarixiy epos taraqqiyotining nisbatan keyingi bosqichlarida, ya’ni professional ijodkorlar yetishib chiqqandan so’ng yuzaga kelgan. Shu sababli ular ommaviy ijro etilmaydi va xalq o’rtasida keng tarqalmagan.
O’zbek xalq tarixiy qo’shiqlarini mavzu yo’nalishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin:

  1. tarixiy-qahramonlik qo’shiqlari;

  2. tarixiy inqilobiy qo’shiqlar;

  3. Tarixiy voqea-hodisalar va real shaxslarga bag’ishlangan
    qo’shiqlar.


Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin