Tarixiy qahramonlik qo’shiqlari. Dastlabki namunalari bizgacha M.Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari orqali yetib kelgan bo’lsa, keyingilari, asosan, XX asrning boshlarida yaratilgani ma’lum. Chunonchi, 1905 - 1907-yiilarda xalqning milliy ozodlik, erk, adolat uchun olib borgan kurashiga rahbarlik qilgan Nomoz Pirimqul o’g’liga bag’ishlab to’qilgan qo’shiqlar bunga misoldir.
Nomoz Primqulov ash kattaqo’rg’onlik bo’lib, Turkiston general-gubernatorining mahalliy aholi arzini yetkazuvchi tarjimoni bo’lib ishlagan. Shuning uchun u ko’pincha gubernatordan adolat kutgan. Biroq rus bosqinchilarining mahalhy xalqqa zulmi va nohaqligi oshsa oshardiki, ulardan yaxshilik kutib bo’lmasdi. Shu sabab general-gubernator bilan Nomoz o’rtasidagi munosabat buzihb, Nomoz o’z atrofiga bir guruh xalq fidoyilarini to’plagancha, chorizm va uning siyosatiga qarshi kurashga chog’lanadi. Chorizm siyosatini qo’llab-quwatlamoqchi bo’lgan ayrim mahalhy kaltafahm boy-zodagonlardan ayovsiz qasos oladi. Tabiiyki, uning bu xatti-harakati Nikolay podshoni ham, Buxoro amirini ham jiddiy tashvishga solgan. Ayniqsa, Nomoz yigitlari orasida turli millat vakillarining bo’lganligi bu ozodlik harakatining keng tus olib ketishi mumkinligini bildirib turgan. Shu bois chor mustamlakachilari Nomozni el orasida «o’g’ri», uning yigitlarini «bosmachi». «Qaroqchilar to’dasi» deb gap tarqatadilar. Hatto Nomozni tiriklayin tutib kelganga pul mukofoti e’lon qilinadi. Nomoz pulga o’ch, xudbin bir sotqin tomonidan o’ldiriladi. Lekin u boshlagan ozodlik harakati to’xtab qolmaydi. Uni Nomozning do’stlari yana davom ettiraveradi. Xalq Nomoz o’hmiga achinib, motam tutadi. Unga bag’ishlab qo’shiqlar, yo’qloviar yaratadi. Xalq shoiri Nurmon Abduvoy o’g’lining u haqda yaratgan qo’shig’i bizgacha yetib kelgan.
Yozma adabiyotda Nomoz Primqul o’g’li xotirasiga bag’ishlab I.Sulton «Noma’lum kishi» dramasini va X.To’xtaboev «Qasoskorning oltin boshi» nomli tarixiy sarguzasht romanini yaratganlar.
Tarixiy-qahramonlik qo’shiqlarining go’zal namunalari, xususan, 1941 - 45-yillardagi urush davrida yaratilgan. Jumladan, Islom shoirning «To’ychi Ibrohimov», «Ahmad Botir», Fozil Yo’ldosh o’g’lining «Ahmad Aliyevga», «Qo’chqor Turdiyevga» singari tarixiy-qahramonlik qo’shiqlari shular sirasiga kiradi.