Reja: Tijorat banklari kapitali va uni tashkil qilish bilan bog‘liq risklar


GEP/ daromad keltiruvchi aktivlar =∆ SFM/∆i



Yüklə 316 Kb.
səhifə7/7
tarix07.04.2023
ölçüsü316 Kb.
#94370
1   2   3   4   5   6   7
Pul va banklar Tijorat banki aktivlarini riskka tortish tartibi.

GEP/ daromad keltiruvchi aktivlar =∆ SFM/∆i ,
bu erda
SFM=SFD/ daromad keltiruvchi aktivlar
SHu formula orqali foiz riski darajasini yanada aniqroq baholovchi formula ko‘rsatkichiga ega bo‘lamiz (foiz riski koeffitsienti):
ГЭП СФМнинг куйилиши мумкин булган киймати - СФМнинг кутилаётган кимати
Кр  
Даромадли активллар фоиз ставкалари буйича кутилаётган узгаришлар
Sof foiz daromadining GEPning turiga qarab o‘zgarishining variantlari 3-Jadvalda keltirilgan.
3-Jadval
Sof foiz daromadi o‘zgarishining variantlari

GEP turlari

Foiz stavkasining
o‘zgarishi
i

Sof foiz daromadining
o‘zgarishi
SFD

Manfiy (-)

O‘sish (+)

Kamayish (-)

Manfiy (-)

Kamayish (-)

O‘sish (+)

Musbat (+)

O‘sish (+)

O‘sish (+)

Musbat (+)

Kamayish (-)

Kamayish (-)

Nolli (0)

O‘sish (+)

O‘zgarmaydi

Nolli (0)

Kamayish (-)

O‘zgarmaydi

Foiz stavkasining bankning samarali ish faoliyatiga ta’sirini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz.
Misol. Bank ish faoliyatining quyidagi ko‘rsatkichlariga egamiz:

Ko‘rsatkichlar

Umumiy miqdor

Salmog‘i,
%

Foiz stavkasi, %

Haqiqatdagi qiymati

YAngi shartlar

1-
variant

2-
variant

Foiz stavkasi o‘zgarishiga ta’sirchan aktivlar

3 600

51.43

13

16

10

Qayd etilgan foiz stavkadagi aktivlar

1 200

17.14

16

16

16

Daromad

2 200

31.43

0

0

0

keltirmaydigan aktivlar
















Jami

7 000

100

9.43

__

__

Foiz stavkasi o‘zgarishiga ta’sirchan passivlar

4 000

57.14

10

13

7

Qayd etilgan foiz stavkadagi passivlar

800

11.43

12

12

0

Foizsiz majburiyatlar

1 200

17.14

0

0

0

SHaxsiy kapital

1 000

14.29

dividentning 15%li stavkasi

Jami

7 000

100

9.23

__

__

Bankning o‘rtacha tortilgan foydasi 9.43%ni, o‘rtacha tortilgan xarajatlari -9.23%ni tashkil etadi. Bu esa bank foiz daromadiga ega ekanligini anglatadi.
Echimi. Bank siyosatining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqamiz.

  1. Sof foiz daromadi (foizli daromad)

SFD=FD-FX;
SFD=(3600*0,13+1200*0,16)-(4000*0,1+800*0,12)=660-496=164 (mln.rub.).

  1. Sof foiz marjasi

SFM=164/(3600+1200)=0,0342 (3,42%), natija normativ qiymatga to‘g‘ri keladi.

  1. GEP=3600-4000=-400

Tahlil qilayotgan bankimizning GEPning qiymati manfiy.
YAngi shartni kiritamiz, ya’ni foiz stavkasi 3%ga oshgan bo‘lsin.
U holda
SFD=(3600*0.16+1200*0.16)-(4000*0.13+800*0.12)=768-616=152 mln.rub.;
SFM=152/(3600+1200)=0,0317 (3,17%)
Cof foiz daromadining o‘zgarishi quyidagi faktorlarga bog‘liq:
∆SFD=GEP* ∆I, ya’ni ∆I, ya’ni ∆SFD =152-164=-12 mln.rub.
Boshqa tomondan, GEP* ∆I=-400*0,03=-12 mln. rub.
SHu yo‘sinda, musbat GEP holatida foiz stavkasining oshishi natijasida SFD va SFM kamaydi. SFMni formula orqali aniqlaymiz.
Tf(SFM)=(GEP/daromad keltiruvchi aktivlar)*(∆i/ SFM)=(-400/4800)*(0,03/0,0342)=-
0,073 (-7,3%)
SFM, foiz stavkasi kattalashgani hisobiga 7.3%ga kamaydi.
Ushbu holatda bank balansini foiz stavkalarini o‘zgarishi bilan bog‘liq korrektlash zarur.
Bank balansiga quyidagi o‘zgarishlar kiritilgan:

Ko‘rsatkichlar

Miqdori mln.rubl

Salmog‘i

Foiz stavkasi, %

Variant 1

Variant 2

Foiz stavkasi
o‘zgarishiga ta’sirchan aktivlar

4 000

57.14

16

10

Qayd qilingan foiz stavkalaridagi aktivlar

1 000

14.29

16

16

Daromad keltirmaydigan

2 000

28.57

0

0

aktivlar













Jami

7 000

100



Asosiy ko‘rsatkichlar korrektlangandan keyin quyidagicha:
SFD=(4000*0.16+1000*0.16)-(4000*0.13+800*0.12)=800*616=184 mln. rub.
SFM=184/(4000+1000) =0.0368 (3.68%)
2-shartni kiritamiz, ya’ni foiz stavkasi 3%ga kamaydi.
U holda, SFD=(4000*0.1+1000*0.16)-(4000*0.07+800*0.12) =560-376=184 mln.rub;
SFM=184/(4000+1000) =0.0368 (3.68%)
4. Tijorat banklarining aktiv va passivlari bilan bog‘liq risklarni boshqarish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy - iqtisodiy tus olib bormoqda. CHunki, tijorat banklarining foydasi bank kapitali to‘planishining va bank rivojlanishining asosiy manbasidir.
Bank foydasining o‘sib borishiga bir necha xil omillar mavjud bo‘lib, bular:
bankning rentabelligi, vaqtincha bo‘sh mablag‘larning samarali ishlatilishi, turli xil pulli xizmatlar ko‘rsatish doirasini kengaytirish, foyda keltirmaydigan aktivlarni kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish va boshqa omillar hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanish bosqichida tijorat banklarining asosiy ish tamoyillaridan biri - yuqori darajada foyda olishga yo‘naltirilgan, qaratilgan bo‘ladi. Biroq, bularning faoliyati doimo foyda ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lmasdan, ular foyliyatida zarar ko‘rish ehtimoli ham uchrab turishi mumkin. Banklar faoliyati ijobiy bo‘lgan hollarda, ularning foyda olish va salbiy faoliyat natijasida banklarning zarar ko‘rish ehtimoli yuqori darajada bo‘ladi. YUqorida aytilgan foyda keltiruvchi rezervlarni amalda tadbiq qilish jarayonida bankning ish faoliyati iqtisodiy jihatdan risk bilan bog‘liq bo‘ladi.
Aktivlarni boshqarish deganda o‘z va jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish tartibi va yo‘llari tushuniladi. Tijorat banklariga qo‘llanilsa - bu naqd pullar, investitsiyalar, ssudalar va boshqa aktivlarga taqsimlashdir. Mablag‘larni joylashtirishda asosiy diqqat qimmatli qog‘ozlarga, investitsiyalar va ssuda operatsiyalariga qaratiladi. Mablag‘larning aniq echimi shunday aktivlarni "sotib olish" kerakki, u bankka eng ko‘p daromad olib kelsin. Biroq, tijorat banklarida fondlarni boshqarish qator omillar orqali qiyinlashmoqda.
Bank tomonidan jalb qilingan mablag‘larning ko‘pchilik qismi mijozlarning birinchi talabi bilan to‘lanishi kerak yoki ogohlantirish muddati juda qisqa bo‘ladi. SHuning uchun bankni oqilona boshqarishni birinchi darajali shartlaridan biri bu jamg‘armachilar talablarini qondirish xususiyatini ta’minlash hisoblanadi. Ikkinchi shart - bank mijozlarining kreditga bo‘lgan talabini qondira oladigan etarli mablag‘larga ega bo‘lish. Bunday kredit bera olish bank tijorat faoliyatining asosiy turidir. Mijozlarning kreditga bo‘lgan talablarini qondira olmaslik bank tomonidan foydali operatsiyalarni yo‘qotishiga, pirovardida esa sinish ehtimoliga olib keladi.
Banklarning mamlakatning asosiy pul massasini etkazib beruvchi sifatidagi roli ularga jamiyat oldida katta mas’uliyat yuklaydi. Jamiyatning bank sistemasining to‘lovga layoqatliligi, likvidliligi va barqarorligi to‘g‘risida ishonchsizlikka sababi bo‘lmasligi kerak, jamg‘armachilar esa istalgan bank ishonchli ekanligiga imoni komil bo‘lishi kerak, Bank jamg‘armachilari va uning aksiya ushlovchilari maqsadlarini bir - biriga taqqoslab bo‘lmaydi. SHuning uchun bank o‘z mablag‘larini joylashtirayotganida hal etadigan asosiy masalalardan biri bu likvidlilik va foydalilik o‘rtasidagi munosabatdir. Bir tomondan bank boshqaruv mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish orqali yuqori daromad olishga ko‘z tutayotgan aksiyadorlarning bosimini his etsa, ikkinchi tomondan bank boshqaruvi bunday faoliyat bank likvidliligini sezilarli darajada yomonlashtirishini, bu esa jamg‘armachilarga o‘z mablag‘larini ololmasligini va eski mijozlarning kreditga bo‘lgan talabini qondira ololmasligini aniq biladi.
Bank mablag‘larini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvidlilik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqadi. "Likvidlik - daromadlilik" dillemmasini echishga urinishlari aktivlarni boshqarishda 3 usulni keltirib chiqardi. Bu metodlardan birortasini ham etuk deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki ularning har birining diqqatga sazovor va kamchilik tomonlari mavjud. Har bir metodda alohida tijorat bankining aniq muammolarini echish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan elementlar mavjud. Qo‘llanish nuqtai - nazaridan sodda bo‘lgan metod - bu umumiy fond mablag‘lari metodidir. (rool - of-funds approach). Bu metodni ko‘pgina banklar mablag‘lar ko‘p bo‘lgan davrda qo‘llaydilar. Tijorat bank boshqaruvchisi joylashtirilishi uchun javobgar bo‘lgan mablag‘lar turli manbalardan: talab qilib olinguncha qo‘yilmalar, jamg‘arma, muddatli qo‘yilmalar, shuningdek bank o‘z kapitalidan kelib tushadi. Ko‘rib chiqilayotgan metod asosida bu resurslarni birlashtirish g‘oyasi yotadi. So‘ngra mablag‘lar to‘plami mos hisoblangan aktivlar turlari (ssudalar, davlat qimmatli qog‘ozlari, kassadagi naqd pul va hokazo) o‘rtasida taqsimlanadi. Umumiy fond mablag‘lari metodida ma’lum aktiv operatsiyani amalga oshirishda mablag‘lar qaysi manbadan kelib tushganligi ahamiyat kasb etmaydi, agarda ularning joylashtirilishi bank o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishga yordam bersa. Bu metod sxematik ravishda 1 - rasmda ko‘rsatilgan.
Bu metod bank boshqaruvidan likvidlilik va daromadlilik prinsiplarini teng amal qilishini talab etadi. Shuning uchun mablag‘lar shu prinsipga mos keladigan aktiv operatsiyalar turlariga joylashtiriladi.
Mablag‘larni joylashtirish orqali operativ bo‘lim boshliqlariga likvidlilik va daromadlilik nisbatlari muammolarini hal etishga ko‘mak beruvchi ma’lum prioritetlar asosida amalga oshiriladi. Bu prioritetlar bank ixtiyoridagi mablag‘ning qaysi qismi daromad keltirish uchun birinchi yoki ikkinchi galdagi rezervlarga joylashtirilish, ssuda yoki qimmatli qog‘ozlar sotib olishga ishlatilishini ko‘rsatib beradi. Mablag‘larni er uchastkalariga, imorat va ko‘chmas mulkka investitsiyalash odatda alohida ko‘rib
chiqiladi.
Ikkinchi metodning vujudga kelishi - aktivlarni taqsimlash yoki mablag‘larni konversiyalash (asset allocation or consersion of funds approach) - birinchi metod ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq. YUqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, umumiy fond mablag‘lari pozitsiyasidan mablag‘larni joylashtirishda haddan ziyod diqqat likvidlikka berilib, talab qilinguncha qo‘yilmalar va asosiy kapital bo‘yicha likvidlikka bo‘lgan talab hisobga olinmaydi. Ko‘pgina namoyondalar fikrlari bo‘yicha, bu kamchilik Amerika tijorat banklarining foyda normasi qisqarishining o‘sib borishiga sabab bo‘ldi.
Bu vaqt ichida talab qilinguncha qo‘yilmalarga nisbatan kamroq likvidlilikni talab etuvchi muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalar yuqori templar bilan o‘sib bordi. Aktivlarni taqsimlash metodi umumiy fond mablag‘lari metodi kamchiligini engish imkonini berdi. Bu metod bankka zarur bo‘lgan likvid mablag‘lar miqdori fondlarni jalb qilish manbalariga bog‘liqligini belgilab berdi.
Bu metod orqali mablag‘lar manbalarini majburiy rezervlar va ularning aylanish tezligi normalariga mos chegaralashga harakat qilinadi. Bu metodning asosiy ustun tarafi bu likvid mablag‘lar va ssudalar hamda investitsiyalarga qo‘shimcha mablag‘lar qo‘yish qismining qisqartirilishi va bu natijada foyda normasining ko‘tarilishiga olib kelishidir. Aktivlarni taqsimlash metodi - ning tarafdorlari foyda normasining oshishi oshiqcha likvid aktivlarni bartaraf etish hisobiga amalga oshiriladi.
Lekin, bu metod ham uning samaradorligini pasayishiga olib keladigan kamchiliklarga ega. Uning kamchiliklaridan biri, bu metod mablag‘lar manbalari ularni qaysi yo‘lda qo‘llashdan qat’iy nazar mstaqil deb taxminlaydi, amalda esa bunday emas. Masalan, bankir amaliyotchilar ishchan firmalardan ko‘p qo‘yilma jalb qilishga harakat qiladilar. Chunki, bu firmalar odatda shu bankdan qarz oladilar. Bundan shu kelib chiqadiki, yangi qo‘yilmalarni jalb qilish bilan birgalikda bank yangi qo‘yilmachilar tomonidan bo‘lgan kredit zayavkalarining bir qismini qoniqtirish majburiyatini oladi. Bu esa, yangi qo‘yilmalarning bir qismi shu qo‘yilma egalarini kreditlash uchun yo‘naltirilishi kerakligini anglatadi.
Ko‘rib chiqilgan 2 metod bir muncha soddalashtirilgandir. Ularning qaror qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi normativ yo‘riqnomalar kompleksi sifatida emas, balki aktivlarni boshqarish bilan bog‘liq muammolarni echish usullarini aniqlashda bank boshqaruviga yordam beruvchi umumiy sxema chegarasida qarash kerak. Ko‘rib chiqilgan 2 metod aktiv va passivlar turli moddalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni analiz qilishning ilmiy boshqarish sodda usullariga to‘g‘ri keladi.
Boshqarish va tahlil qilishning 3 usuli ilmiy metod, shuningdek EHMni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu metod nisbatan murakkab matematik metodlar va EHM orqali boshqarish muammolariga yondashishni kasb etadi.
Endi tijorat banklarini passiv operatsiyalarini ko‘rib chiqamiz. Passiv operatsiyalar tijorat banklari uchun muhim rol o‘ynaydilar. Ular yordamidagina banklar pul
bozorlarida kredit resurslariga ega bo‘ladilar:
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud:

  • Qimmatbaho qog‘ozlarni muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslarni yig‘ish;

  • Foyda hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;

  • Boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb qilish; - Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.

Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari, jalb qilingan mablag‘lari va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. YUqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi.
Banklarning o‘z mablag‘lariga bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Banklarni tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar, bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi.
Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklarining kredit resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning asosiysi talab qilib olinguncha depozitlar, muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalarga bo‘linuvchi depozitlardir.
Muddatli depozit schyotlar qat’iy o‘rnatgan muddatga ega bo‘lib, u bo‘yicha egalariga o‘rnatilgan foiz to‘lanadi. Muddatli depozit schyotlarida saqlanuvchi pul mablag‘lariga talab qilinguncha depozitlarga nisbatan majburiy rezervlarga pastroq norma belgilanadi. Mijozlar uchun muddatli depozit schyotlarining yaxshi tomoni ular bo‘yicha yuqori foiz olinishidir, bank uchun esa - likvidlilikni kam rezerv bilan ushlab turish mumkinligi. Muddatli depozitlarning mijozlar uchun kamchiligi, uning past likvidliligi va muddatli depozit schyotlaridagi mablag‘larni hisob - kitob va joriy to‘lovlarga ishlatib bo‘lmasligidir. Talab qilib olinguncha depozitlar schyotlarida saqlanuvchi mablag‘lar xarakteridan kelib chiqib tasniflanadi: turli mulk shaklidagi korxonalar va tashkilotlarning hisob - kitob, joriy, byudjet schyotlaridagi mablag‘lar; turli fondlarni saqlash bo‘yicha maxsus schyotlardagi mablag‘lar, kapital qo‘yilmalar uchun mo‘ljallangan korxonalarning o‘z mablag‘lari; boshqa banklar bilan hisoblashish bo‘yicha korrespondentlik schyotlaridagi mablag‘lar, mahalliy byudjet mablag‘lari.
Jamg‘arma qo‘yilmalar ularning hisoblash xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagilarga bo‘linadi: muddatli, qo‘shimcha qo‘yish bilan muddatli, yutuqli, pul buyum yutuqli; shartli; jamg‘arma sertifikatlar va boshqalar.
Bank aktivlarining qiymatini to‘g‘ri hisoblash va ulardan keladigan daromadlarni to‘g‘ri hisob - kitob qilib rejalashtirish bank faoliyatining samaradorligiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi kunga kelib banklar mablag‘larni shakllantirish va daromadni ortishining yangi manbalariga murojaat qilmoqdalar, ya’ni aktivlarni sek’yuritizatsiyalash va kafolatli kredit xatlarini chiqarishdir. Banklar bunday daromad va rezervlar manbalariga asosan ular banklar faoliyatini tartibga solish va jahon moliya bozoridagi investorlar muomalasini o‘zgartirishga yordam berganligi uchun murojaat qiladilar. Bunday tartibga solishning yangi normalari uzoq muddatli kapitalining pozitsiyasini mustahkamlashni talab etadi. Ko‘pgina bankirlar shuni angladilarki, "kapital - aktivlar" munosabatini samarali yaxshilash vositasi bo‘lib balansdan tashqari aktivlarni sotish hamda aktivlarni qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali paketlashtirish va aktivlarni o‘zini rezervda saqlash hisoblanadi.
Yüklə 316 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin