Pul va banklar Tijorat banki aktivlarini riskka tortish tartibi.
3. GEP va uni boshqarish. Foiz stavkalari o‘zgarishiga ta’sirchan aktiv va passivlar o‘rtasidagi miqdorning uzilishi pullik GEP (yoki bankning sof bahosi) deb nomlanadi va u quyidagi formula orqali nomlanadi:
GEP= ATF- PTF,
Ushbu ko‘rsatkich foiz riski darajasini baholash imkoniyatini beradi. Foiz riskini baholovchi boshqa ko‘rsatkich GEP munosabat deb nomlanadi (yoki foizli GEP, yoki GEPning ta’sirchanligi):
АСФ GEP(%)= ,
ПСФ Ko‘rsatkichning kamchiliklari: birinchidan, foiz stavkalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq daromadning o‘zgaruvchanligini ko‘rsatib bermaydi, ikkinchidan esa bank kattaligini hisobga olmaydi.
GEPni quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Manfiy GEP bank passivlarining foiz stavkalari o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lgan aktivlariga nisbatan ko‘proqligini anglatadi.
Bank mablag‘larni qisqa muddatga olib, uni uzoq muddatga joylashtirgan holatlar rentabellik hisoblanadi. SHuningdek, bank past narxlardan olib, uni daromadliroquzoq muddatli bozorda kreditga qo‘yadi. Manfiy GEP holatidagi bank foiz stavkalarining tushishidan foyda ko‘radi. Stavka oshganda, manfiy GEP sezilarli darajadagi foiz riskini vujudga keltiradi, chunki narxlar daromadli aktivlardan ko‘riladigan foydaga nisbatan tezroq osha boshlaydi. Inflyasiya holatlarida manfiy GEP moliyaviy fojealarga olib keladi: daromadlar o‘rnini zararlar egallaydi, bankning moliyaviy barqarorligi buziladi, bu esa to‘lovga layoqatsizlikka olib keladi.
Nolli GEP bankning aktiv va passivlarini muddatlar bo‘yicha moslashtirishni anglatadi. Ushbu holatni odatda neytral risk deb nomlashadi. Nolli GEP holatli bank foiz stavkalari o‘zgarish jarayonida o‘zining portfelida “sarf qilinmaydigan” ssudalarni saqlaydi. SHuni inobatga olish kerakki, aktiv va passivlar bo‘yicha foiz stavkalarning bir xilda o‘zgarishi sof foiz daromadiga ta’sir qilmaydi. Lekin, ushbu nolli GEP holatida foiz stavkalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan riskning paydo bo‘lish imkoniyati yo‘q degani emas. Muammo shundan iboratki, aktiv va passivlar bo‘yicha stavkalarning o‘zgarishi sinxronlanmagandir. Ssudalar bo‘yicha foiz stavkalar bank rahbariyati tomonidan shartnoma asosida belgilanadi, ular esa bozor stavkalari o‘zgarishidan orqada qoladi, ayniqsa foiz siklining burilish nuqtalarida (4-rasmga qarang). “Nolli qirqilish” taktikasi bankning mohirliik (manyovrchanlik, harakatchanlik) sifatini kamaytiradi, bu esa yuksalish paytlarida bank foydasining o‘sishini to‘xtatadi va tushish (spad) paytlarida esa uning tushishini yumshatadi.
Musbat GEP bank aktivlarining foiz stavkalari o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lgan passivlariga nisbatan ko‘proqligini anglatadi. Agar foiz stavkalarining darajasi kamayish tendensiyasiga ega bo‘lsa, bankning foiz daromadi foiz qaytarish to‘lovlari xarajatlariga nisbatan tezroq kamayadi. SHu tariqa musbat GEP holatiga ega bo‘lgan bank foizlar tushishidan zarar ko‘radi va uning oshishidan daromad oladi.
Bankning daromadlilik ko‘rsatkichi – spred tushunchasini kiritamiz. Spred – aktiv va passiv operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalari o‘rtasidagi tafovutdir.