Rivojlantirish instituti



Yüklə 2.8 Kb.
PDF просмотр
səhifə18/20
tarix28.04.2017
ölçüsü2.8 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Oqsillarning sifat reaksiyalari. Oqsillar uchun xarakterli
reaksiyalar quyidagilardir:
a) biuret reaksiyasi: ishqoriy muhitda mis (II) sulfatning
eritmasi binafsha rangga bo‘yaladi. Biuret reaksiyasi —CO—NH—
bog‘lar yoki peptid bog‘lar uchun xos reaksiyadir. Masalan, di-
peptid — ko‘k,  tri peptid binafsha,  yuqori peptidlar  esa qizil rang
beradi.
b) ksantoprotein reaksiyasi  kons. HNO
3
 kislota ta’sirida sariq
rangga bo‘yaladi, kons. (25%) NH
4
OH ta’sirida esa sariq rang to‘q
sariq rangga o‘tadi.
d) milon reaksiyasi — oqsilni simob nitrat tuzining nitrat va
nitrit kislotalardagi eritmasi bilan qizdirilganda oqsil qizil-qo‘ng‘ir
cho‘kma beradi,  bu reaksiya tirozin va tri ptofanlar  uchun xos.
e) ningidrin reaksiyasi — ningidrin eritmasi bilan qo‘shib
qizdirilsa, ko‘k bo‘yalish beradi.
Laboratoriya ishlari
1. Probirkaga 2—3 ml oqsil modda eritmasidan (bu eritma 1
dona tuxum oqini 150 ml suvda eritib tayyorlanadi) olib unga
konsentrlangan HNO
3
 dan 1—2 ml qo‘shing va bu aralashmani
ohistalik bilan qizdiring. Bunda oqsil moddasi bir joyga to‘planib
oladi va sariq bo‘yalish ro‘y beradi. Probirkadagi aralashmaga ammiak
eritmasidan qo‘shganda sariq rangli eritma to‘q sariq rangga bo‘yaladi.
Bunday bo‘yalish oqsil moddalar tarkibida aromatik yadrolari (fenil-
alanin,  tirozin,  tri ptofan)  borligini ko‘rsatadi.
10-rasm. Oqsil molekulasining: a—uchlamchi, b—to‘rtlamchi strukturasi.
a
b
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 8 9
2. Biuret reaksiyasi
Probirkaga 2—3 ml oqsil modda eritmasidan quyib, 1—2 ml
10% li ishqor, 1—2 tomchi 2% li mis kuporosi eritmasidan
qo‘shganda qizil-binafsha bo‘yalish ro‘y bersa, oqsil moddasi
tarkibida peptid bog‘i (—CO—NH—) borligini ko‘rsatadi.
3. Milon reaksiyasi
Milon reaktivini tayyorlash uchun bir qism simob, 2 qism
HNO
3
 da (kons.) eritilib, hosil bo‘lgan eritmaning hajmiga ikki
barobar ko‘p suv qo‘shiladi.
Probirkaga 2—3 ml oqsil modda eritmasidan quyib, 1—2 ml
Milon reaktividan qo‘shing va qizdiring. Bunda oqsil moddasi bir
joyga to‘planib, pushti rangga bo‘yaladi. Bu reaksiya oqsil moddasida
tirozin gruppasi borligini ko‘rsatadi.
4. Oqsil moddasini spirt bilan cho‘ktirish
Oqsil modda eritmasiga etil spirtidan ozgina qo‘shilsa, cho‘kma
hosil bo‘ladi. Agar bu cho‘kmaga tezlik bilan suv qo‘shilsa, cho‘kma
erib ketadi. Agar shu reaksiyani mis kuporosi eritmasi tomizib
olib borilsa ham cho‘kma hosil bo‘ladi.
Oqsil moddalari kuchsiz ishqoriy sharoitda simob tuzlari va
qo‘rg‘oshin tuzlari ta’sirida ham cho‘kma hosil qiladi. Lekin bunday
cho‘kmalar suv qo‘shganda erimaydi.
5. Oqsillardagi oltingugurtni aniqlash
Probirkaga qo‘rg‘oshin (II) asetat eritmasidan 0,5 ml quyib,
o‘yuvchi natriy eritmasidan qo‘shiladi. Bunda qo‘rg‘oshin (II)
gidroksid cho‘kmaga tushadi. Ikkinchi probirkaga 2—3 ml oqsil
eritmasi va shuncha plumbit eritmasi quyiladi. Probirkalardagi
eritmalarni aralashtirib, qaynaguncha 2—3 minut qizdirilsa, qora
cho‘kma hosil bo‘yaladi. Bu qo‘rg‘oshin (II) sulfid hosil bo‘lgan-
ligini ko‘rsatadi.
Savol va mashqlar
1. Aminokislotalar deb qanday birikmalarga aytiladi?
2
α-aminokislotalarni olish usullarini yozing.
3. Aminokislotalarning amfoterlik xossasini ko‘rsatuvchi reaksiyalarni yozing.
4
α-, β- va γ-aminomoy kislotasini qizdirish natijasida qanday birikmalar
hosil bo‘ladi?
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 0
5. Uch  molekula  glitsindan hosil bo‘lgan tri peptidning formulasini yozing
va peptid bog‘ini ko‘rsating.
6. Oqsillarning tabiatda tarqalishi.
7. Oqsillarga xos bo‘lgan sifat reaksiyalari.
8. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi oqsilning tuzilish formulalarini
yozing.
Molekulasidagi uglerod va boshqa element atomlaridan tuzilgan
halqalar (sikllar) ni saqlagan birikmalarga geterotsiklik birikmalar
deb ataladi. Uglerod atomidan tashqari geterotsikl tarkibiga kirgan
element atomlarini geteroatomlar deyiladi. Tarkibida azot, kislorod,
oltingugurt kabi geteroatom bo‘lgan geterotsiklik birikmalar muhim
ahamiyatga ega.
Geterotsiklik birikmalar sikldagi zvenolarning va geteroatom-
larning soniga, geteroatomning tabiatiga va boshqa belgilariga qarab
klassifikatsiyalanadi. Geterotsiklik birikmalar 3, 4, 5 va 6 a’zoli
sikllardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. 5 va 6 a’zoli halqalardan
tashkil topgan geterotsiklik birikmalar keng tarqalgan. Gete-
rotsikllarda bir, ikki va bir necha geteroatom hosil bo‘lishi mumkin.
Ular ikki va bir necha sikllarni qo‘shilishidan ham hosil bo‘lishi
mumkin.
Geterotsiklik birikmalar tuzilishi va xossalari jihatidan karbo-
tsiklik birikmalardan farq qiladi. Geterotsiklik birikmalar barqaror-
ligi, ba’zilari o‘zlarining xossalari jihatidan benzolga yaqin turadi,
ya’ni aromatik xarakterga ega bo‘ladilar.
Geterotsiklik birikmalarning asosiy sinflari quyidagicha:
1. 5 a’zoli 1 ta geteroatomli birikmalar.
Geterotsiklik birikmalar
 XVII bob.
furan
tiofen
pirrol
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 1
3. 6 a’zoli 1 ta geteroatomli birikmalar.
4. 6 a’zoli 2 ta geteroatomli birikmalar.
5. Ikki halqali geterotsiklik birikmalar.
 2. 5 a’zoli 2 ta geteroatomli birikmalar.
Nomenklaturasi.  Bir geteroatomli geterotsiklik birikmalarni
ratsional nomenklaturaga ko‘ra nomlashda ham tegishli gete-
rotsikllarning trivial nomlari asos qilib olinadi. Yon zanjirda funk-
sional gruppalar saqlagan birikmalarning nomi esa tegishli gete-
rotsiklik radikallarning nomidan foydalanib tuziladi. Besh a’zoli
geterotsiklik birikmalarda o‘rinbosarlarning holati 
α, α
1

β, β

va
olti a’zoli geterotsiklik birikmalarda — 
α, α
1

β, β

γ harflari bilan
belgilanadi:
oksazol
tiazol
imidazol
piran
tiopiran
piridin
dioksin
tiazin
pirazin
pirimidin
HC
HC
indol
xinolin
purin
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 2
Sistematik nomenklaturasiga ko‘ra nomlashda geterotsiklning
trivial nomi asos qilib olinadi. Halqadagi o‘rinbosarlarning holati
esa raqam bilan ko‘rsatiladi.
Quyida eng muhim 5 va 6 a’zoli geterotsiklik birikmalar hamda
ularning hosilalari bilan tanishib chiqamiz.
Pirrol rangsiz, havoda tez oksidlanadigan beqaror suyuqlikdir.
Uning qaynash temperaturasi 131°C. Pirrol suvda yomon, lekin
spirt va efirda oson eriydi. Uning ta’sirida xlorid kislota bilan ho‘l-
langan cho‘p qizil rangga bo‘yaladi. Pirrol kislorod va oltingu-
gurt saqlaydigan besh a’zoli geterotsikllar bilan genetik bog‘lan-
gan. Y. K. Yuryevning ko‘rsatishicha, 300°C da Al
2
O
3
 katalizatori
ishtirokida ular o‘zaro bir-biriga o‘tib turadi.
Pirrol juda kuchsiz asos, uning imino gruppa vodorodi kuchsiz
kislota xossasiga ega. Na va K kabi ishqoriy metallar bilan oson
gidrolizlanadigan natriy yoki kaliyli tuzlarini hosil qiladi:
pirrol
2-metil pirrol
piridin
β-metil piridin
4-nitro-2-aminopiridin
furan
tiofen
pirrol
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 3
13—Organik kimyo
Pirrol va uning hosilalari aromatik xossalarni yaqqol namoyon
qiladi. U o‘z xossalari jihatidan fenolga ham o‘xshaydi. Pirrol xlor,
brom, hattoki, yod bilan oson elektrofil o‘rin almashinish
reaksiyasiga kirishadi. Masalan, ishqoriy muhitda yodlashda
pirrolning to‘rtta vodorodi yodga almashinadi, natijada 2,3,4,5
tetrayodpirrol hosil bo‘ladi:
Pirrol rux kukuni va suyultirilgan xlorid kislota (Zn+HSl) bilan
gidrogenlanib pirrolin, Rt yoki Ni katalizatori ishtirokida vodorod
yoki NJ bilan gidrogenlanganda pirrolidinga aylanadi:
    
    pirrolidin                                                          pirrolin
Pirrolning gidrogenlanishidan hosil bo‘lgan pirrolin va pirro-
lidinlar kuchli asos xossasiga ega. Pirrol va pirrolidin halqalari tabiatda
ko‘pgina alkaloidlar tarkibida uchraydi: nikotin, atropin, kokain
va hokazo. Oqsillar  tarkibidagi prolin, oksi prolin va tri ptofan,
qon gemoglobini, yashil o‘simliklar pigmenti— xlorofill pirrol va
uning hosilalaridir.
Piridin — bir geteroatomli olti a’zoli geterotsikllarning eng  muhim
vakili  bo‘lib, o‘ziga  xos  yoqimsiz hidli  suyuqlik.




J
NaOH
4
J
4
2
O
H
4
NaJ
4
J
2



J
J
N
¦
H
N
¦
H

 


 

N
¦
H
N
¦
H
N
¦
H
)
H
(
K





 





 
O
H
2
+ÊÎÍ
N
¦
H
N
¦
K
N
¦
H
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 4
Qaynash temperaturasi 115°C. Suv bilan har qanday nisbatda
aralashadi.
Piridin yadrosi ko‘pgina tabiiy birikmalar — alkaloidlar,
vitaminlar tarkibida uchraydi. Sanoatda piridin va uning gomologlari
toshko‘mir smolasidan ajratib olinadi.
Piridin asos xossasiga ega, uning suvli eritmasi lakmusni ko‘kar-
tiradi. Piridin suv bilan ammoniy gidroksidga o‘xshash birikma
hosil qiladi:
Piridin kuchli kislotalar bilan oson kristallanadigan tuzlar hosil
qiladi. Piridin yadrosi xuddi benzol singari oksidlovchilar va
kislotalarga nisbatan barqaror bo‘lib, aromatik xossalarni yaqqol
namoyon qiladi. Piridin yadrosida elektronlarning taqsimlanishi
elektrofil almashinish reaksiyalar 
β− vodorod ishtirokida, nukleofil
reaksiyalar esa 
 α− va  γ− vodorod ishtirokida ketishini ko‘rsatadi:
Piridin elektrofil o‘rin olish reaksiyalariga benzolga nisbatan qiyin
(kislotali muhitda) kirishadi. Bunday muhitda piridin kation holatida
bo‘ladi.
Azotdagi musbat zaryad yadroning umumiy elektron zichligini
yanada kamaytiradi, natijada elektrofil reagentlarning hujumi
qiyinlashadi. Piridin nitrolash, galogenlash va vodorod bilan
HOH
OH



















H
¦
N
N
0,98
1,01
0,89
N

 


+
N
H
N

www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 5
Aksincha, nukleofil o‘rin olish reaksiyalari piridinda oson boradi.
Masalan,  2-xlorpiridin ishqoriy muhitda osongina 2-oksi piridinga
qadar gidrolizlanadi:
2-oksi piridin
2-oksi piridinning tautomer  shakli 2—Cl piridindir:
laktim shakl
laktam shakl
Bu yerda muvozanat o‘ngga kuchli siljigandir. Piridinning hosilalari
tirik organizmda sodir bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlarda muhim
rol o‘ynaydi. Vitamin PP — nikotin kislotaning amidi bo‘lib,
pellagra kasalligini davolashda ishlatiladi.
N
—ÎÍ
N
¦
H
Î
qaytarish reaksiyalari yuqori temperaturada va katalizator ishtirokida
boradi. Bunda reaksiya mahsulotlarining unumi yuqori bo‘lmaydi:
<

OH

N
N
—Cl
—OH
+Cl

www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 6
piridoksin                         piridoksal                           piridoksamin
(vitamin B
6
)
Pirimidin va uning hosilalari. Ikki geteroatomli olti a’zoli gete-
rosikllarning eng muhimi pirimidindir. Pirimidin yadrosi nuklein kis-
lotalar, vitaminlar, alkaloidlar va dorivor moddalar tarkibiga kiradi:
pirimidin
Pirimidin rangsiz kristall modda bo‘lib, 22°C da suyuqlanadi va
124°C da qaynaydi, suvda yaxshi eriydi.
Pirimidin kuchli kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Elektrofil
almashinish reaksiyalari pirimidinga (piridinga o‘xshash) qiyin
ketadi va reaksiyalar 5- holatdagi vodorod hisobiga boradi. Nuklein
kislotalar kimyosida pirimidinning gidroksi va aminohosilalari
bo‘lgan uratsil, timin va sitozinlar katta ahamiyatga egadir.
2. 4-dioksi pirimidin (uratsil)
N
nikotin kislota
vitamin PP
     izoniazid
Izoniazid esa sil kasalligini davolashda ishlatiladi. Vitamin B
6
(piridoksin) ham piridinning hosilasidir. Organizmda piridoksin
fermentativ oksidlanish-qaytarilish va aminokislotalarni dekarbo-
ksillash jarayonida katta rol o‘ynaydi.
N
N
—ÑOOH
—ÑONH
2
        O=C—NH—NH
2
N

ÑH
2
ÎÍ
ÍÎ

Í
3
Ñ—
ÑH
2

2
N
ÑH
2
ÎÍ
N

ÑH
2
ÎÍ
ÍΗ
Í
3
Ñ—
N
Î
ÍΗ
N
—ÑÍ
2
OH
Í
3
Ñ—
Ñ—Í
N
OH
OH
O
O
H
Ñ
N
N
N—H
Ñ
N
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 7
5-metil-2,4-dioksi pirimidin (timin)
2-oksi-4-aminopirimidin (sitozin)
Kristall holatdagi uratsil, timin va sitozinlar laktam shaklida
mavjud bo‘ladi, bunday shaklda bo‘lishligi bir qator fizik-kimyoviy
metodlar yordamida aniqlangan. Bu uch birikma yuqori
temperaturada suyuqlanadigan (300°C dan yuqori), suvda yaxshi
eriydigan moddalardir, ular sintetik usullar bilan ham olingan.
Purin va uning hosilalari. Purin aromatik geterotsikl bo‘lib,
uning molekulasi pirimidin bilan imidazol halqalarining
kondensirlanishidan tarkib topgan:
Purin suvda oson eriydigan kristall modda, suyuqlanish
temperaturasi 217°C. Purin kuchsiz asos bo‘lib, oksidlovchilar
ta’siriga chidamli.
Purin tabiatda topilgan emas, lekin molekulasida purin yadrosi
tutgan moddalar o‘simlik va hayvonot dunyosida ko‘p uchraydi.
Purinning gidroksi va aminohosilalari juda katta ahamiyatga egadir.
Ular tautomer shaklda bo‘lib, kristall holatda quyidagi tuzilishga
ega:
N
OH
NH
2
N
NH
2
N
N
H
¦
O
N
purin
H
¦
N
OH
O
H
3
Ñ—
H
3
Ñ
OH
O
N
N
Ñ
Ñ
N—H
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 8
Barcha oksi- va aminopurinlar yuqori temperaturada suyuqla-
nuvchi (300°C dan yuqori), rangsiz kristall moddalar bo‘lib,
suvda yomon eriydi. Siydik kislota, mochevina bilan birga siydik
tarkibiga kiradi va tirik organizmdan siydik tarzida birga ajraladi. Qush
va sudralib yuruvchilar chiqindisida, bo‘g‘ma ilonning chiqindisida
uning miqdori 90% gacha bo‘ladi.
Adenin va guanin nuklein kislotalarning asosiy qismini tashkil
etib, bular choy, qandlavlagi tarkibida ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Alkaloidlar
Alkaloidlar — tarkibida azot atomi tutgan, asos xossalariga ega
bo‘lgan, ayrim o‘simliklar tarkibida uchraydigan, odam va hayvon
organizmiga kuchli fiziologik ta’sir qiladigan murakkab organik
birikmalardir.
Ko‘pgina o‘simlik ekstraktlarining shifobaxsh va zaharli
xususiyatlari juda qadim zamonlardan ma’lum. Fransuz farmatsevti
Segen (1804-yili) tozalanmagan morfinni, nemis farmatsevti
Sertyurner (1906-yili) toza morfinni, rus olimlaridan F. I. Gize
(1815-yili) xininni, A. A. Voskresenskiy (1842-yili) teobrominni
ajratib oldilar. Alkaloid konining tuzilishi 1886-yilda aniqlangan-
dan so‘ng alkaloidlar kimyosi keng rivojlanib ketdi. Hamma
o‘simliklar alkaloid saqlamaydi. Ko‘knoridoshlar, dukkaklilar,
ayiqtovonguldoshlar, zirkdoshlar kabi oilalarga kiruvchi o‘simliklar
alkaloidlarga boydir.
Alkaloidlarni toza holatda o‘simliklardan ajratib olish ancha
murakkab va ko‘p mehnat talab qiladi. Ular o‘simliklarda, asosan,
tuz holida uchraydi. Alkaloidlarni erkin asos holida ajratib olish
uchun o‘simlik maydalanadi, so‘ngra ammiak yoki soda eritmalari
bilan ho‘llanadi va biror erituvchi (efir, xloroform, spirt) bilan
adenin
(6-aminopurin)
guanin (6-oksi-
2-aminopurin)
siydik kislota
(2,  6,  7-trioksi purin)
H-N
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 9 9
ekstraksiya qilinadi. Olingan ekstrakt suyultirilgan kislotalarning,
masalan, 10% li H
2
SO
4
 eritmasi bilan ishlanadi. So‘ngra kislotali
eritmaga eritma ishqoriy muhitga o‘tgunga qadar ishqor yoki ammiak
eritmasi qo‘shiladi va alkaloidlar tegishli erituvchilar yordamida
ekstraksiyalab ajratib olinadi. Bu usulda alkaloidlar aralashma holida
olinadi. Hozirgi vaqtda alkaloidlar aralashmasidan toza individual
alkaloidlarni ajratib olish uchun xromatografiya usullarining barcha
turlari (adsorbsion, ion-almashuvchi, yupqa qatlamda xromato-
grafiya, gaz— suyuqlik xromatografiya) va hozirgi zamon analitik
usullar keng qo‘llaniladi.
Rus olimi akademik A. P. Orexov Rossiyada alkaloidlar kim-
yosiga asos soladi.
O‘zbek olimlari, mehnat qahramonlari, akademiklar S. Y. Yu-
nusov va O. S. Sodiqovlar alkaloidlar kimyosi maktablarini yaratib,
o‘zlarining shogirdlari bilan birgalikda o‘zbek alkaloidlar kimyosini
dunyo miqyosiga olib chiqishga muyassar bo‘ldilar.
Nikotin. Tamaki (Nicotiana tabacum) o‘simligining bargi va
ildizida uchraydigan,  suvda yaxshi eriydigan moysimon suyuqlik.
U eng zaharli alkaloidlardan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligida kontakt
insektitsidi sifatida ishlatiladi.
Anabazin. O‘rta Osiyoda o‘sadigan  Anabasis aphyhla“ zaharli
o‘simlikning asosiy alkaloidi bo‘lib, rangsiz, moysimon, kuchli
zaharli suyuqlikdir. 1929-yilda anabazinning tuzilishini A. P. Orexov
aniqlagan.
Anabazin nikotin singari qishloq xo‘jaligida kontakt insektitsidi
sifatida ishlatiladi.
H
¦
N
N
N
3
CH
N
¦
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 0 0
Akademik O.S. Sodiqov maktabida anabazin alkaloidi asosida
mingdan ortiq yangi moddalar sintez qilinib, ularning ko‘pchiligi
xalq xo‘jaligiga tatbiq etiladi.
Galantamin — uni akademik S. Y. Yunusov maktabida Sur-
xondaryo viloyatida o‘sadigan  Unqernia victoris“ (Omon qora)
o‘simligining yer ustki qismidan (Toshkent kimyo farmatsevtika
zavodida) olinadi. Galantamin vodorod bromid tuzi tibbiyotda
bolalarni shol kasalliklaridan (poliomiyelit) davolashda ishlatiladi.
Uni xlorid kislota bilan ishlab, metilopogalantamin preparati
olinadi, u qon bosimni tushiruvchi dori sifatida keng ishlatiladi.
Kofein — choy bargini qayta ishlash sanoatida choy barglari
chiqindisidan olinadi. U oq kristall bo‘lib, 234—237°C eriydi,
tibbiyotda markaziy nerv sistema ishlarini yaxshilashda keng
ishlatiladi.
                                                          kofein
Nuklein kislotalar
Nuklein kislotalar (NK) yuqori molekular birikmalar bo‘lib,
tirik organizmlardagi irsiy belgilarning nasldan naslga o‘tishi,
galantamin
metilopogalantamin
N
¦
C
3
H
C
N
¦
H
3
Ñ-N
O

N
¦ ¦
O
C
CH
3
HCl
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 0 1
oqsillarning biosintezi kabi muhim hayotiy jarayonlarda katta rol
o‘ynaydi. Shuning uchun ham keyingi yillarda nuklein kislotalarni
o‘rganishga alohida e’tibor berilmoqda. Nuklein kislotalar birinchi
marta 1868-yilda F. Misher tomonidan topilib, ularning tuzilishi
uzoq vaqtgacha aniqlanmagan. Asrimizning 40- yillariga kelib A. Todda
nuklein kislotalarning tuzilishini o‘rganib, ularning molekulasida
β-D-ribofuranoza va 2-dezoksi-β-D-ribofuranozalar kabi pen-
tozalarning uzun zanjiri bo‘lishligini aniqladi.
ÍÎÍ

Ñ
ÎÍ
Í
ÎÍ
Í
Í Í
ÎÍ
ÍÎÍ
2
Ñ
ÎÍ
Í
ÎÍ
Í
Í Í
Í
Nuklein kislotalarning tuzilishini o‘rganishda ularning o‘ziga xos
fermentlar, kislota va ishqorlar ishtirokida gidrolizlanish reaksiyasi
muhim rol o‘ynaydi. Nuklein kislotalar quyidagi bosqichli sxema
bo‘yicha bosqichli gidrolizlanadi:
Nuklein kislotalar 
H
H
HOH
HOH
nukleotidlar




→ Nukleozoidlar 
HOH
H
)
PO
H
(
4
3


 



Purin asoslari (adenin, gua-
nin) 
→ Pirimidin asoslari (sitozin, uratsil, timin) → Pentozalar
(riboza, dezoksiriboza).
Sxemadan ko‘rinib turibdiki, nuklein kislotalar gidrolizining
so‘nggi bosqichida purin va pirimidin asoslari, uglerod kompo-
nentlari riboza, dezoksiriboza va fosfat kislota hosil bo‘ladi. HK
tarkibiga kiruvchi purin va pirimidin asoslari:
β-D-ribofuranoza                 2-dezoksi-β-D-ribofuranoza
H
3
C—
NH
2
sitozin(s)                   uratsil (u)                         timin (t)
O
O
C
Î
C
C
H
¦
N
H
¦
N
H
¦
N


N
Ñ=O
Ñ=O
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 0 2
pentozalarning qoldig‘i bilan birikkan.
Nuklein kislotalar ikki katta sinfga bo‘linadi:
1. Dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) — to‘liq gidrolizlan-
ganda adenin, guanin, sitozin, timin, dezoksiriboza va fosfat kislo-
talar hosil bo‘ladi.
2. Ribonuklein kislotalar (RNK) — gidrolizlanganda esa
adenin, guanin, sitozin, uratsil, riboza va fosfat kislotaga par-
chalanadi.
Demak, DNK RNK dan tarkibiga kiruvchi pentozalarning
hamda pirimidin asoslarining turlicha bo‘lishligi bilan farqlanadi,
ya’ni DNK molekulasi tarkibida dezoksiriboza hamda pirimidin
asosi timin qoldig‘i bo‘lsa, RNK molekulasi tarkibiga riboza
(dezoksiriboza o‘rniga) hamda uratsil (timin o‘rniga) qoldiqlari
kiradi.
Nukleotidlar.  Nuklein kislotalarning gidrolizini ishqorlar
ishtirokida nukleotid hosil bo‘lish bosqichida to‘xtatish mum-
kin. Nukleotidlar tarkibidagi molekulalar quyidagi tartibda
joylashgan: purin yoki pirimidin asosi — pentoz-fosfat kis-
lota.
Nukleotidlarda fosfat kislota qoldig‘i pentozalarning C

yoki C
5
uglerod atomlariga birikkan bo‘lib, purin yoki pirimidin asoslari
esa pentozalarning C
1
 uglerodi bilan bog‘langan.
Masalan, RNK ning gidrolizidan hosil bo‘lgan nukleotidlar
quyida keltirilgan.
Quyida keltirilgan nukleotidlar ribonukleotidlar bo‘lib, tarki-
bida dezoksiriboza qoldig‘ini tutuvchi nukleotidlar esa dezok-
sinukleotidlardir. DNK tarkibiga kiruvchi barcha (to‘rtta) de-
zoksinukleotidlar DNK ni gidrolizlanishidan hosil bo‘lishi mum-
kin.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə