S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova



Yüklə 458,9 Kb.
səhifə7/75
tarix03.09.2023
ölçüsü458,9 Kb.
#141369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org

7.Ye f i m o v A.I. Istoriya russkogo literaturnogo yazika. Kurs leksiy. - M.: izd. MGU, 1954.

8.I s k o v i ch V.A. Yazikovaya norma. - M., 1968.

9.K a r i m o v S., J o‘ r a ye v T. O‘zbek tili uslubiyati va nutq madaniyati. Bibliografik ko‘rsatkich. – Samarqand, SamDU nashri, 2001.

10.O j e g o v S.I. Leksikologiya. Leksikografiya. Kultura rechi. – M., 1974.
11.Osnovi kulturi rechi. Xrestomatiya. – M.: Visshaya shkola, 1984.


12.SH e r b a L.V. Sporniye voprosi russkoy grammatiki // Russkiy yazik v shkole, 1939, №1.

13.Q o‘ n g‘ u r o v R., K a r i m o v S. O‘zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati. Bibliografik ko‘rsatkich. – Samarqand, 1984.

14.H u s a y n V o i z K o sh i f i y. Futuvatnomai sultoniy // Sharq yulduzi, 1993, № 3-4.
-22-
3-MAVZU : Nutqning asosiy xususiyatlari
R e j a :

  1. Nutqning to‘g‘riligi.

  2. Nutqning aniqligi.

  3. Nutqning mantiqiyligi.

  4. Nutqning tozaligi.

  5. Nutqning ta’sirchanligi.


Tayanch so‘z va iboralar : nutq matnning tashqi ko‘rinishi, namunaviy nutq, nutq oldiga qo‘yiladigan talablar, to‘g‘rilik, mantiqiylik, chiroylilik, yorqinlik, ta’sirchanlik, jozibadorlik, obrazlilik, ortologiya, notiqlik san’ati, Siseron, Dionis Galikarnas, Husayn Voiz Koshifiy, har bir xususiyatga xos fonetik, leksik, grammatik jihatlar, urg‘u, morfologik va sintaktik chalkashliklar, ta’sir, ruhiyat, tildan tashqari omil, mavzu, muvofiqlik, ruhiy vaziyat, auditoriya, bilim, savodxonlik, samimiyat, e’tibor, subyektiv mulohaza, nutq rejasi, nutqiy mashq.
Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, u faqatgina tilga bog‘liq hodisa sanalmasdan, shu bilan birga, ham ruhiy, ham estetik hodisa hisoblanadi. Shuning uchun ham unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko‘zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo‘lgan muddaoning to‘liq borib yetishi, ularga ma’lum ta’sir o‘tkazishi nazarda tutiladi hamda bu vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar qo‘yiladi. Bu talablar grammatik jihatdan nutqning to‘g‘ri bo‘lishini, so‘zlar ko‘zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta’sirchan bo‘lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot – ortologiya ana shu sifatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Qadimgi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida e’tibor berib kelishgan. Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o‘zida aks ettiruvchi qoidalar ishlab chiqishgan. Mashhur notiq Siseron fikricha, aniqlik va tozalik nutq uchun shunchalik zarurki, ularni asoslab o‘tirishning ham hojati yo‘q. Ammo notiq tinglovchilarni o‘ziga jalb qilishi uchun bu sifatlar hali

-23-
yetarli emas. Buning uchun nutq jozibador bo‘lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga muvofiqlikni muhim deb hisoblagan. XV – XVI asr O‘rta Osiyo ma’naviyatining yirik vakili hisoblangan Mavlono Husayn Voiz Koshifiy ham «Futuvvatnomai sultoniy» asarining «Tariqat ahlining odobi» deb nomlangan beshinchi bobida nutqning bu fazilatlari haqida muhim tezislarni ilgari surgan.


Xullas, ma’naviyati va madaniyati shakllangan xalqlar uchun notiqlik san’ati inson faoliyatida muhim omillardan sanalgan hamda asosiy e’tiborni nutqning yaxshi bo‘lishiga qaratgan o‘z nazariyotchilari ham bo‘lgan.
Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashtiradigan bo‘lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo‘ladi: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.



Yüklə 458,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin