S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


Kimyo sanoati korxonalari tomonidan gidrosferaning ifloslanishi



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

6. Kimyo sanoati korxonalari tomonidan gidrosferaning ifloslanishi.
7. 
Ikkilamchi resurslardan foydalanish.
Tayanch so‘z va iboralar
Aerozollar, avtotransport tutun gazlari, atmosferaning ifloslanishi, 
gidrosferaning ifloslanishi, chiqindilar normasi, material balans.
64


4-BOB. ATMOSFERANI MUHOFAZA QILISH
4 .1 . Chiqindi gazlarni tozalash va zararsizlantirish usullari
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarga sanoat korxonalari, 
issiqlik elektr stansiyasi, avtotransport va boshqalar kiradi. Ushbu 
manbalarning har biridan spetsifik zaharli moddalar ajralib chiqadi
b a ’zan murakkab aralashm a holatida b o ‘lganligi tufayli ularni 
identiflkatsiya qilish mumkin bo'lmaydi.
Atmosferaga iflos manbalardan to‘xtovsiz va davriy ravishda, birdaniga 
ko‘p miqdorda zaharli chiqindilar tashlanadi. Chiqindi gazlar bilan birga 
atmosfera havosiga qattiq, suyuq, par va bug4 holatidagi noorganik va 
organik moddalar chiqariladi. Bu iflos chiqindilar agregat holatiga binoan 
qattiq, suyuq, gaz holatidagi va aralash turlariga bo‘linadi.
Tarkibida suyuq va qattiq holatdagi zarrachalari bor bo‘lgan 
korxonalarning gaz chiqindilari ikki fazali sistemani tashkil qiladi. 
Dispersion muhit gaz bo'lib, dispers faza esa — qattiq zarrachalar va 
suyuqlik tomchilaridir. Bunday aerodispers sistemalar — aerozollar deb 
ataladi va ular changlar, tumanlar va tutunlarga bo‘linadi.
Changlar tarkibidagi zarrachalaming olcham i 5 dan 50 km gacha 
bo‘ladi.
Tumanlar esa olcham lari 0,3—5 mkm. bo‘lgan suyuqlik tomchila- 
ridan iborat bo‘lib, gazda suyuqlikning purkalishi va bug‘lar kon- 
densatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Gaz chiqindilari yana nazorat qilishni va chiqarib yuborilishini 
tashkil qilinishiga binoan — tashkil qilingan va tashkil qilinmagan 
turlariga; temperaturasi bo'yicha — issiq (havo temperaturasidan chang- 
gaz aralashmasi baland temperaturali) va sovuq chiqindilar turlariga; 
tozalanish belgilariga binoan - tozalanmasdan tashlab yuboriladigan 
(tashkil qilingan va tashkil qilinmagan) hamda tozalangandan keyin 
tashlab yuboriladigan turlariga bo‘linadilar.
Atmosfera havosi sanoat chiqindilari bilan ifloslanishini kamaytirish 
uchun texnologik jarayonlar takomillashtiriladi, texnologik jihozlarning 
germetikligi ta’minlanadi, pnevmotransport qo‘llaniladi, turli tozalagich 
inshootlar quriladi. Shuningdek samarali usullardan biri chiqindisiz 
texnologik jarayonlami barpo etishdir.
10-rasmda gazlarni turli aralashmalardan zararsizlantirish usullari 
va jihozlarning tasniflanishi keltirilgan. Ushbu tasniflanish gazlarni 
tozalashning asosiy usul va jihozlarini o‘z ichiga oladi.
65


Aerozollarni (changlar va tumanlar) zararsizlantirish uchun quruq
ho‘l va elektrik usullar qo‘llaniladi. Jihozlar esa tuzilishi jihatidan ham, 
muallaq zarrachalarni cho‘ktirish asoslari bilan ham bir-biridan farq 
qiladilar.
Quruq usul bilan chang zarrachalarini cho'ktiruvchi jihozlar 
gravitatsion, inersion va markazdan qochma kuch asosida yoki fil- 
trlash asosida ishlaydilar.
Ho'llash usuliga asoslangan chang yutgichlar changlangan gazlar 
suyuqlik bilan kontaktlashishi hisobiga ishlaydi. Bunda chang 
zarrachalari tom chilarda, gaz pufaklari yuzasida yoki suyuqlik 
plyonkasida yutiladi.

Elektroffltrlarda aerozolning zaryadlangan zarrachalari cho‘ktiruvchi 
elektrodlarda cho‘kishi hisobiga ajratib olinadi.
Aerozollarni cho‘ktirib olish usul va jihozlar, birinchi navbatda, 
zarrachalaming disperslik tarkibiga qarab tanlanadi.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin