83
Tur. Oddiy tarvuz (Citrullus vulgaris SchraD.
. Tarvuzning barcha iste’mol
qilinadigan navlari shu turga kiradi. MDH hududida Quyi Volga bo‘yi.
Ukraina, Moldaviya, Qrim, Kavkaz va Markaziy Osiyoda ekiladi.
Markaziy
Osiyoda juda ko‘p madaniy navlari yaratilgan. Ko‘p uchraydiganlari Oq
tarvuz, Ola tarvuz,
Chinni tarvuz, Qora tarvuz, Qo‘ziboy, Xaitqora, Mokki va
boshqalar. Bular ko‘p joylarda ekib o‘stiriladi. Mahalliy xalq bulami mevasining
shakliga, rangiga, urug‘iga, etining xususiyati va
mazasiga qarab bir-biridan
oson farqlaydi.
Oddiy tarvuz
-
Citrullus vulgaris Schrad.
bu qovoq oilasiga mansub bir yillik
o‘simlik, poyasi uzun, tarvaqaylab ketgan, uzunligi 4 m gacha yetadigan o‘simlik.
Gullar yakka, barg qo‘ltig‘ida joylashgan, ayrim jinsli.
Meva - shakli, rangi va
o‘lchamlari har xil, ko‘p urug‘li, suvli rezavorlar.Iyun-iyul oylarida gullar; avgust-
sentabr oylarida meva beradi.Tarvuzning vatani Janubiy va Markaziy Af-ning
cho‘l mintaqalari.U O‘zbekistonning barcha hududlarida keng tarqalgan..
Dostları ilə paylaş: