Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


XULOSASI Dissertatsiyaning ixtisoslikka muvofiqligi



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə13/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

XULOSASI
Dissertatsiyaning ixtisoslikka muvofiqligi. Dissertatsiya ishi 08.00.17–“Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligiga mos keladi, uning obyekti sifatida Qashqadaryo viloyati turizm xizmatlar bozorida faoliyat yuritayotgan turizm subyektlari iqtisodiy faoliyati olinganligi muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi. Ilmiy tadqiqot ishida muammoni o‘rganishda ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli tahlil, iqtisodiy-matematik usullar, jumladan, regression tahlil va ilmiy ekspeditsiya kabi usullaridan foydalanilgan.
Dissertatsiyaning ilmiy ahamiyati Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirishga yo‘naltirilgan aniq tavsiyalarning nazariy va metodik asoslarini shakllantirish imkoniyati mavjudligi hamda ulardan turizm sohasini yanada rivojlantirish, turistik salohiyatni keng targ‘ib qilish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish orqali sohada turistik xizmatlarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini oshirish, turistik oqimning barqaror o‘sishiga erishish, O‘zbekistonning boy turistik salohiyatni keng targ‘ib qilish bo‘yicha takliflardan Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi tuzilmalar faoliyatida bevosita foydalanish mumkinligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning 2019-2025-yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga muayyan darajada xizmat qilishi bilan belgilanadi.
Olingan natijalarning asoslanganligi. Ilmiy ishda qo‘llanilgan uslubiy yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi, ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olingani hamda xulosa, taklif va tavsiyalarning amalda sinovdan o‘tganligi, shuningdek, olingan natijalarning amaliyotda foydalanilgani bilan izohlanadi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilanadi.

Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin