Samarqand davlat universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori N.U.Arobov: Savol: Avtoreferatingizning 6-rasmida Interaktiv elektron xaritani keltirib o‘tgansiz. Qashqadaryo viloyatining elektron xaritasi deb Samarqand shaxrining xaritasini keltirgansiz. Qashqadaryoning elektron xaritasi bo‘yicha rasm keltirishngiz kerak emasmidi? Bunga qanday izoh berasiz?
Tadqiqotchi: Savolingiz uchun katta raxmat
Savolingizga javobim. Biz tomonimizdan texnik xatolik sabab 6-rasm Samarqand shaxrining xaritasi qolib ketgan ekan. Chunki biz butun respublika bo‘yicha yagona geoaxborot portalini ishlab chiqishni rejalashtirayotgan edik. Shu nuqtai nazardan xozirgi kunda Samarqand viloyati bo‘yicha ham ishni boshlaganmiz. Bu esa yuqoridagi kabi texnik xatolikka olib keldi. Buning uchun uzur so‘rayman.
Biz tomonimizdan taklif qilingan Qashqadaryo viloyati turistik-rekreasion obyektlarining interaktiv elektron xaritasi GAT texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan interaktiv elektron xarita mintaqada turizm faoliyatini samarali boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan elektron xarita hududdagi turistik va dam olish maskanlari, jozibador turistik resurslari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlarini olish uchun mo‘ljallangan.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor M.Q.Pardayev: Savol: Amalga oshirish bo‘yicha Multiplikativ samara deb bir ikki marta ishlatdingiz. Bu qanday samaradorlik? Shunga bir izoh berib o‘tsangiz.
Tadqiqotchi: Savolingiz uchun katta raxmat
Savolingizga javobim. Multiplikator samara bu turistlar tomonidan kiritilgan mablag‘larning qabul qiluvchi mahalliy iqtisodiyotda necha marotaba takroriy sarflanishini bildiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu esa turistlar tomonidan sarflangan mablag‘lar bevosita yoki bilvosita mahalliy aholining daromadiga aylanadi.
Multiplikator samarasi bu mahalliy iqtisodiyotga turistlar tomonidan kiritilgan pullar qabul qilayotgan hudud doirasida haqiqatda necha marta sarflanganini ifodalaydi.
Multiplikativ samara asosida iktisodiyotning bir subyekti harajatlari boshqa subyektning daromadini hosil qilish hodisasi yotadi. Ammo, mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘la turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan to‘liq va samarali foydalanmay kelmoqda. Haqiqatda turizmni rivojlantirishda milliy iqtisodiyotning yondosh tarmoqlariga drayver sifatida ta’sirini davlat hokimiyati, boshqaruv organlari va mahalliy hokimiyatlar tomonidan uni muvofiqlashtirish zarurligiga yetarli darajada e’tibor qaratishmadi. Vaholanki, hududlarda ushbu sohaning rivojlanishini samarali boshqarish jarayoni tufayli multiplikativ samara olishda katta ijobiy natijalarga erishish mumkin.