Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə7/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

2-savolingizga javobim. Turizm sohasi bugungi raqamlashtirish jarayonida geoaxborot tizimi faoliyatidan tobora ko‘proq foydalanidigan tarmoqlardan biriga aylanmoqda. Shuni hisobga olib, raqamlashtirish jarayonida geoaxborot tizimi faoliyatini ta’minlovchi axborot, dasturiy ta’minot, texnik qo‘llab-quvvatlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan tashkil topgan turizm sohasi uchun avtoreferatning 3-rasmidagi kabi geoaxborot modelining tarkibiy tuzilishi ishlab chiqilgan.
3-savolingizga javobim. Yaratilgan xarita o‘zida turistik salohiyatni aks ettiradi hamda unda Qashqadaryo viloyatidagi turistik-rekreasion resurslarning rivojlanish xususiyatlarini va tendensiyalarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Turoperatorlik va turagentliklari faoliyatida taklif etilayotgan xaritadan foydalanish turistlar sonini sezilarli darajada oshiradi, ularni nafaqat har bir obektning batafsil tavsifi, balki rang-barang fotosuratlari bilan ham o‘ziga jalb etadi, turistik salohiyatning jozibadorlik darajasini targ‘ib qilishga imkon beradi.
Boy tematik tarkibga, qulay interfeysga ega bo‘lgan interaktiv xaritada taqdim etilgan ma’lumotlar bilan tanishgan ko‘plab potensial turistlar mintaqamiz go‘zalligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni xohlashadi, ya’ni ularning Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurish ishtiyoqini yanada oshiradi. Bundan tashqari, shaharga kelgan har bir turist turmahsulotimizni elektron shaklda harid qilib, telefon yoki kompyuterga yuklab olishi mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, turist o‘z sayohatini sezilarli darajada yaxshilaydi, u shahar va viloyat bo‘ylab, shu jumladan eng qiziqarli joylar bo‘ylab ekskursiya marshrutini mustaqil tuzishi ham mumkin bo‘ladi.
Taklif qilingan elektron xaritadan Qashqadaryo viloyatining turistik jozibadorligini targ‘ib qilish, turistlarning buyurtmali turlarning ishlab chiqilishiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda o‘rta, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida turizm fanlarini o‘qitishda mukammal ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. O‘qituvchilar tomonidan turizm sohasidagi fanlarni qiziqarli, interaktiv usulda dars olib borish natijasida o‘quvchilarga virtual ekskursiyalar tashkil qilish imkoniyatini beradi. Bu esa talabalarning turizm fanlarini va mavzularni mukammal o‘zlashtirilishi orqali ta’lim sifatini va samaradorligini oshiradi.
4-savolingizga javobim. Ishimizda turizmda geoaxborot tizimi iqtisodiy kategoriya sifatidagi faoliyatni ta’minlovchi axborot, dasturiy-tahliliy ta’minoti, texnik qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlardan tashkil topgan geoaxborot modelining mexanizmlari taklif etilgan. Bu mexanizmlar turizm sohasida iqtisodiy kategoriya sifatida birinchi marta ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek ishimizda pandemiyadan keyingi davrda Qashqadaryo viloyati turizmini rivojlantirish strategik rejasini shakllantirish bosqichlarining mexanizmlari ham takomillashtirilgan.

Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin