Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


ESHITILDI: M.M.Muhammedov



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə3/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

ESHITILDI: M.M.Muhammedov–Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi, i.f.d., professor (keyingi o‘rinlarda rais deb yuritiladi): izlanuvchining shaxsiy hujjatlardagi ma’lumotlari bilan tanishtirish uchun so‘zni Ilmiy seminar kotibi D.H.Aslanovaga berdi.
D.X.Aslanova - Ilmiy seminar kotibi, i.f.f.d., professor Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, mustaqil tadqiqotchisi A.A.Abduvaliyevning tarjimai holi hamda ilmiy faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Abduvaliyev Asror Abdusoliyevich, 1988-yil 4-mayda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Millati–o‘zbek. 1995-2006-yillarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan. 2006-2010-yillarda Qarshi davlat universiteti, Fizika matematika fakulteti talabasi, 2010-2012-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, magistranti bo‘lgan. 2012-2019-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yildan hozirgacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Oilali, 3 nafar farzandning otasi.
Izlanuvchi, i.f.d., professor I.S.Tuxliyev rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib borib, “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlagan. Dissertatsiya ishi 2023-yilning 7-yanvar kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Turizm”, “Real iqtisodiyot” va “Axborot texnologiyalari” kafedralarining qo‘shma yig‘ilishida muhokama etilib, himoyaning keyingi bosqichlariga tavsiya etilgan.
Izlanuvchi mavzu doirasida jami 27 ta ilmiy ish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, jumladan, 4 ta respublika va 3 ta xorijiy jurnallarda nashr ettirgan.

Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin