Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor M.T.Alimova



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə9/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor M.T.Alimova:
1-Savol: Avtoreferatingizning 22 betida. Pandemiyadan keyingi davrda geoaxborot tizimidan foydalanish orqali Qashqadaryo viloyati turizmini rivojlantirishning strategik rejasini tayyorlash bosqichlarini keltirib o‘tgansiz. Bu yerda dasturlashga asoslangan funksional strategiyalar paketini shakllantirish haqida yozgansiz. Bu yerda qanday strategiyalarni nazarda tutgansiz?
2-savol: Qashqadaryo viloyatiga kiruvchi turistlar sonining geoaxborot tizimini qo‘llash bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari bo‘yicha prognozi (2023-2026-yillar uchun)ni amalga oshirgansiz. Bu yerda 1-ustunda kiruvchi turistlar sonini, 2-ustunda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan xizmatlar hajmi, 3-ustunda ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soni, 4-ustunda tarmoq va sohalarda foydalanilayotgan maxsus dasturiy vositalar soni, 5-ustunda provayderlar tarmog‘ida joylashgan veb-saytlar soni bilan aniqlayabsiz. Bu yerda qaysi ko‘rsatkichlar aynan turizmga tegishli?
Tadqiqotchi: Savolingiz uchun katta raxmat
1-savolingizga javobim. Rasmda ifodalangan pandemiyadan keyingi davrda geoaxborot tizimidan foydalanish orqali Qashqadaryo viloyati turzimini rivojlantirish strategik rejasini shakllantirishning tarkibiy qismi 6 ta asosiy bosqichdan iborat bo‘lib, har bir bosqichning mexanizmlari shakllantirilgan.
Ikkinchi bosqichida dasturlashga asoslangan funksional strategiyalar paketini shakllantirish bosqichi keltirilgan. Uning asosiy maqsadi turizm sohasini pandemiyaning yangi sharoitlariga moslashtirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash orqali birinchi navbatda ichki turizmni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Bunda funksional strategiyalar paketini dasturlashga asoslangan, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa yondosh sohalarini birlashtiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan maqsadli va manzilli strategiyalar ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin