Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə12/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

2-savolingizga javobim. 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston- 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda 9, 25, 26 bandlari ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, 9 band Qashqadaryo viloyatida fazoviy ma’lumotlarni shakllantirish va tahlil qilishni ta’minlovchi “Raqamli Qashqadaryo” geografik axborot-tahliliy geoportalini yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Shu tufayli ilmiy yangilik sifatida birinchi marta mintaqaviy geoaxborot portali ishlab chiqdik va u turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan. Farmonning III-“Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish” bandida belgilangan vazifasini ilmiy jixatdan ijrosini ta’minlashga erishdik.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, iqtisod fanlar doktori, professor M.M.Muhammedov:
1-Savol: Raqamlashtirish iqtisodiyoti degan iborani ishlatgansiz buni qanday tushinish kerak buni tushuntirib bering ishlatish to‘g‘rimi?
2-Savol: Mexanizmni takomillashtirish deyabsiz ammo mexanizmning mohiyati, tarkibiy qismi usha mexanizmning bugungi holati, uni takomillashtirish buyicha vazifalar qo‘yilmagan. Nima uchun vazifalarda bular o‘z aksini topmagan?
Tadqiqotchi: Savolingiz uchun katta raxmat.
1-savolingizga javobim. Raqamlashtirish iqtisodiyoti deganda bizlar bevosita turizm sohasida va mehmonxona xo‘jaligidagi raqamlashtirishni nazarda tutgamiz.
2-savolingizga javobim. Bu holat vazifalarning “raqamli iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasi geoaxborot modelining mexanizmlarini aniqlash” va “O‘zbekiston turistik geoportali tizimining tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish” bandlarida o‘z ifodasini topgan.
Rais: Tadqiqotchi Abduvaliyev Asror Abdusoliyevichga yana savollar bormi?
Ovozlar: Yo‘q, yetarli.
Rais: Savollar yetarli bo‘lsa marhamat muhokamaga o‘tsak. So‘z rasmiy taqrizchi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti, i.f.n., N.E.Ibadullayevga beriladi.
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari rivojlanishining zamonaviy shartlaridan biri bo‘lgan axborotlashtirishda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot strategiyasini tezkor va to‘g‘ri amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Jamiyatda iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlarni tizimli va sifatli amalga oshirishda, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini samaradorligini oshirishda raqamlashtirish iqtisodiyoti dolzarb masalalar qatoriga kiritildi.
Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar turizm sohasida salmoqli o‘zgarishlarga sabab bo‘lib, “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida turizm sohasini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida “...raqamli viloyatlar geoaxborot tizimlariga integratsiya qilish; turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yangi rasmiy veb-saytini viloyatlardagi ma’lumotlar resurslari bilan integratsiya qilish va ma’lumotlarni joylashtirish; turizm sohasidagi barcha joylashtirish vositalari, sanitar-gigiyenik shahobchalar va investitsiya talab etiladigan obyektlarning yagona elektron reestrini joriy etish....” belgilandi.
Mazkur vazifalarning bajarilishi turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning YAIMdagi ulushini oshirish, aholini yangi ishchi o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida raqamli turizm bozorini shakllantirish, turizmni axborot bilan ta’minlash vositalarini raqamli transformatsiyalashda geoaxborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha mukammal ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda. Bular mazkur tadqiqotning asosiy yo‘nalishlarini, maqsad va vazifalarini belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
Shularni hisobga olib, ilmiy izlanuvchi Asror Abduvaliyev tomonidan “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida amalga oshirgan tadqiqot ishi dolzarb masalaga bag‘ishlangan.
Dissertatsiya ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning obyekti va predmeti, tadqiqotning usullari, tadqiqotining ilmiy yangiligi, amaliy natijasi, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi OAK talablari asosida bayon etilgan.
Tadqiqotning maqsadi etib, iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida O‘zbekistonning turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat, deb belgilangan. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqotda quyidagi vazifalar belgilangan:
turizm sohasida geoaxborot tizimi tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini asoslash;
raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasi geoaxborot modelining mexanizmlarini aniqlash;
turizm sohasini raqamlashtirishda geoportal va platformalardan foydalanishni tahlil qilish hamda baholash;
GAT texnologiyalaridan foydalangan holda Qashqadaryo viloyati turistik-rekreatsion obyektlarining elektron xaritasini ishlab chiqish;
Qashqadaryo viloyatida tarixiy-madaniy obyektlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va raqamlashtirish xolatini baholash;
pandemiyadan keyingi davrda Qashqadaryo viloyati turizmini rivojlantirishning strategik rejasini shakllantirish mexanizmlarini aniqlash;
O‘zbekiston turistik geoportali tizimining tashkiliy mexanizmlariini ishlab chiqish;
geoaxborot tizimini qo‘llash orqali Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish istiqbolini prognozlash.
Belgilangan vazifalarni muvoffaqiyatli bajarish uchun tadqiqotning aniq obyekti ham tanlangan. Tadqiqot obyekti sifatida Qashqadaryo viloyati turizm xizmatlar bozorida faoliyat yuritayotgan turizm subyektlari iqtisodiy faoliyati olingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi mantiqan bog‘langan va hajmi OAK tomonidan quyilgan talab doirasida bajarilgan. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil topgan bo‘lib, muammolarning qo‘yilishi va ularning yechimi bo‘yicha ketma-ketlikka amal qilingan.
Dissertatsiyaning “Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida raqamlashtirish iqtisodiyoti sharoitida turizmni rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlari, turizm sohasida geoaxborot tizimi tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasi geoaxborot modelini shakllantirish xususiyatlari belgilab berilgan.
Dissertatsiyaning “Turizm sohasini raqamlashtirishda geoaxborot tizimidan foydalanish omillarining tahlili” deb nomlangan ikkinchi bobida turizm sohasini raqamlashtirishda geoportal va platformalardan foydalanish darajasining tahlili, Geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida Qashqadaryo viloyatining turistik-rekreatsion obyektlarining elektron xaritasini shakllantirish va Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish va raqamlashtirish xolatini baholash kabi masalalar tadqiq qilingan.
Dissertatsiyaning “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish istiqbollari” deb nomlangan uchinchi bobida, turzimni rivojlantirish strategik rejasini shakllantirishda geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish, raqamli turizm bozorida geoportal tizimini shakllantirish arxetikturasi va geoaxborot tizimini qo‘llash orqali Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish istiqbolini prognozlash bo‘yicha masalalar yoritilgan.
Dissertatsiya ishining xulosa qismida olib borilgan tadqiqotlar asosida qilingan ilmiy xulosalar, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilgan. Ishda keltirilgan barcha ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy qilingan. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 04-avgustdagi 04-18/3941-son ma’lumotnomasi olingan.
Dissertatsiya ishi mavzusi bo‘yicha jami 27 ta ilmiy ish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta ilmiy maqola, jumladan 4 tasi respublika va 3 ta xorijiy jurnallarda hamda 16 ta tezis nashr etilgan.
Dissertatsiya ishining ijobiy tomonlari bilan birga munozarali holat va kamchiliklar ham mavjud. Ularning tarkibiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1. Muallif dissertatsiyada o‘z fikrlarini bayon etish jarayonida ko‘plab xorijiy iqtisodiy atamalardan foydalangan. Nazarimizda, ushbu atamalarning iqtisodiy mazmunini matnda o‘zbek tilida kengroq berish lozim.
2. Ikkinchi bobda ilmiy manbalarni o‘rganish asosida ananaviy va turizmni raqamlashtirish jarayonlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilgan, lekin ananaviy va raqamli turizmga oid jarayonlar orasidagi farq batafsil yoritilmagan.
3. Uchinchi bobda Qashqadaryo viloyati turzimini rivojlantirish strategik rejasini tayyorlash bosqichlarining funksional strategiyalar paketini dasturlashga asoslangan, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa turizmga yondosh sohalarni birlashtiruvchi maqsadli dasturlari va mexanizmlari tavsiya qilingan. Ammo ushbu strategik rejaning asosiy ishlab chiquvchilari funksiyalari ko‘rsatilmagan.
4. Uchinchi bobda raqamli turizm bozorida geoaxborot tizimiga ixtisoslashgan turistik destinatsiyalar, tashkilot va korxonalar, boshqaruv organlari qarorlarini optimallashtirish uchun integratsiyalashgan O‘zbekiston-turistik geoportal tizimining tashkiliy arxitekturasi ishlab chiqilgan.Uning samaradorligi ham aniqlanganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklar tadqiqotning ilmiy ahamiyatiga salbiy ta’sir qilmaydi.
Xulosa o‘rnida, musataqil izlanuvchi A.A.Abduvaliyev tomonidan “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillash-tirish” mavzusida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi dolzarbligi, tarkibi, bajarilish darajasi, ishlab chiqilgan xulosa, taklif va tavsiyalarning ilmiy yangiligi hamda ularning nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazardan mos keladi. Dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan qo‘yilgan talablarga javob berishini hisobga olib, ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda himoya qilish uchun tavsiya etaman.
Rais: So‘z rasmiy taqrizchi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti professori, i.f.d. B.Sh.Safarovga beriladi.
Bugungi kunda turizm mahsulotini shakllantirish va sotish uchun yetarli darajada axborotsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Turizmni boshqarish organlari va turistik firmalari o‘z faoliyatlarida doimiy ravishda axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish muammolariga duch keladilar, bu esa turistik biznesning axborot bilan to‘ldirilgan soha sifatida xalqaro birlashuv uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Mamlakatimizda geoaxborot texnologiyalaridan foydalangan xolda xududlardagi turistik-rekreatsion obyektlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish hamda turistik firma va mehmonxonalar xizmatlarini raqamlashtirish jarayoni boshlanish darajasida. Shu tufayli xozirgi paytda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosga, noyob tabiiy salohiyatga ega bo‘lgan mintaqalari uchun zaruriy raqamli texnologiyalardan foydalangan xolda turistik-rekreatsion obyektlar bo‘yicha ma’lumotlarni hamda turistik firma va mehmonxonalar xizmatlarini raqamlashtirish ishlarini geoaxborot tizimidan foydalanish orqali olib borish lozim bo‘lmoqda.
Shularni hisobga olib, ilmiy izlanuvchi Asror Abduvaliyev tomonidan “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan tadqiqot ishi bugungi kunda turizm sohasi uchun dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi.
Dissertatsiya ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning obyekti va predmeti, tadqiqotning usullari, tadqiqotining ilmiy yangiligi, amaliy natijasi, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi OAK talablari asosida bayon etilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagilar belgilangan:
turizmda geoaxborot tizimi iqtisodiy kategoriya sifatida faoliyatni ta’minlovchi axborot, dasturiy-tahliliy ta’minoti, texnik qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan tashkil topgan geoaxborot modelining tarkibiy tuzilishi taklif etilgan;
“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali madaniy meros yodgorliklarini asrash va turizmni raqamlashtirish maqsadida mintaqaviy geoaxborot portalining mexanizmlari ishlab chiqilgan;
pandimiyadan keyingi davrda Qashqadaryo viloyati turizmini rivojlantirish strategik rejasini shakllantirish bosqichlarining mexanizmlari geoaxborot tizimidan foydalanish orqali, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va turizmga yondosh sohalarini birlashti-ruvchi maqsadli dasturlari taklif qilingan;
Qashqadaryo viloyatining 2023-2026-yillar davrida turizm salohiyatini rivojlantirish istiqbolini geoaxborot tizimini qo‘llash orqali prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot ishining amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Raqamlashtirish jarayonida geoaxborot tizimi faoliyatini ta’minlovchi axborot, dasturiy ta’minot, texnik qo‘llab-quvvatlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlardan tashkil topgan turizm sohasi uchun geoaxborot modelining tarkibiy tuzilishi chiqilgan;
Taklif qilingan interaktiv elektron xaritadan Qashqadaryo viloyatining turistik jozibadorligini targ‘ib qilish, turistlarning buyurtmali turlarning ishlab chiqilishiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda o‘rta, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida turizm fanlarini o‘qitishda mukammal ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanish tavsiya qilingan;
Qashqadaryo viloyati misolida ishlab chiqilgan mintaqaviy geoaxborot portali innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali madaniy meros yodgorliklarni asrash va turizmni rivojlantirish uchun axborot tizimi ishlab chiqish vazifasini bajaradi va bo‘lajak portal va platformalarni shakllantirishda tavsiya qilingan;
Pandemiyadan keyingi davrda geoaxborot tizimidan foydalanish orqali Qashqadaryo viloyati turizmini rivojlantirish strategik rejasini tayyorlash bosqichlarining funksional strategiyalar paketini dasturlashga asoslangan, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa turizmga yondosh sohalarni birlashtiruvchi maqsadli dasturlari va mexanizmlari tavsiya qilingan;
Raqamli turizm bozorida geoaxborot tizimiga ixtisoslashgan turistik destinatsiyalar, tashkilot va korxonalar, boshqaruv organlari qarorlarini optimallashtirish uchun integratsiyalashgan O‘zbekiston-turistik geoportal tizimining tashkiliy mexanizimi ishlab chiqilgan.
Dissertatsiyaning “Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida raqamlashtirish iqtisodiyoti sharoitida turizmni rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlari, turizm sohasida geoaxborot tizimi tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati hamda raqamlashtirish iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasi geoaxborot modelini shakllantirish xususiyatlari belgilab berilgan.
Dissertatsiyaning “Turizm sohasini raqamlashtirishda geoaxborot tizimidan foydalanish omillarining tahlili” deb nomlangan ikkinchi bobida turizm sohasini raqamlashtirishda geoportal va platformalardan foydalanish darajasining tahlili, Geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida Qashqadaryo viloyatining turistik-rekreatsion obyektlarining elektron xaritasini shakllantirish va Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish va raqamlashtirish xolatini baholash kabi masalalar tadqiq qilingan.
Dissertatsiyaning “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish istiqbollari” deb nomlangan uchinchi bobida, turzimni rivojlantirish strategik rejasini shakllantirishda geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish, raqamli turizm bozorida geoportal tizimini shakllantirish arxetikturasi va geoaxborot tizimini qo‘llash orqali Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish istiqbolini prognozlash bo‘yicha masalalar yoritilgan.
Dissertatsiya ishining xulosa qismida olib borilgan tadqiqotlar asosida qilingan ilmiy xulosalar, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilgan.
Dissertatsiya ishi tushunarli, ravon va ilmiy tilda, undagi nazariy g‘oyalar va ilmiy-amaliy xulosalar mantiqan ketma-ketlikda bayon etilgan hamda aniq statistik raqamlar va tahliliy natijalar bilan asoslangan. Ushbu tahlil jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Madaniyat va turizm vazirligining statistik ma’lumotlari va davriy hisobotlardan olinganligi ma’lumotlaridan samarali foydalanilgan. Bular, o‘z navbatida, tadqiqot natijalarining ishonchliligini ta’minlagan.
Dissertant ilmiy g‘oyalarni va amaliy ma’lumotlarni tahlil qilishda ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli tahlil, anketa so‘rovnoma, iqtisodiy statistik tahlil, iqtisodiy modellashtirish usullaridan foydalangan.
Dissertatsiya ishida yuqoridagi ijobiy natijalar bilan bir katorda, ayrim munozarali jihatlar va kamchiliklar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagicha:
1. Taqiqot ishining birinchi bobida axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini tashkil qiluvchi omillarining tasnifi amalga oshirilgan. Tasniflash ma’lumotlaridan geoaxborot tizimini tashkil qiluvchi omillari boshqa axborot kommunikatsiya tizimlariga nisbatan afzalliklari bilan birgalikda uning kamchiliklari ham ko‘rsatilganda yaxshi bo‘lar edi.
2. Ishning birinchi bobida turizm sohasi geoaxborot modelining tarkibiy tuzilishi ishlab chiqilgan hamda mazkur modelning mexanizmlarini ta’minlovchi operatsiyalarni bajarish imkoniyatlari ham taklif qilingan, ammo undan amaliyotda foydalanish masalasi yorilmagan.
3.Ikkinchi bobda geoaxborat tizimi texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan Qashqadaryo viloyatining interaktiv xaritasi foydalanuvchilar uchun qancha mablag‘ harajat qilishi aniqlanmagan.
4. Ishda ayrim stilistik xatolar ham mavjud.
Ammo keltirilgan holatlar dissertatsiya ishining umumiy mazmuniga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi va aksincha, ularning inobatga olinishi dissertatsiya ishining ilmiylik darajasini hamda amaliy ahamiyatining yanada oshishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil tadqiqotchi Abduvaliyev Asror Abdusoliyevich 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasi tugallangan ilmiy tadqiqot ishi bo‘lib, muallif tomonidan mustaqil bajarilgan, tavsiya etilgan xulosa va amaliy takliflar ilmiy yangilikka ega, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga javob berishini hisobga olib, Ilmiy kengashda himoya qilish uchun tavsiya qilaman.
Majlis yakunida Ilmiy seminar raisi dissertatsiya ishi bo‘yicha tushgan bitta taklifni – dissertatsiyani himoyaga tavsiya etish to‘g‘risidagi taklifni ovozga qo‘ydi.
Majlisda ishtirok etayotgan 11 ta a’zolardan 11 tasi tushgan taklif uchun ovoz berdi, qarshilar va betaraflar-yo‘q. Ovoz berish natijasida A.A.Abduvaliyevning dissertatsiya ishini himoyaga tavsiya etish haqida qaror qabul qilindi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.22.2022.I.18.01-raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda Abduvavliyev Asror Abdusoliyevichning “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi bo‘yicha

Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin