Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Izlanuvchilarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə15/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

Izlanuvchilarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi. Dissertant O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan iqtisodiyot fanlari ilmiy darajalariga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan ilmiy maqolalar e’lon qilinishi zarur bo‘lgan jurnallarda 7 ta maqola, 16 ta tezis chop etgan. Dissertatsiyasi mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B.2019.2.PhD/Iqt902 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qay darajada bajarilganligi. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati mazmunan hamda shaklan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 08.00.17– “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun qo‘yilgan talablarga javob beradi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.22.2022.I.18.01-raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar izlanuvchining ma’ruzasi, taqrizlar va seminar ishtirokchilarining mulohazalaridan kelib chiqib,


QAROR QILINDI:

  1. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Abduvaliyev Asror Abdusoliyevichning “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.17–“Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi mustaqil bajarilgan hamda tugallangan ilmiy tadqiqot ish ekanligi va u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining talablariga javob berishi ta’kidlansin.

Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 27 ta ilmiy ish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsya komissiyasining doktorlik dissertatsyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, jumladan 4 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilganligi e’tirof etilsin.

  1. Dissertatsiya ishi himoyasi bo‘yicha rasmiy opponentlar etib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedrasi mudiri, i.f.d., professor A.Eshtayev va Urganch davlat universiteti professori, i.f.d. T.Doschanovlar tavsiya qilinsin. Yetakchi tashkilot sifatida Qarshi davlat instituti belgilansin.

  2. Izlanuvchi A.A.Abduvaliyevning mazkur dissertatsiyasi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.22.2022.I.18.01-raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy Kengashda himoya qilish uchun tavsiya etilsin.



Ilmiy seminar raisi,
i.f.d., professor M.M.Muhammedov


Ilmiy seminar
kotibi, i.f.f.d, professor D.X.Aslanova


Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin