Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Tadqiqotning ilmiy yangiligi



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə5/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Taqdimotning 2-slaydida ko‘rsatilgandek, turizmda geoaxborot tizimi iqtisodiy kategoriya sifatida faoliyatni ta’minlovchi axborot, dasturiy-tahliliy ta’minoti, texnik qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan tashkil topgan geoaxborot modelining tarkibiy tuzilmasi taklif etilgan;
“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali madaniy meros yodgorliklarini asrash va turizmni raqamlashtirish maqsadida mintaqaviy geoaxborot portali ishlab chiqilgan;
Pandemiyadan keyingi davrda Qashqadaryo viloyati turizmini rivojlantirish strategik rejasini shakllantirish bosqichlarining mexanizmlari geoaxborot tizimidan foydalanish orqali, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va turizmga yondosh sohalarini birlashtiruvchi maqsadli dasturlari taklif qilingan;
Qashqadaryo viloyatining 2023-2026-yillar davrida turizm salohiyatini rivojlantirish istiqbolini geoaxborot tizimini qo‘llash orqali prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
Birinchi ilmiy yangilik, taqdimotning 3-slaydida ko‘rsatilgandek, turizmda geoaxborot tizimi iqtisodiy kategoriya sifatida faoliyatni ta’minlovchi axborot, dasturiy-tahliliy ta’minoti, texnik qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan tashkil topgan geoaxborot modelining tarkibiy tuzilmasi taklif etilgan.
Keyingi o‘n yillikda dunyo miqyosida sanoat inqilobi bilan bog‘liq an’anaviy iqtisodiyotdan raqamli iqtisodiyotga o‘tish keskin sur’atlar bilan ro‘y bermoqda. Sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini ko‘rsatmoqda.
Raqamlashtirish bir necha yillardan beri iqtisodiy hamda ijtimoiy tarmoqlar o‘sishining asosiy tendensiyasi va omili bo‘lib kelmoqda. Raqamlashtirish texnologiyalari biznesni ham, mijozlarga munosabatini ham o‘zgartirdi. Shu tufayli, raqamlashtirish inqilobi turizm biznesini ham chetlab o‘tmadi.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida geoaxborot tizimining (GAT) milliy iqtisodiyotda foydalanish ko‘lami kengayib bormoqda. GAT inson faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan integratsiyalashgan axborot tizimining zamonaviy turi bo‘lib, geoaxborot tizimining iqtisodiyotda foydalanish yo‘nalishlari quyidagi rasmda ifodalangan.
Taqdimotning 4-slaydida ko‘rsatilgandek, tadqiqot davomida turizm sohasida foydalanadigan axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini tashkil qiluvchi omillarining tasnifi amalga oshirildi. Tasniflash ma’lumotlaridan geoaxborot tizimini tashkil qiluvchi omillari boshqa axborot kommunikatsiya tizimlariga nisbatan qator afzalliklari aniqlandi. Ushbu afzalliklari turizm sohasida axborotlarni qulay shaklda chiqarish, hisob-kitob ishlarini bajarish, ma’lumotlarni har xil formatlarda saqlash va ularni import-eksport qila olish imkoniyatini yaratadi.
Shu tufayli biz tomonimizdan raqamli iqtisodiyot sharoitida turizmni rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning samarodorligini oshirish maqsadida turizm bozorining barcha tuzilmalari-turoperatorlar, turagentlar, yirik tarmoqli mehmonxona majmualari hamda xususiy otellar, mehmon uylar, sanatoriylar, avtotransport kompaniyalari, aviatashuvchilar, global buyurtma tizimlari, turbiznes va boshqa turistik xizmatlarining dasturiy ta’minotchilari, muzeylar hamda madaniy xordiq chiqarish va dam olish korxonalarining xizmatlarini yagona geoaxborot tizimiga integratsiya qilishni taklif qilamiz.
Mamlakatimiz va xorijiy olimlar tadqiqotlarining mazmunidan kelib chiqqan holda, turizmda geoaxborot tizimi iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni va mohiyatini aniqlash borasida to‘rt xil yondashuvni alohida ajratib ko‘rsatishni lozim topdik: iqtisodiy-geografik; marketing va boshqaruvga yo‘naltirilganlik; axborotlashtirish darajasini rivojlantirish yo‘nalishi, ma’lumotlar bazasini shakllantirish yo‘nalishi bo‘yicha yondashuvlardan iborat.
Taqdimotning 5-slaydida ko‘rsatilgandek, geoaxborot tizimlar hududiy ravishda tarqalgan axborot ishlatishda, hududiy baholashga ehtiyoj mavjud bo‘lgan har bir joyda ilmiy va amaliy faoliyatlarda joy topadi. Bugungi kunda GAT texnologiyalari turizm va turistik resurslardan foydalanish jarayonida va turizm industriyasi obyektlarida tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Biroq bugungi kunda O‘zbekiston turizm yo‘nalishida bu boradagi ulkan yutuqlarga ega emas.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, turizm sohasida geoaxborot tizimi tushunchasini ta’riflashdagi yondashuvlar turlicha bo‘lib, o‘z navabatida mazkur iqtisodiy kategoriyaning serqirra ekanligidan dalolat beradi. Maxsus ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida, bizning fikrimizcha turizm sohasining barcha ma’lumotlarini o‘zida birlashtiruvchi, keng formatga ega, voqea–hodisalarni tahlil jarayonida to‘liq yoritib bera olish xususiyatiga ega bo‘lgan va axborot texnologiyalardan mezo va makrodarajada keng foydalaniladigan tizimlardan biri-turizmda geoaxborot tizimlari hisoblanadi.
Turizm sohasi bugungi raqamlashtirish jarayonida geoaxborot tizimi faoliyatidan tobora ko‘proq foydalanidigan tarmoqlardan biriga aylanmoqda. Shuni hisobga olib, raqamlashtirish jarayonida geoaxborot tizimi faoliyatini ta’minlovchi axborot, dasturiy ta’minot, texnik qo‘llab-quvvatlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan tashkil topgan turizm sohasi uchun quyidagi geoaxborot modelining tarkibiy tuzilishi ishlab chiqildi.
Taqdimotning 6-slaydida ko‘rsatilgandek, Geoaxborot tizimi faoliyatini ta’minlovchi mexanizmlardan GATning dasturiy ta’minoti–axborot, dasturlar, dasturiy hujjatlar to‘plami va boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda GAT funksiyalarini amalga oshiruvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Dasturiy ta’minotning asosiy tarkibiy qismlari quyidagi rasmda aks ettirilgan.
Taqdimotning 7-slaydida ko‘rsatilgandek, turizmda geoaxborot tizimi iqtisodiy kategoriya sifatidagi faoliyatini ta’minlovchi axborot, dasturiy-tahliliy ta’minoti, texnik qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan tashkil topgan turizm sohasi geoaxborot modelining yo‘nalishlari Qashqadaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan hududda turizm sohasini rivojlantirish va raqamlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2022-yil 29-martdagi 06/945-son ma’lumotnomasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941 son ma’lumotnomasi olingan). Ushbu taklifdan foydalanish hududda turistik salohiyatdan samarali foydalanish hamda turizm sohasining raqamlashtirilish darajasini oshirgan;
Ikkinchi ilmiy yangilik, taqdimotning 8-slaydida ko‘rsatilgandek, “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali madaniy meros yodgorliklarini asrash va turizmni raqamlashtirish maqsadida mintaqaviy geoaxborot portali ishlab chiqilgan;
Ilmiy manbalarni o‘rganish asosida ananaviy va raqamli turizmga oid jarayonlarning qiyosiy tahlili amalga oshirildi, ananaviy va raqamli turizmga oid jarayonlar orasida katta farq mavjud bo‘lib, jamiyat va turizm sohasi faoliyatida jarayonlar masshtabi va rolining o‘zgarib borishi hamda keskin farqlarning mavjudligi, raqamlashtirishni tashkil etish va boshqarishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish zaruriyati borligi aniqlandi.
Taqdimotning 9-10-slaydida ko‘rsatilgandek, Raqamli platforma turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini taqqoslash natijasida O‘zbekistonning milliy turistik mahsulotlarini shakllantirish tizimini rivojlantirishga qaratilgan funksiyalarni amalga oshiradigan turli bloklar, xizmatlar va mobil ilovalar ham ishlab chiqilishi mumkin ekanligi aniqlandi.
Turizm sohasini raqamlashtirishda geoportal va platformalardan foydalanish omilining tahlili natijasida raqamli texnologiyalarni joriy qilishning quyidagi shartlarini bajarish taklif qilindi:
turizm bozorini yaratish va turistik mahsulotini targ‘ib qilish bo‘yicha geoportal yaratish harakatlarni markazlashtirish;
turistlar uchun elektron turistik xaritalar va shunga o‘xshash mobil ilovalarnini ishlab chiqish va amalga oshirish (sayyohga jamoat transportida harakat qilish, madaniy tadbirlar va hodisalar haqida ma’lumot olish, turistik ko‘rgazmaga tashrif buyurganingizda chegirmalardan foydalanish, shuningdek, boshqa imtiyozlar berish imkonini beruvchi mobil qurilmalar uchun xalqaro xaritalar va ilovalarning analoglarini tayyorlash);
madaniy-tarixiy va tabiiy diqqatga sazovor joylar, muzeylar ekspozitsiyalari, vizualizatsiya texnologiyalari, virtual ekskursiyalar, kengaytirilgan raqamli texnologiyalar va boshqalardan foydalangan holda onlayn rejimda turistik yo‘nalishlar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlash;
turistik obyektlarning jozibadorligini oshirish va turizm resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun ko‘rgazma shaharlari va obektlari (muzeylar, ko‘rgazma markazlari, badiiy galereyalar va boshqalar) bo‘ylab harakat qilish uchun kengaytirilgan raqamli xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;
turizm sohasida ochiq ma’lumotlar tizimini rivojlantirish tashkilotlar va tarmoqni boshqarish tizimining shaffofligini oshirish, turizm xizmatlarining yangi turlarini raqamlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, shuningdek, turizm xizmatlarini ilgari surish tizimini rivojlantirish uchun katta ma’lumotlar va raqamlantirish texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish.
chiptalarni sotib olish va mehmonxonalarni bron qilish imkoniyati bilan onlayn sayyohlik marshrutini qurish xizmatlarini rivojlantirish;
o‘z-o‘zini ish bilan band bo‘lgan shaxslarni turistik faoliyatga jalb qilish uchun elektron saytlarva platforma yaratish (qo‘llanmalar, o‘qituvchilar, yo‘riqnomalar).
Biz tomonimizdan GAT texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan interaktiv elektron xarita mintaqada turizm faoliyatini samarali boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan elektron xarita hududdagi turistik va dam olish maskanlari, jozibador turistik resurslari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlarini olish uchun mo‘ljallangan. Qashqadaryo viloyati turistik-rekreatsion obyektlarining interaktiv elektron xaritasi quyidagi rasmda berilgan.
Taqdimotning 12-slaydida ko‘rsatilgandek, taklif qilingan elektron xaritadan Qashqadaryo viloyatining turistik jozibadorligini targ‘ib qilish, turistlarning buyurtmali turlarning ishlab chiqilishiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda o‘rta, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida turizm fanlarini o‘qitishda mukammal ko‘rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu paytga qadar, Qashqadaryo viloyatining turistik va rekreatsion resurslarining hozirgi holatini o‘zida aks ettiradigan elektron turistik xaritasi mavjud emas edi.
Qashqadaryo viloyatidagi turistik-rekreatsion resurslar interaktiv elektron xaritasini shakllantirish jarayonida quyidagi ma’lumotlar bazasini amalga oshirdik. Ayni paytda viloyat hududida jami 1321 ta moddiy madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lib, shundan 1043 ta arxeologiya, 210 ta arxitektura, 43 ta monumental, 35 ta diqqatga sazovor joylardir. Shuningdek, hududda 4 ta muzey, 4 ta sanatoriya, 54 ta joylashtirish vositalari, 1 ta hostel (2646 o‘rin), 100 tadan ortiq milliy va yevropa taomlari tayyorlaydigan restoran hamda milliy uslubdagi choyxonalar, 18 ta turoperatorlik subyektlari, 26 ta axborot markazlari, 1 ta geoturizm obyekti, 8 ta o‘rmon xo‘jaligi, 2 ta qo‘riqxona hamda 1 ta agroturizm obyekti mavjud. Yaratilgan xarita o‘zida mazkur salohiyatni aks ettiradi hamda unda Qashqadaryo viloyati kesimida turistik-rekreatsion resurslarning rivojlanish xususiyatlarini va tendensiyalarini ko‘rish imkoniyati yaratildi.
Taqdimotning 13-slaydida ko‘rsatilgandek, taklif etilayotgan elektron xaritadan quyidagi jarayonlarda ajoyib ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanish mumkin:
maktablarda geografiya, o‘lkashunoslik va tarix darslarida yangi ma’lumotlarni tushuntirish va nazorat-sinov ishlarini o‘tkazishda;
o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida hamda o‘quv markazlarida “Mehmonxona xizmati va turizm” ta’lim yo‘nalishlari talabalari hamda tinglovchilari uchun maxsus fanlarni o‘qitishda;
oliy o‘quv yurtlarida “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” kabi turizm sohasi uchun mutaxassislar tayyorlanuvchi ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun ma’ruzalar va seminarlar o‘tkazishda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi Farmoniga asosan “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida 2020-2022-yillarda “Raqamli Qashqadaryo” geografik axborot-tahliliy geoportalini yaratish tarkibida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali madaniy yodgorliklarni asrash va turizmni rivojlantirish uchun axborot tizimi ishlab chiqish vazifasini bajarish maqsadida dissertatsiya ishida Qashqadaryo viloyati misolida mintaqaviy geoaxborot portali ishlab chiqildi.
Tavsiya qilingan mintaqaviy geoaxborot portalining raqamlashtirish ma’lumotlaridan foydalanish tuzilmasida turistik obyektlar, xizmat ko‘rsatish obyektlari va ularning topografik ma’lumotlari ifodalangan. Portal orqali turizm sohasida mintaqaviy hududida joylashgan turistik resurslar kadastiri, xizmat ko‘rsatish xizmatlari, geoma’lumotlar olish, raqamli turistik mashrutlar, iqlim o‘zgarishlari, ekskursiyalar, gidlardan foydanish, turistik resurslarni baholash, prognozlash, modellash, statistika qilish va bron qilish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni olish mumkin.
Mintaqaviy geoaxborot portali hududlardagi turistik obyektlari qaysi hududda joylashgani va ularning tarixi geografik tuzilishi geolokatsiyalari haqida ma’lumotlarni olish hamda tahlil qilish imkoniyatini beradi. Mintaqaviy yagona geoaxborot portali orqali turistlar hududlardagi ob-havo ma’lumotlarini olish bilan turistik mashrutlarini rejalashtirish imkonini beradi. Ushbu mintaqada to‘plangan ma’lumotlar bazasi va portalning raqamlashtirish ma’lumotlaridan foydalanish tuzilmasi O‘zbekistonda bo‘lajak portal va platformalarni shakllantirishda alohida o‘rin tutadi.
“Raqamli Qashqadaryo” geografik axborot-tahliliy geoportalini yaratish tarkibida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali madaniy meros yodgorliklarini asrash va turizmni rivojlantirish maqsadida tayyorlangan mintaqaviy geoaxborot portali Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941 son ma’lumotnomasi olingan. Mazkur portaldan foydalanish Qashqadaryo viloyatining turistik salohiyati madaniy meros resusrlari, turistik faoliyat subyektlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan. Bu esa hududda turistik oqimni ko‘paytirish va turistlarning buyurtmali turlarga bo‘lgan talabini maksimal qondirish imkoniyatini yaratgan;
Uchinchi ilmiy yangilik, taqdimotning 15-slaydida ko‘rsatilgandek, pandemiyadan keyingi davrda Qashqadaryo viloyati turizmini rivojlantirish strategik rejasini shakllantirish bosqichlarining mexanizmlari geoaxborot tizimidan foydalanish orqali, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va turizmga yondosh sohalarini birlashti-ruvchi maqsadli dasturlari taklif qilingan
Bugungi kunda mintaqada turizmni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishda GAT alohida o‘rin tutadi.Turizmni rejalashtirish juda ko‘p vaqt talab qiluvchi va murakkab masala bo‘lganligi tufayli, turizmdagi har qanday faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirishda turizm faoliyatining yo‘nalishlari va natijalariga real ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar va tashkilotlar ishtirok etadilar. Geoaxborot tizimini qo‘llash orqali turizmni rivojlantirishni rejalashtirishda strategik yondashuvning quyidagi tarkibiy qismlari va Qashqadaryo viloyatidagi strategik yondashuvning afzalliklari taklif etildi.
Taqdimotning 3-slaydida ko‘rsatilgandek, Strategik rejalashtirishning eng muhim bosqichi GAT yordamida joriy vaziyatni tavsiflovchi keng qamrovli ma’lumotlar bazasini to‘plash va baholashni o‘z ichiga olgan mavjud vaziyatni tahlil qilishdan iborat. Chunki aynan strategik tahlil Qashqadaryo viloyati turizmini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini aniqlash bo‘yicha prognoz va tahliliy ishlarning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Pandemiyadan keyingi davrda geoaxborot tizimidan foydalanish orqali Qashqadaryo viloyati turzimini rivojlantirish strategik rejasini tayyorlash bosqichlarining funksional strategiyalar paketini dasturlashga asoslangan, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa turizmga yondosh sohalarni birlashtiruvchi maqsadli dasturlari va mexanizmlari tavsiya qilindi.
Taqdimotning 17-slaydida ko‘rsatilgandek, qo‘yidagi slaydda tasvirlangan, rasmda ifodalangan pandemiyadan keyingi davrda geoaxborot tizimidan foydalanish orqali Qashqadaryo viloyati turzimini rivojlantirish strategik rejasini shakllantirishning tarkibiy qismi 6 ta asosiy bosqichdan iborat bo‘lishi va har bir bosqichning tarkibiy qismlarida ma’lum bir jarayonlarni hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir.
Pandemiyadan keyingi davrda viloyat turizmini rivojlantirishda u yoki bu strategik yondashuvni asos sifatida tanlash, strategik tahlil va maqsadni belgilash bosqichida olingan natijalarga bog‘liq bo‘lib, hozirgi vaqtda turizmni rivojlantirishni rejalashtirish va nazorat qilish nafaqat uning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydi, balki iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida geoaxborot tizimidan foydalanish turizmni strategik rejasini shakllatirishda, muhim mexanizimdan biri ekanligi aniqlandi.
Raqamli turizm bozoridagi tadqiqotlar natijasi bo‘yicha, turistik mahsulotni shakllantirishda asosiy harajatlarning 77,6 foizi yondosh xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq va tashkilotlar harajatlariga to‘g‘ri keladi, bu esa turizmning multiplikativ samarasini aniqlashda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining salmoqli o‘rni borligidan dalolat beradi. Shu tufayli raqamlashtirish jarayonida turizmda harajatlar usuli, ya’ni YAXMni yondosh xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan barcha tovar va xizmatlar haridi uchun sarflangan mablag‘lar qiymatini aniqlash tavsiya qilinadi, chunki bu usul mintaqadagi turistlar amalga oshirgan barcha sarf-harajatlarining aniq taqsimotini hisobga olishga yordam beradi.
Yangi O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali turizm xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirishning xorijda sinalgan va isbotlangan usullaridan biri bo‘lgan geoaxborot tizimini shakllantirish zarur bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan Turizm va madaniy meros vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishning “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston turizm sohasini raqamli transformatsiyalashuvi jarayonida turizm geoportalini ishlab chiqish taklif qilindi. Shu tufayli ishda raqamli turizm bozorida geaxborot tizimiga ixtisoslashgan turistik destinatsiyalar, tashkilot va korxonalar, boshqaruv organlari qarorlarini optimallashtirish uchun integratsiyalashgan O‘zbekiston-turistik geoportal tizimining tashkiliy arxitekturasi ishlab chiqildi.
Taqdimotning 3-slaydida ko‘rsatilgandek, Yangi O‘zbekiston xududlarida turizm geoportalini shakllantirish va turizmning barcha xizmatlarini rakamlashtirish texnologiyasining rentabelligini oshirishda, an’anaviy turizm xizmatlar bozori ishtirokchilarini onlayn sohaga boskichma-boskich o‘tkazish jarayonini tashkil qila oladigan OTMda malakali bakalavrlarni tayyorlash bugungi kunda davr talabi hisob-lanadi. Shu tufayli malakali kadrlar tayyorlash maqsadida respublikadagi barcha turizm yo‘nalishidagi OTMlarning turizm kafedralari qoshida qo‘sh ta’lim shaklida 61010600-“Raqamli turizmni tashkil qilish va boshqarish” bo‘yicha bakalavriyat ta’lim yo‘nalishini tashkil qilish tavsiya qilinadi.
Mazkur ta’lim yo‘nalishi viloyatlardagi turizm yo‘nalishidagi OTMlar va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda mutaxassis kadrlarni tayyorlash hamda bitiruvchi bakalavrlarga “Raqamli turizm tashkilotchisi” va “Raqamlashtirish va raqamli texnologiyalar dasturchisi” mutaxasissisliklarining berilishi bugungi mexnat bozoridagi har ikkala mutaxassisga bo‘lgan katta talabni qondirishga imkoniyat yaratadi.
Pandemiyadan keyingi davrda Qashqadaryo viloyati turzimini rivojlantirish strategik rejasini shakllantirish bosqichlarining mexanizmlari geoaxborot tizimidan foydalanish orqali, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va turizmga yondosh sohalarini birlashtiruvchi maqsadli dasturlar Qashqadaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan hududda turizm sohasini joriy rivojlantirish rejasini va dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2022-yil 29-martdagi 06/945-son ma’lumotnomasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941 son ma’lumotnomasi olingan). Ushbu taklifdan foydalanish Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirishning uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish samaradorligini oshirgan;
To‘rtinchi ilmiy yangilik, taqdimotning 19-slaydida ko‘rsatilgandek, Qashqadaryo viloyatining 2023-2026-yillar davrida turizm salohiyatini rivojlantirish istiqbolini geoaxborot tizimini qo‘llash orqali prognoz parametrlari ishlab chiqilgan
Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning prognozi amalga oshirildi. Unda turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tendensiyasini baholash uchun trend modellardan foydalanildi.
Taqdimotning 20-slaydida ko‘rsatilgandek, Bu yerda: 1-ustunda jami xizmat ko‘rsatilganlar soni, 2-ustunda bir kunlik tashrif buyuruvchilar soni, 3-ustunda tunab qoluvchi tashrif buyuruvchilar soni, 4-ustunda sotilgan sayyohlik yo‘llanmalari soni, 5-ustunda - tunab qolishlar soni, 6-ustunda trendni ifodalaydi, D – dummy o‘zgaruvchi 2020-yildan hisoblanadi
Prognoz bo‘yicha 2026-yilda 2023-yilga nisbatan o‘sish nisbati jami xizmat ko‘rsatilganlar hamda tunab qoluvchi tashrif buyuruvchilar sonida yuqori, ya’ni mos ravishda 1,57 va 1,51 barobarga teng, aksincha, bir kunlik tashrif buyuruvchilar, sotilgan sayyohlik yo‘llanmalari, tunab qolishlar sonida bu ko‘rsatkich nisbatan pastligicha qolmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mintaqada jami xizmat ko‘rsatilganlar hamda tunab qoluvchi tashrif buyuruvchilar sonining ortish moyilligi darajasining yuqori ekanligidan kelib chiqib, madaniy-ma’naviy tadbirlar doirasida tashrif buyuruvchi turistlar oqimini keng jalb qilish turizm obyektlarini ko‘paytirish, o‘z o‘rnida bir kunlik tashrif buyuruvchilar, sotilgan sayyohlik yo‘llanmalari sonini oshirishning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish zarur. Chunki, tanlangan barcha ko‘rsatkichlar o‘zaro kuchli ekonometrik zichlikni hosil qilib, to‘g‘ri proporsional o‘sish sur’atiga ega.
Taqdimotning 21-slaydida ko‘rsatilgandek, Ishda shuningdek kiruvchi turistlar sonining geoaxborot tizmini qo‘llash bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarining korrelyatsion bog‘liqlik darajasi ham ko‘rib chiqildi.
Taqdimotning 22-slaydida ko‘rsatilgandek, Bu yerda: 1-ustunda kiruvchi turistlar soni, 2-ustunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan turistik xizmatlar xizmatlar hajmi, 3-ustunda ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soni, 4-ustunda tarmoq va sohalarda foydalanilayotgan maxsus turizm dasturiy vositalar soni, 5-ustunda provayderlar tarmog‘ida joylashgan turizm faoliyati subyektlarining veb-saytlar soni jadvalda keltirib o‘tilgan.
Taqdimotning 19-slaydida ko‘rsatilgandek, Prognoz natijalariga ko‘ra Qashqadaryo viloyatiga kiruvchi turistlar sonining o‘rtacha o‘sish sur’ati 104,2 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, o‘rtacha o‘sish sur’ati axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan xizmatlar hajmi uchun 110,2 foizga, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soni uchun 118,1 foizga, tarmoq va sohalarda foydalanilayotgan maxsus dasturiy vositalar soni uchun 104,1 foizga, provayderlar tarmog‘ida joylashgan veb-saytlar soni uchun 102,7 foizga teng bo‘lib, bu bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soniga tegishli ekanligi kelib chiqmoqda.
Qashqadaryo viloyatining 2023-2026-yillar davrida turizm salohiyatini rivojlantirish istiqbolini geoaxborot tizimini qo‘llash orqali prognoz parametrlari Qashqadaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarma-si tomonidan hududda turizm sohasini rivojlantirish istiqbolini ishlab chiqishda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2022-yil 29-martdagi 06/945-son ma’lumotnomasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941 son ma’lumotnomasi olingan). Natijada Qashqadaryo viloyatiga 2023-2026-yillar davrida kiruvchi turistlar soni hamda provayderlar tarmog‘ida joylashgan veb-saytlar soni 1,23 barobarga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan xizmatlar hajmi 1,62 barobarga oshishi prognoz qilingan.
Dissertatsiya ishida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi ilmiy xulosa va takliflar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
1.O‘zbekiston Respublikasi hududlarida turizmni rivojlantirishni rejalashtirishda asosiy turistik resurslarning yagona ma’lumotlar bazasi yo‘qligi sababli, turizmdagi mavjud axborot tizimlarini tahlil qilish, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va axborot tizimlariga asoslangan turizm marketingi bo‘yicha bugun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish lozim bo‘lmoqda. Shu tufayli ishda raqamli iqtisodiyot sharo-itida turizmni rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish-ning samarodorligini oshirish maqsadida turizm bozorining barcha tuzilmalari-turoperatorlar, turagentlar, yirik tarmoqli mehmonxona majmualari hamda xususiy otellar, mehmon uylar, sanatoriylar, avtotransport kompaniyalari, aviatashuvchilar, global buyurtma tizimlari, turbiznes va boshqa turistik xizmatlarining dasturiy ta’minotchilari, muzeylar hamda madaniy xordiq chiqarish va dam olish korxonalarining xizmatlarini yagona geoaxborot tizimiga integratsiya qilish taklif qilindi.
2.Mamlakatimiz va xorijiy olimlar tadqiqotlarining mazmunidan kelib chiqqan holda, turizmda geoaxborot tizimi iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni va mohiyatini aniqlash borasida to‘rt xil yondashuvni alohida ajratib ko‘rsatishni lozim topdik: iqtisodiy-geografik; marketing va boshqaruvga yo‘naltirilganlik; axborotlashtirish darajasini rivojlantirish yo‘nalishi, ma’lumotlar bazasini shakllantirish yo‘nalishi bo‘yicha yondashuvlardan iborat. Ishda turizmda geoaxborot tizimi mohiyatini aniqlash borasidagi to‘rt xil yondashuvning har biri alohida tarzida ko‘rib chiqildi.
3.Turizm sohasi bugungi raqamlashtirish jarayonida geoaxborot tizimi faoliyatidan tobora ko‘proq foydalanidigan tarmoqlardan biriga aylanmoqda. Shuni hisobga olib ishda turizm sohasi geoaxborot modelining konseptual tarkibiy tuzilishi hamda mazkur modelning yo‘nalishlari va mexanizmlarini ta’minlovchi operatsiyalarni bajarish imkoniyatlari ham taklif qilindi.
4.Ishda GAT texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan interaktiv elektron xarita mintaqada turizm faoliyatini samarali boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Taklif qilingan elektron xaritadan Qashqadaryo viloyatining turistik jozibadorligini targ‘ib qilish, turistlarning buyurtmali turlarning ishlab chiqilishiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda o‘rta, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida turizm fanlarini o‘qitishda mukammal ko‘rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu paytga qadar, Qashqadaryo viloyatining turistik va rekreatsion resurslarining hozirgi holatini o‘zida aks ettiradigan elektron turistik xaritasi mavjud emas edi.
5.Qashqadaryo viloyati misolida ishlab chiqilgan mintaqaviy geoaxborot portali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi Farmonida belgilangan “Raqamli Qashqadaryo” geografik axborot-tahliliy geoportalini yaratish tarkibida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali madaniy yodgorliklarni asrash va turizmni rivojlantirish uchun axborot tizimi ishlab chiqish vazifasini bajarishda ushbu mintaqada to‘plangan ma’lumotlar bazasi va portalning raqamlashtirish ma’lumotlaridan foydalanish tuzilmasi O‘zbekistonda bo‘lajak portal va platformalarni shakllantirishda alohida o‘rin tutadi.
6.Pandemiyadan keyingi davrda geoaxborot tizimidan foydalanish orqali Qashqadaryo viloyati turzimini rivojlantirish strategik rejasini tayyorlash bosqichlarining funksional strategiyalar paketini dasturlashga asoslangan, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa turizmga yondosh sohalarni birlashtiruvchi maqsadli dasturlari va mexanizmlari tavsiya qilingan.
7.Ishda raqamli turizm bozorida geaxborot tizimiga ixtisoslashgan turistik destinatsiyalar, tashkilot va korxonalar, boshqaruv organlari qarorlarini optimallashtirish uchun integratsiyalashgan O‘zbekiston-turistik geoportal tizimining tashkiliy mexanizmi ishlab chiqilgan.
8.Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning prognozi amalga oshirilgan. Unda turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tendensiyasini baholash uchun trend modellardan foydalanildi. Prognoz bo‘yicha 2026-yilda 2023-yilga nisbatan o‘sish nisbati jami xizmat ko‘rsatilganlar hamda tunab qoluvchi tashrif buyuruvchilar sonida yuqori, ya’ni mos ravishda 1,57 va 1,51 barobarga teng, aksincha, bir kunlik tashrif buyuruvchilar, sotilgan sayyohlik yo‘llanmalari, tunab qolishlar sonida bu ko‘rsatkich nisbatan pastligi aniqlandi.
Ishda shuningdek kiruvchi turistlar sonining geoaxborot tizmini qo‘llash bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarining korrelyatsion bog‘liqlik darajasi ham ko‘rib chiqilgan. Prognoz natijalariga ko‘ra Qashqadaryo viloyatiga kiruvchi turistlar sonining o‘rtacha o‘sish sur’ati 104,2 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, o‘rtacha o‘sish sur’ati axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan xizmatlar hajmi uchun 110,2 foizga, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soni uchun 118,1 foizga, tarmoq va sohalarda foydalanilayotgan maxsus dasturiy vositalar soni uchun 104,1 foizga, provayderlar tarmog‘ida joylashgan veb-saytlar soni uchun 102,7 foizga teng bo‘lib, bu bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soniga tegishli ekanligi aniqlangan.
Dissertatsiyaning qisqacha bayon va mazmuni shulardan iborat. E’tiborlaringiz uchun katta rahmat!

Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin