Rais: prof. M.M.Muhammedov – izlanuvchi A.A.Abduvaliyev dissertatsiya ishining asosiy mazmuni bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Dissertatsiya ishining muhokamasini boshlaymiz. Dissertatsiya ishi bo‘yicha kimda qanday savollar bor? Marhamat!
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Q.J.Mirzayev: 1-savol: Turizm sohasida geoaxborot tizimining samaradorligi qanday aniqlanadi, iqtisodiy samaradorligichi?
2-savol: Geoaxborot tizimi bo‘yicha model taklif qilyapsiz va modelning konseptual yo‘nalishlarini keltirgansiz. Menimcha bu hukumatning belgilagan strategiyasiga mos yo‘nalish bo‘lishi kerak shunga fikringiz qanday?
3-savol: Ishingizda interaktiv elektron xarita beryapsiz. Bu xaritani ajoyib ko‘rgazmali qurol buladi, “Mehmonxona xizmati va turizm” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun foydalanadi degansiz, bu iqtisodiy samara beradimi va talabalar uchun qanaqangi iqtisodisodiy samara beradi?
4-savol: Mexanizmlarni takomillashtirish deyapsiz. Qaysi mexanizmni takomillashtirdingiz?
Tadqiqotchi: Savolingiz uchun katta raxmat
1-savolingizga javobim. Turizm sohasida geoaxborot tizimining samaradorligi bu olingan daromadni harajatga bo‘linishiga aytiladi.
Biz tadqiqot ishimizda bevosita iqtisodiy samaradorlikka tuxtalib o‘tmaganmiz. Samaradorlik umumiy holda muayyan natija yoki samaraga erishishni anglatadi, ya’ni faoliyatning natijaviyligi hisoblanadi.
Biz taklif qiladigan mintaqaviy geoaxborot portali mintaqaning turistik va rekreasion salohiyati haqida tezkor, to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni tarqatish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida turizmni boshqarishda ko‘plab muammolarni samarali hal etish, raqobatbardoshlikni oshirish va xorijiy turistlarning oqimini ko‘paytirish imkonini beradi.
Turizm sohasini raqamlashtirishda Geoaxborot tizmini joriy qilish va undan samarali foydalanish natijasida Qashqadaryo viloyatiga kiruvchi turistlar soni hamda provayderlar tarmog‘ida joylashgan turizm faoliyati subyektlarini veb-saytlar soni so‘ngi 4-yilda 1,23 barobarga, axborot-kommunikasiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan turistik xizmatlar hajmi 1,62 barobarga, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soni 2,30 barobarga, tarmoq va sohalarda foydalanilayotgan maxsus turizm dasturiy vositalar soni 1,21 barobarga oshishi kutilmoqda.