Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Rais: Ilmiy seminar kotibiga yoki mustaqil izlanuvchiga savollar bormi? Ovozlar



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə4/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

Rais: Ilmiy seminar kotibiga yoki mustaqil izlanuvchiga savollar bormi?
Ovozlar: Yo‘q, tushunarli.
Rais: Ilmiy kotibning bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin degan taklif bor. Tasdiqlab berishlaringizni so‘rayman. Qarshilar yo‘q, betaraflar yo‘q. Endi dissertatsiyaning asosiy mazmuni, erishilgan natijalar va xulosalar bilan tanishtirish uchun so‘zni izlanuvchiga beraman. Reglament odatdagidek 20 daqiqa. Ma’ruza uchun so‘z izlanuvchi A.A.Abduvaliyevga beriladi.
ESHITILDI: Izlanuvchi A.A.Abduvaliyev: Assalomu alaykum seminar raisi, seminar a’zolari, hurmatli ustozlar. Ruxsatingiz bilan e’tiborlaringizga 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishimning asosiy natijalari bo‘yicha taqdimot qilmoqchiman!
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon turizm sektori iqtisodiyotining jadal o‘sib borayotgan, yirik daromad manbai sifatidagi tarmoqlaridan biri bo‘lib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va raqamli xizmatlar ishtirokchilarining xabardorligini oshirishda turizm mahsulotining deyarli barcha tarkibiy qismlariga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatishga erishilmoqda. Shuning uchun o‘zida boy tarixiy-madaniy merosga, noyob tabiiy salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston turistik hududlarini barqaror rivojlantirishda amaliy geoaxborot tizimidan foydalanish dolzarb muammolardan bo‘lib qolmoqda.
Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar turizm sohasida salmoqli o‘zgarishlarga sabab bo‘lib, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish belgilangan. Mazkur vazifalarning bajarilishi turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning YAIMdagi ulushini oshirish, aholini yangi ishchi o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida raqamli turizm bozorini shakllantirish, turizmni axborot bilan ta’minlash vositalarini raqamli transformatsiyalashda geoaxborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha mukammal ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shu tufayli turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirishga bag‘ishlangan mazkur mavzu dolzarbligidan dalolat beradi.
Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekistonning turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin