15
chuqur ma’noli iboralar bo’lib, o’ta ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og`zaki
ijodidagi boshqa janrlardan farq qiladi.
A.M. Gorkiy xalq maqollarining roliga yuksak baho bergan edi. «Eng ulug`
donolik so`zining soddaligidir»-deb yozadi u. Ularda butun-butun kitoblar
mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo`ladi [52; 114 b.]. Bu yerda
olim maqol va qo’shiqlarning shakliy ko’rinishlariga, sermazmunligiga baho berib,
ularni o’zaro tenglashtiryapti. Lekin biz bu bilan qo’shiq
va maqol xuddi bir xil
xususiyatga ega janr deb hisoblamasligimiz kerak. Qo’shiq, yor-yor, o’lan kabi
lirik janrlarda voqelik shaxsning kechinmalari fonida ifodalansa, xalq maqollarida
ana shu kechinmalar haqidagi xulosalar lo’nda ifodalanadi. Demak, lirik janrlarda
kechinmadan hukmga qarab, maqollarda hukmdan kechinmaga qarab intilish
yetakchilik qiladi. Epik janrlar bo’lmish
xalq dostonlari, ertaklari, afsona va
rivoyatlari, latifalar, rang- barang
obrazlarning xatti-harakati, kechinmalari orqali
aks ettirilsa, maqollar voqelikning xulosasini hukmlar orqali aks ettiradi. Demak,
maqolda
voqealarning kechishi emas, balki ulardagi xulosa va hukm ifodalanadi.
Binobarin, epik janrlarda yo’nalish harakat va holatdan hukmga tomon yo’nalgan
bo’lsa, maqollarda hukmdan harakat va holat tomon yo’nalganlik boshchilik qiladi
[18; 91 b.].
Yuqorida keltirilgan ikki xususiyatdan shu narsa ma’lum bo’ladiki, hajman
ixcham bo’lgan maqollarda olam-olam kechinma bayoni ulkan dostonlarga jo
bo’luvchi voqealarni o’z ichiga oladi.
Boshqacha aytganda, har bir maqolning
mazmunidagi real voqelikdagi faktlar orqali ulkan hajmdagi asarlar yaratilishi
mumkin.
Xalq og’zaki
ijodi janrlari sirasida hajmi, tashqi shakliy xossalari hamda
voqelikni aks ettirish tarzi jihatidan maqollarga yaqin turuvchi matal,
topishmoq
kabi janrlar mavjud bo’lib, bu janrlar orasidagi o’xshash jihatlarning ko’pligi
tufayli, ular orasidagi farqlarni anglash biroz muammo tug’dirishi mumkin [18; 92
b.]. Bugungi kunda barcha xalqlarning folklorida bu muammolarga duch
kelishimiz mumkin. Xuddi o’zbek tilidagi singari ingliz tilidagi maqollarda ham
16
shu masalaga duch kelamiz. Ya’ni, ingliz tilida maqol “proverb“, matal “saying”,
va topishmoq “riddle” lar bir – biriga yaqin xalq og’zaki janrlari hisoblanadi.
O’zbek xalq maqollar singari ingliz xalq maqollari ham matal va topishmoqlardan
quyidagi xususiyatlar orqali keskin farqlanib turadi. Bular quyidagicha:
1. Maqolda fikr aniq, tugal xulosa, lo’nda hukm tarzida ifodalanadi. Matalda
esa tugal fikr ifodalanmaydi. Topishmoq shaklan
maqollarga yaqin tursa ham,
biroq voqelikni aks ettirish tarzi, asosan fikrni jumboqli shaklda yashirib ifodalash
bilan maqollardan keskin farqlanib turadi [18; 92 b.].
Bir qarashda maqol va topishmoqlarning yaqqol farqi sezilib turadi. Ammo
maqol va matal o’rtasidagi farqni darrov anglash biroz qiyinroq. Xalq og`zaki
ijodida maqol bilan bir qatorda matallar ham qo`laniladi. Bu ikki terminning
farqini bilish kerak. Matal maqollardan farq qiladi. Matal ko`chma ma’noda
ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turidir. Matal o`z ma’nosini boshqa
ma’noga ko`chirgan so`z birikmalaridan iborat bo`ladi [18; 92 b.]. Masalan,
Aql -
ko’rga, ko’z soqovga
– til maqolini tahlil qiladigan bo’lsak, ko’r odam aqlli bo’lsa
yo’lini topadi ya’ni dono kishi har doim o’z yo’lini topa oladi kabi hukm surilgan.
Lekin “
Dostları ilə paylaş: