Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi



Yüklə 382,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix25.12.2023
ölçüsü382,32 Kb.
#194594
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Ingliz va o’zbek maqollarining lingvokulturologik va sementik xususiyatlari

Temirni qizig`ida bos
” deyilganda aniq va tugal hukm yo’q. Bu matal 
bo`lib, ko`chma ma’noda, ya’ni ishni o`z vaqtida bajarish zarur ma’nosida 
kelayapti. U atigi obrazli ifoda sifatida qotib qolgan. Yoki “Tepdim - terakka 
chiqdim” topishmog’ini ko’rib chiqadigan bo’lsak, unda “uzangi” predmeti 
jumboqlangan. Topishmoqda hech qanday ibratlilik yoki hukm ifodalangani yo’q. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, topishmoqlar va maqollar o’rtasida shakliy 
yaqinlikdan boshqa hech qanday yaqinlik yo’q. Ingliz xalq maqollarida ham huddi 
shunday holatni kuzatish mumkin.
Masalan, 
“There is no place like home”
maqolida o’z tug’ulib o’sgan uying 
oltindan ham afzal, qadrli ekanligi ifodalanadi. Maqolda tugal hukm va aniq xulosa 
mavjud. Ingliz matallaridan biri “
Build one’s house upon the sand
” ni tahlil qilsak 
“qum ustiga uy qurmoq” ma’nosini beradi. Agar uni ko’chma ma’noda tahlil 
qiladigan bo’lsak, “Birovning ko’nglini puch yong’oq bilan to’ldirmoq” ma’nosini 


17 
anglatadi. Ko’rib turganingizdek, matallar maqollar kabi tugal hukmni 
ifodalamaydi. Yoki topishmoqlardan “It’s running night and day, but it never runs 
away” topishmog’ida kecha kunduz tinmay ishlaydigan narsa ya’ni “soat” 
so’ralyapti. Topishmoqda soatni tinmay ishlashi ifodalangan va hech qanday hukm 
yoki xulosa ko’rsatilmagan.
2. Maqollarda muayyan hukmni mantiqiy izchillikda, keskin qutbiylikda 
ifodalash yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham maqolda voqelik yo izchil ijobiy, 
yo keskin salbiy jihatdan baholanadi. Fikr keskin qutbiylikda ifodalanganligi 
uchun ham har bir maqolda ikki mantiqiy markaz mavjud. Bu markazlar 
mazmunan bir- birlariga yo o’xshatiladi, yo taqqoslanadi, yoki butunlay zid 
qo’yiladi [18; 92 b.].
Masalan, 
“Ko’p gapirma, ko’p ishla” 
inglizcha
“Speak less but do more”
maqolida zid qo’yish orqali yaxshi va yomon xislatlar ifodalanyapti.
3. Maqollar o’z va ko’chma ma’nolarda qo’llana olish imkoniga ega bo’lsa, 
matallar faqat ko’chma ma’noda qo’llanadilar [18; 92 b.].
Turmushda ro‘y bergan voqea-hodisalar natijasida paydo bo‘lgan vaziyatdan 
kelib chiqqan holda biron shaxs biron maqolni o‘z fikrini tasdiqlash maqsadida 
keltirishi mumkin. Ammo mazkur maqolning o‘z yoki ko‘chma ma’noda 
qo‘llanganligini ro‘y berilayotgan voqeani aniq ko‘z oldimizga keltirish orqali 
ifodalaymiz. Masalan, «
Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda
» 
maqolini ko’rib chiqsak. Agar dehqon qaysi bir sabab bilan kuzda yer haydamagan 
bo‘lsa-yu, bahorda qayta-qayta ekin maydonini haydagani bilan yaxshi hosil 
olmasa, yuqorida aytilgan maqol o‘z ma’nosida qo‘llangan bo‘ladi. Ammo biron 
shaxs tomonidan biron tadbirning amalga oshirilishi kechiktirilsa va keyingi 
harakatlar natija bermasa “
Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda
” 
maqoli misol sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bu holatda u ko‘chma ma’noni 
anglatadi. Lekin ko’pincha maqollar mazmuniga ko‘ra ko‘chma ma’noda ko‘proq 
qo‘llaniladi. “
Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas
”, “
Chumchuqdan 
qo‘rqqan tariq ekmas”, “Burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirma
”, “Chumchuq 


18 
so‘ysa ham, qassob so‘ysin
” kabi hikmatli so‘zlar ko‘pincha ko‘chma ma’nolarda 
ishlatiladi. Ingliz tilidagi maqollarni o‘rganish, bu janr namunalari mazmunan 
deyarli o’zbek tilidagi maqollar bilan bir xil ekanligini ko’rsatadi. Ammo bunday 
yaqinlikni bir xalq ikkinchi xalqdan maqolni o‘zlashtirganligi bilan izohlash to‘g‘ri 
bo‘lmaydi. Bizningcha, bunday yaqinlikni oddiy turmush tarzining o‘xshashligi, 
insonlar hayotidagi munosabatlarning yaqinligi va, umuman, hayotning ko‘p 
holatlarida bir xil vaziyat hosil qilishi bilan izohlagan ma’qulroq bo’ladi. Masalan:
O’zbekcha 
“It hurar karvon o’tar”
, inglizcha 
“The dogs bark, but caravan 
goes on”
yoki 
“When the cat is away, the mice will play”
inglizcha 
“Mushuk yo’q 
bo’lsa sichqon bayram qiladi”
yoki boshqa ma’nodoshi 
“Otning o’limi – itning 
bayrami” 
misollarini keltirishimiz mumkin.
Matallar ham shakl va mazmun jihatdan maqollarga juda o‘xshash janr 
hisoblanadi. Matallarning matni, hajmi, badiiyligi jihatdan maqollarga yaqinligini 
juda ko‘p olimlar tomonidan tasdiqlangan. Hatto ko’pchilik adabiyotlarda matal 
atamasi maqol bilan almashgan holda qo‘llanilishi ham ko‘zga tashlanadi. Odatda 
matallar so‘zlovchi nutqining ta’sirchanligini oshiradi, shaklan go‘zallashtiradi. 
Biroq maqol bilan matalni janr jihatdan o‘ziga xos shunday xususiyatlari borki, 
ularni hamisha bir-biridan farqlagan holda tasavvur qilish mumkin. Yuqorida 
ta’kidlab o’tganimizdek, maqollarda hayotda ro‘y bergan bir voqeaga 
umumlashtirilgan holda hukm chiqariladi. Bu hukm tasdiq yoki inkor ma’nosini 
bildiradi. Ayni paytda, xalq maqollari mazmunan tugal fikrga ega bo‘ladi va ular 
har doim alohida qo‘llanilsa ham ma’no anglataveradi. Matallar esa so‘zlovchi 
nutqi tarkibining biron muhim qismi sifatida ishlatiladi va matallarni alohida 
qo‘llash mumkin bo‘lmaydi, chunki ular mazmunan tugal fikr anglatmaydi. 
Ilmiy adabiyotlarda maqol va matal tushunchasini bir-biri bilan 
chalkashtirish mavjud. Hatto «O`zbekiston Qomusi»da ham, bizningcha, «maqol» 
maqolasiga matal, «matal» maqolasiga maqol misol sifatida keltirilgan. Aytib 
o`tish lozimki, olib borilgan ilmiy kuzatishlar maqol va matal o`rtasida farq 
borligini ko`rsatmoqda. Jumladan, maqol alohida qo`llanganda tugal fikrni 


19 
bildiradi va hayotda uchrab turadigan o`xshash lavhani izohlaydi. Matal alohida 
qo`llanganda, mustaqil ma`no ifodalamaydi va notiq fikrining badiiyligini oshirish 
uchun xizmat qiladi. Bu o`rinda bir misolni eslash maqsadga muvofiqdir. Xalqimiz 
orasida «Yaxshi so`z bilan ilon inidan, yomon so`z bilan pichoq qinidan chiqar» 
degan maqol bor. Agar shu maqoldagi fikriy qismlarni ajratgan holda quyidagi 
shaklga keltirsak, matalga ega bo`lamiz: «
Ahmad ilon inidan chiqadigan qilib 
gapirdi
» bu gapda «
ilon inidan chiqadigan
» so`z birikmasi alohida qo`llanganda 
mustaqil ma`no anglatmaydi. Ma`lum bo`ladiki maqol va matal, aslini olganda, 
xalq hayotida tutgan o`rni, maishiy vaziyatlarini ifodalash darajasi bilan bir-biriga 
yaqin turar ekan. Faqat tarixiy jarayon natijasida ularning biri maqol bo`lib 
shakllangan, ikkinchisi matal sifatida yashay boshlagan [34; 35 b.].
Shunday qilib, maqol va matal aslini olganda xalq hayotida tutgan o‘rni, 
maishiy vaziyatlarni ifodalash darajasi bilan bir-biriga yaqin turar va ularning biri 
tarixan maqol bo‘lib shakllanishga ulgurgan, ikkinchisi esa matal sifatida 
yashayvergan. Demak, maqol va matallar bir-biriga shakl va mazmun jihatdan 
yaqin turadi, ammo maqollar nisbatan mustaqil janr, matalda bu mustaqillik ko‘zga 
tashlanmaydi.
Maqollar og’zaki badiiy ijod va falsafa oralig’ida turgan hodisa bo’lib, 
ularda aytilgan hukmni hеch kim inkor etolmaydi.Chunki bunday hukm, avvalo, 
asrlar davomida turmush tajribasida qayta-qayta sinalib tasdiqlangan, so’ngra esa, 
xuddi shu xususiyati tufayli tarix hikmatiga aylanib tashviqiy mohiyat kasb etgan. 
Shuning uchun maqollardagi fikrlar tinglovchilar tomonidan e`tirozsiz, hеch bir 
qarshiliksiz va izohsiz qabul qilinishi odatiy holga aylanga. Maqollarda mantiq 
kuchi baland, fikr ishonarli bo’lgani uchun bahslashishga o’rin qolmaydi. Shu 
sababli maqollardan nutqning istalgan joyida, istalgan maqsadda foydalanish 
mumkin. Shunga qaramay, maqollar, matal yoki topishmoq umuman folklorning 
boshqa janrlariga nisbatan har doim jiddiy tusda aytiladi va tinglanadi. Lеkin bazi 
hollarda maqollar kinoya, piching, istеhzo, zaharxanda ma’nolarida ham ishlatilishi 
mumkin. Masalan: “
Long hair and short wit
” - 
Sochi uzun – aqli kalta
ya’ni juda 


20 
kelishgan biroq ongsiz, nodon odamlarga qarata aytilgan bo’lsa, “
Kings have long 
hands
” – Podshoning kuragi uzun-hamma narsaga qo’li yetadigan, imkoniyati 
cheklanmagan va shu orqali ba’zida me’yor chizig’idan o’tkazib yuboradigan 
kishilarga piching qilib aytiladi.
Ko’rib chiqqanimizdek, o’zbek va ingliz xalq maqollari juda ko’p 
xususiyatlari bilan folklorning boshqa janrlaridan keskin farqlanib tursalar ham, 
ko’pchilikning ijod mahsuli sifatida, anonim yaratilishi, o’g’zaki holda jonli 
yashashi, keng variantlashishi va o’ta ommaviyligi bilan xalq og’zaki ijodining 
barcha janrlari bilan umumiylik kasb etadi. Shu o’rinda ularning bir - biridan farqli 
jihatlarini o’rganish ham maqollarning boshqa janrlardan alohida xususiyatlarga 
ega ekanligini ko’rsatadi. Bu esa maqollarning xalq paremik ijodida o’ziga xos va 
alohida tadqiq qilinishi kerak bo’lgan janr sifatida gavdalantiradi.

Yüklə 382,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin