9
I BOB
INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARI HAQIDA NAZARIY QARASHLAR
1.1. Maqollar va ularning umuminsoniy xususiyatlari.
Millatni o’zligini ko’rsatuvchi milliy qadriyatlarni, xalqning madaniyatini
ifodalovchi omillardan biri bu xalq og’zaki ijodidir. Xalq o’g’zaki ijodining eng
muhim janrlaridan biri bo’lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda
o’rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim
janrlaridan biri bo’lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq
qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy ishimizning
ushbu bobida o’zbek va ingliz maqollarining umuminsoniy xususiyatlari va
ularning xalq og’zaki ijodining boshqa janrlariga nisbatan o’xshash va farqli
jihatlarini ko’rib chiqishga qaratilgan. Shuningdek o’zbek va ingliz xalq
maqollarining tilshunoslikda o’rganilish jihatlarini keltirib, bu soha bo’yicha
faoliyat ko’rsatgan olimlarning nazariyalari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq
maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir
janridir. Har biri tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz
mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish eta oladigan bunday badiiyat
qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining
bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va
jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va
falsafiy qarashlari, qisqasi, o'zi va o'zligi to'la namoyon bo'lganidir [24; 3 b.]. Shu
sababli maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv
va o'zaro nutqiy munosabatlarda foydalanibgina qolmay balki badiiy, tarixiy va
ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotlarda ham doimiy ravishda
qo'llanilib kelingan va bugungi kunda ham juda faoldir. Maqollar xalq
donishmandligining nodir namunalari sifatida og’zaki badiiy ijodning kеng
tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni xalqona axloq odob qoidalari
dеb atash mumkin. Zеro, maqollar xalqning asrlar davomida hayotiy tajribalarida
10
sinalgan ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-madaniy, axloqiy-falsafiy qarashlarining
g’oyat ixcham, lo’nda, siqiq va obrazli ifodasidan tug’ilgan hodisadir. Maqollar
maxsus ijod qilinmaydi, balki ma`lum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan hayotiy
tajribadan tug’iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo’lib yuzaga
kеladi. Ular insonlarning turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq muddatli
sinovlardan o’tgan turmush tajribalarining hosilasi, barqaror va o’zgarmas, to’g’ri
va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kеlganligini ko’rsatadi. Xalq paremik ijodiyoti
o'ziga xos qonuniyatlar va rivojlanish tamoyillariga ega. Uning bu xususiyatlarini
folklorshunoslikning paremiologiya sohasi o'rganadi. Maqollar ustida izlanishlar
olib borar ekanmiz, shu o’rinda paremiologiya sohasiga murojaat qilishimiz shart.
Paremia grekcha so'z bo'lib, hikmat, naql, hikmatomuz obrazli ibora ma'nolarini
anglatadi. Xalq parameki ijodiyoti namunalarini to'plash va yozib olish hamda
kitobat qilish bilan esa paremiografiya shug’ullanadi. Folklorda maqol janri
hikmatga yo'g’rilganligi, g’oyat ixcham, lo'nda va obrazli ifodalanishi bilan xalq
paremik ijodining bir qismini tashkil etadi. Biroq maqol janri bugungi kungacha
alohida adabiy tur sifatida e`tirof etilmay, goh xalq nasri, goh xalq poeziyasi
tarkibida mavhum holda kichik tur tarzida ko`rib kelinmoqda.
Maqol xalqning ko’p asrlar mobaynida ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va
madaniy hayotda to’plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham,
chuqur mazmunga ega bo’lgan og’zaki ijod janrlaridan biridir. Maqol atamasi
arabcha – qavlun – gapirmoq, aytmoq so’zidan olingan bo’lib, aytilib yuriladigan
ifoda va iboralarga nisbatan qo’llaniladi. Barcha tomonidan deyarli bir xilda
aytilib, bir xilda tushuniladigan ibora, ifodalar, asosan, maqol janrini tashkil qiladi
[18; 91 b.]. Demak, xalq maqollari ommaning muayyan voqea, hodisalar haqidagi
xulosalarini, hukm va tavsiyalarini o’zida mukammal tarzda mujassamlashtirgan
o’ziga xos badiiy shaklga ega bo’lgan ifoda va iboralardan iboratdir.
O’zbek xalq maqollari ko’pincha maqol, masal, matal, zarbulmasal, naql,
hikmat, foyda, hikmatli so’z, tanbеh, mashoyixlar so’zi, donolar yoki
11
donishmandlar so’zi, oqinlar so’zi va otalar so’zi atamalari bilan el orasida
mashxur. Ko’pincha ilmiy taomilda maqol atamasi istе’moldadir.
Maqollar o’z tabiatiga ko’ra xalqaro janr hisoblanadi. Dunyoda o’z
maqollariga ega bo’lmagan xalqning o’zi yo’q. Chunki har bir xalq hayotiy
tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi.Shuning uchun ham turli
xalqlar og’zaki ijodida mazmun va shakl jihatidan bir-biriga yaqin hamda
hamohang maqollar ko’p uchraydi.Chunki har bir xalq hayoti va tarixida juda ko’p
o’xshashliklar, umumiyliklar mavjud [18; 91 b.].
Ingliz tilida maqol atamasi asosan “proverb” so’zi orqali ifodalanadi. Ba’zan
ko’plab adabiyotlarda: adages, dictums, maxims, mottoes, precepts, saws, truisms
so’zlari orqali ham maqol tushunchasini berishimiz mumkin. O’zbek xalq
maqollari singari ingliz xalq maqollari ham ingliz folklorning eng keng tarqalgan
janrlaridan biridir. Ko’pincha tuzilishi, folklorda o’rganilishi va yana boshqa
jihatlari bilan o’zbek maqollariga o’xshash holda umumiy jihatlarni ko’rsatadi.
Xalq maqollariga murojaat etganda, ulardagi tarixiylikni hisobga olish
lozim. Chunki bugungi kunda nutqimizda ishlatilayotgan maqollarning ko’pchiligi
o’tmishda
yaratilganligi
bilan
xalq
psixologiyasi,
dunyoqarashidagi
cheklanganliklar va ziddiyatlar aniq ifodasini topgan. Binobarin, xalq maqollarini
to’plash, ularning tabiatdagi turli davrlarga xos qatlamlarini izchil sinfiylik
nazaridan o’rganish lozim. Masalan o’zbek xalq maqollaridan biri “
Dostları ilə paylaş: |