5
ettiruvchi til birligi-lingvokulturema va axbarotni saqlovchi, uzatuvchi va qayta
ishlovchi kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo’ladi;
2. Ingliz va o’zbek maqollarida milliy mentalitetni ifodalovchi ayrim
maqollar ingliz va o’zbek tillarida o’zining farqli jihatlarini ko’rsatadi. Ya’ni
lingvokulturologik jihatdan tahlil qilingan ayrim o’zbek va ingliz xalq maqollari
ba’zan ikki xalq tomonidan bir xil, ba’zan umuman boshqacha ifoda bilan o’zining
xususiyatlarini ochib beradi;
3. Ingliz va o’zbek maqollarida xalqning o’tmishidan
bugungi kunigacha
bo’lgan barcha o’zbek va ingliz millatiga xos urf-odatlar o’z aksini topgan va xalq
o’g’zaki ijodining namunalari sifatida maqollar bu vazifani bajarishda yetakchilik
qiladi;
4. Har ikki tildagi maqollarni qiyosiy tahlil qilish jarayonida xalqning
mentaliteti va milliy xarakteri asosiy yetakchi hisoblanadi. Shu o’rinda ingliz va
o’zbek xalqining o’ziga xos mentaliteti va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda
tildagi maqollar ixcham va ifodali tarzda xalqlarning milliy o’zligini ko’rsata oladi;
5. Ingliz maqollarini o’zbek tiliga yoki o’zbek maqollarini ingliz tiliga
tarjima qilish va maqollarning muqobil variantlarini
keltirish jarayonida aynan
ma’no mazmunini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ish
mavzusi bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Ishda asosiy manba sifatida
K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar. Пословицы”
kitobidan foydalanilgan. Unda ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 6000 ga yaqin
maqollarning ekvivalentlari keltirib o’tilgan bo’lib,
ishda aynan shu manbadan
olingan o’zbek va ingliz tillaridagi eng faol mavzudagi maqollarning
lingvokulturologik va semantik tahlillari qilingan. Bundan tashqari o’zbek
tilshunos olimlaridan To’ra Mirzayev, Asqar Musaqulov, Bahodir Sarimsoqovlar
tomonidan tuzilgan “O’zbek xalq maqollari” ning oxirgi nashridan o’zbek xalq
maqollari
keltirilgan.
Sh.Shomaqsudov
va
Sh.Shorahmеdovlarning
«Hikmatnoma”, “Ma`nolar xazinasi” kitoblaridan o’zbek
xalq maqollarining
semantik xususiyatlarining ifodalanishi va K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov,
6
O.Safarov “O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi” kabi manbalardan o’zbek xalq
maqollarining nazariy asoslari keltirib o’tilgan. Ushbu manbalardan foydalanilgan
holda, maqollarning leksik-grammatik, leksik-semantik tabiati va stilistik
xususiyatlarini, ularning paydo bo’lish manbalari va shakllanish xususiyatlari
atroflicha ochib berilgan.
Ingliz olimlarining maqollarga doir yaratilgan eng mukammal kitoblari to’liq
o’rganilib chiqilgan holda, asosan, Honek, R.ning “A proverb in mind: the
cognitive science of proverbial wit and wisdom” asaridan
ingliz maqollarining
nazariy asoslari, professor Mayderning “Proverbs: A Handbook” kitobidan ingliz
tilidagi eng mashxur maqollarning semantik tahlillaridan foydalanilgan. Arora,
S.ning “The Perception of Proverbiality” asaridan ingliz maqollarida badiiy
san’atlarning ishlatilish o’rinlari keltirilgan. Jon Simpson va Jennifer Spiklarning
“The Oxford dictionary of Proverbs” ning 5- nashridan foydalanilgan.
Tadqiqotda
Dostları ilə paylaş: