14
maqollarga nisbatan ko’p qismli maqollar nisbatan tеz o’zgarishga moyilroqdir.
Sababi ba`zi holatlarda maqol aytuvchining unda ifodalanayotgan ma`noni
to’laligicha tushunib yеtmasligi yoki eshitganini eslay olmasligi natijasida o’zicha
qo’shimcha so’zlar yoki izohlar qo’shishi tufayli maqolning mazmuniga yoki
tuzilishiga jiddiy zarar yеtkazilishi mumkin. Bunday vaziyatda o’sha maqolda
asosiy fikrni tashuvchi so’zlardan birining tushirib qoldirilishi mumkin. Binobarin,
maqollarni aytish va tinglash ham alohida e`tibor va ma`suliyatni taqozo etadi.Aks
holda bеparvolik tufayli maqolning asl ma`nosiga putur yеtkazilib, kеlajak avlodga
noto’g’ri talqinda o’tib qolishi va asl ma’nosiga nisbatan zid ma`noda qo’llanilishi
mumkin.
Maqollar shakliga ko’ra, nasriy hamda she’riy tuzulishga ega bo’ladi.
All
asses wag their ears- Ahmoq aql o'rgatar. Barking dogs seldom bite - Qopag'on it
tishini ko'rsatmas
kabi maqollar nasriy tuzilishdagi maqollar hisoblanadi. O’zbek
xalq maqollari ichida she’riy shakldagi maqollar ingliz maqollariga nisbatan ko’p
uchraydi. She’riy shakldagi maqollarda o’ziga xos vazn, qofiya va ohangdorlik
mavjud.
Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar
.
To’rtovlon tugal bo’lsa,
tepadagin endirar
[18; 97 b.]. She’riy tuzulishdagi maqollarda ritmik-sintaktik
parallelizmlar, alliteratsiya, qofiya va boshqa ko’pgina poetik vositalar
ifodalanadigan ibratli fikrni jarangdor, ohangdor, libos bilan bezantirsa, ayrim
hollarda oddiy so’zlarning takrorlari yoki radiflar ham qofiya vazifasini o’taydi.
Masalan:
Yomonga bo’ldim yo’ldosh, ishimga bo’lmadi qo’ldosh
.
Yaxshiga
bo’ldim yo’ldosh, ishimga bo’ldi qo’ldosh
[18, 97 b.]. Bu hodisa ko’proq o’zbek
maqollari uchun xosdir. Asosan o’zbek maqollarining katta ko’pchiligida
alliteratsiya, qofiya kabi poetik vositalarning ishtiroki ko’p kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: