Samarqand qishloq institute



Yüklə 141,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix17.12.2022
ölçüsü141,07 Kb.
#75889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t

Baktariyalar 
turini 
aniqlash 
(identifikasiya) 
uchun 
ularning 
biokimyoviy (farmentativ) faoliyatini o’rganish  muhim ahamiyatga egadir. 
Bakteriyalarning 
quyidagi 
farmentativ 
xususiyatlari 
ko’proq 
o’rganiladi: 
1) uglevodlarni bijg’itib kislota yoki kislota bilan gaz hosil qila olishi;
2) oqsillarni va ularning parchalanish mahsulotlarini parchalay olishi;
3) katalaza fermentini hosil qila olishi va bo’yoqlarni qaytara olishi 
(reduksiya xossasi). 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Bu xossalarni aniqlamoq uchun mikroblarni zich (qattiq) yoki suyuq oziqli 
muhitlarga ekiladi, mikroblar shu muhitlardagi tegishli moddalarga nisbatan 
muayyan xususiyatlarini namoyon qilishi mumkin. 
Uglevodlarni bijg’itish xususiyatini aniklash uchun 1% uglevod (glyukoza, 
laktoza, mannit, malьtoza, saxaroza) eritmalari va indikator (bromtimolblau, 
lakmus nastoykasi, Andrede indikatori va hokazo) qo’shib tayyorlangan suyuq 
yoki yarim suyuq (0,5 agarli) muhitlar qo’llaniladi. Suyuq uglevodli muhitlar 
quyilgan probirkalarni sterillashdan oldin ularning ichiga kichkina qalqovuch-
probirkachalar to’ntarib tushiriladi. Bu muhitlarni Gis muhitlari yoki «ola-bula 
qator» deb ataladi. 
Indikatorlar rangining o’zgarishi kislotali yoki ishqoriy mahsulotlar hosil 
bo’lganini ko’rsatadi, yarim suyuq agarning yorilishi yoki gaz pufakchalarining 
hosil bo’lishi yoxud qalqovuchning qalqib chiqishi esa gaz borligining belgisidir. 
Ivigan zardob yoki jelatinaning suyulishi (va shundan keyin qotmasligi), 
shuningdek vodorod sulьfid, indol, ammiak hosil bo’lishi oqsillarni va ularning 
parchalanish mahsulotlarini mikroblar parchalaganligining natijasidir. 
Vodorod sulьfid hosil bo’lganini aniqlamaq uchun go’sht-pepton bulьoni 
quyilgan probirkaga paxta tiqin bilai probirka devori orasidan filьtr qog’ozi 
tushiriladi, probirkada vodorod sulьfid bo’lsa, qo’rg’oshin asetat eritmasi 
shimdirilgan filьtr qog’ozi qorayadi. 
Indol borligi ham shu usulda aniqlanadi, ammo filьtr kog’oziga oksalat 
kislotaning suvdagi to’yingan ermasi shimdiriladi, filьtr qog’ozining pushti tusga 
kirishi indol borligini ko’rsatadi. Mikroblarning mochevinani parchalay olishi 1 % 
mochevina va indikator qo’shilgan go’sht-pepton bulьoni yoki go’sht-pepton 
agarida aniqlanadi. Bu muhitlarda mikrob 3-4 sutka undiriladi. Mikroblarda 
mochevinani parchalab ammiak hosil qiladigan ureaza fermenti borligi ishqoriy 
reaksiya ro’y bergani sababli muhit rangining o’zgarishidan bilinadi. 
Qizil lakmus qog’ozining ko’karishi ammiak borligini ko’rsatadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Patogen mikrob toza kulьturasining turini uzil-kesil aniqlash uchun 
ko’pincha mikrob immun zardob bilan tekshirib ko’riladi.
Bu hossalarning yig’indisiga qarab mikroblarning qaysi turga mansub 
ekanligi aniqlanadi. 

Yüklə 141,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin